199
Ikkinchi alomati - yani dispers fazaning
konsentratsiyasiga qarab
emulsiyalar:
suyultirilgan,
konsentrlangan
yuqori konsentrlangan
emulsiyalarga boʻlinadi. Dispers fazasining konsentrastiyasi 0,1 - 2% oraligʻida
boʻlgan suyultirilgan emulsiyalar agregativ barqaror emulsiyalar boʻlib, ularga
emulgator qoʻshish talab etilmaydi.
Dispers fazasining konsentratsiyasi 2% gacha boʻlgan
emulsiyalar ham
suyultirilgan emuliyalar sinfiga kiradi, biroq ularga emulgator qoʻshib barqarorligi
ta‘minlanadi. Bu sinf emulsiyalarida dispers faza tomchilari sferik shaklda boʻlib
diametri 50 nm gacha boʻlishi mumkin. Bu sinf emulsiyalari barqaror emulsiya
boʻlgani uchun ularda koalessensiya jarayoni oʻz-oʻzicha bormaydi. Emulsiyadagi
dispers fazaning mayda zarrachalari oʻzaro qoʻshilib
yirik tomchilar hosil qilib,
nihoyat emulsiyani ikki suyuqlik qatlamiga ajralishi - koalessensiya yoki
emulsiyaning buzilishi
deyiladi.
Konsentrlangan emulsiyalarning suyultirilgan
emulsiyalardan farqi shuki,
ularda dispers fazaning miqdori koʻproq, ya‘ni 2% dan 74% gacha boʻladi. Bunday
emulsiyalarning tomchilari sferik shakldagi holatini saqlab qoladi va oʻlchami 0,1
dan 50 nmgacha boʻladi.
Dispers fazaning miqdori 2% – 74% orasida boʻlgani uchun konsentrlangan
emulsiyalarda agregativ barqarorlikni ta‘minlashda
birmuncha faol emugatorlar
qoʻllaniladi. Bunga sabab ulardagi mavjud Broun harakati va diffuziya jarayonidir.
Yuqori
konsentrlangan
emulsiyalarda
dispers
fazaning
hajmiy
konsentratsiyasi 74% – 99% gacha boʻladi va bunda qovushqoqlik juda yuqori
boʻlib struktur-mexanik xossalarga ega boʻlib qoladi.
Shuning uchun ularni
jelatinalangan emulsiya
deyiladi. Masalan: agar 1%
natriy oleat bilan
stabillashtirilgan birinchi tur emulsiya tayyorlansa,
u oquvchanligini batamom
yoʻqotgan sovun kabi qattiq holatga oʻtadi. Uni faqat pichoq bilan kesish mumkin
boʻladi (104-rasm).