77
- rezonans holatidan chiqarish;
- titrashni dempferlash;
- titrashni dinamik soʻndirish;
- mashina va binolarning konstruktiv elementlarini oʻzgarti-
rish;
- titrashni ixotalash va shaxsiy himoya vositalarini qoʻllash.
Mexanizatsiyalashgan, elektr
yoki havo yordamida ishlan-
ganda, qoʻlni titrashdan saqlash uchun maxsus qoʻlqoplar, qistir-
ma va plastikalardan tashkil topgan shaxsiy himoya vositalaridan
foydalaniladi. Shaxsiy himoya vositalariga qoʻyiladigan umumiy
talabalar San Pin №00. 65-96 da belgilangan.
Titrash kasalligini oldini olish uchun titrash mavjud boʻlgan
ishlarda maxsus ish tartibi qoʻllaniladi. Masalan, titrash mavjud
boʻlgan mashinalarda umumiy ish vaqti smenaning 2/3 qismidan
oshmasligi kerak. Bunda tinmasdan ishlash vaqti 15-20
min va
dam olish vaqtlari boʻlishi kerakligi koʻzda tutilgan. Ishni tashkil
qilishda titrashli operatsiyalarni titrash boʻlmagan ishlar bilan
almashtirib turish kerak.
Titrashni oʻlchash uchun koʻpgina asboblar mavjud. Bular-
dan unversal shovqin, tovush spektori analizatori, titrash, infra. .
. va ultratovushlarni oʻlchay oluvchi “Oktava – 110A”,
“NT154”, “SVAN-943” rusumli
ixcham raqamli shumomerlar
(Rossiya), RFT (Germaniya), “Bryul va K’er” (Daniya)
asboblari diqqatga sazovordir.
Dostları ilə paylaş: