103
qarshiligi kam boʻlgan (nam, serloy va sh. oʻ. ) yerlarni tanlash
imkoni bor. Konturli yerga ulashda yakka ulovchilar asbob-
uskunalar oʻrnatilgan sex konturi (perimetri) boʻylab bir tekis
qilib joylashtiriladi. Bunda xavfsizlik kuchlanishining ulovchilar
orasida bir tekis taqsimlanishi hisobiga erishiladi (9. 4-rasm).
9. 4-rasm. Mashinalarni yerga ulash sxemalari.
a-tashqariga chiqarilgan. 1-mashinalar; 2-magistral sim;
3-elektrod qoziqlari. b-konturli yerga ulash. 1- mashinalar;
2-kontur simi; 3-elektrod qoziqlari.
Kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan uskunalarda himoyalov-
chi yerga ulovchining qarshiligi yilning xohlagan paytida 4 Om
dan oshmasligi kerak.
Ochiq joylarda, xavfliligi yuqori hamda oʻta xavfli
xonalarda oʻrnatilgan elektr uskunalari kuchlanishning qiymati
42 V dan katta, xavfliligi kam boʻlgan xonalarda esa 380 V va
undan yuqori boʻlgan barcha hollarda yerga ulanishi shart.
Portlash xavfi mavjud boʻlgan xonalarga kuchlanish miqdoridan
qat’iy nazar barcha hollarda elektr uskunalari yerga ulanadi.
Dostları ilə paylaş: