Qo’shimcha qilamiz, hayvonlarni tashish uchun veterinariya guvohnomasi va
lisenziya rasmiylatirish talab qilinadi. Uy hayvonlari (it, mushuk, qushlar)
yo’lovchilar o’zlari sotib olgan maxsus konteynerlarda tashiladi. Og’irligi 8 kg gacha
bo’lgan hayvon samolyot salonida, 8 kg dan ziyod yukxonada tashiladi.
Ayni paytda hayvonlarni tashish uchun yo’lovchida boshqa yuk bor-
yo’qligidan qat’iy nazar,
normadan yuqori bagaj sifatida haq olinadi. Konteyner
bilan hayvon og’irligi bepul bagaj normasiga qo’shilmaydi. Agar turist arzandasini
o’zi bilan olishga qaror qilsa, u bu haqda bronlashtirishda operatorni xabardor qilib
qo’yishi lozim (bu haqda biletga tegishli belgi qo’yildi). Yo’lovchi yukini
rasmiylashtirish uchun aeroportga barvaqtroq kelishi zarur.
Veterinar aptechka olish tavsiya etiladi (yod, margansovka, issiqlikni
tushiruvchi dorilar), hayvonni yo’lda oziqlantirish uchun konserva va quruq xo’raklar
olinishi darkor. Bulardan tashqari, turist bilib qo’yishi kerak, hayvonlarni tashish
uchun bir qator mamlakatlarda maxsus qoidalar belgilangan (Angliya, Avstriya).
Yovvoyi, noyob va boshqa tipdagi hayvonlarni tashish shartlari bilan aviabilet
rasmiylashtiriliayotganida tanishishi mumkin. Ha, aytganday, ko’zi ojiz
yo’lovchilarni kuzatib boruvchi yetakchi itlar bepul uchadi.
13.8. Bagajlarni tashish xususiyatlari
Uchishdan oldin yo’lovchi eng avvalo o’zi bilan nimalarni olish mumkinligini
bilishi kerak. Ekspertlarning fikricha, xalqaro tajribada xavfli deb
klassifikasiyalangan va ro’yxati tuzilgan, har bir aviabiletda eslatilgan xatarli
narsalardan boshqa hamma narsani olish mumkin. Shunga qaramasdan, qurol-yarog’,
rasiyani to’siqsiz olib ketish uchun ruxsatnoma rasmiylashtirish zarur. Maxsus bagaj,
masalan, musiqa asboblari samolyot salonida, hatto “o’z o’rnidagi”day olib ketilishi
mumkin, faqat yo’lovchi buning uchun qo’ishmcha aviabilet sotib olishi kerak.
Bilib qo’yish kerak, aviatashuvchi quyidagi hollarda bagaj qabul qilmasligi
mumkin:
206
- havo kemasiga, bortdagi odamlarga yoki ularni buyumlariga zarar
yetkazuvchi narsalarni;
- qonunlar, qoidalar bilan har qanday mamlakatlar territoriyasida, territoriyasi
orqali olib o’tilishi davlat organlari tomonidan ta’qiqlangan narsalarni;
- o’zining og’irligi, hajmi va boshqa xarakteristikalari bilan bagaj sifatida
tashish imkoni bo’lmagan narsalarni.
Xususan, yo’lovchining bagaji sifatida tashishga qabul qilinmaydi: tashuvchi
aviakompaniya bilan oldindan kelishilmagan, ruxsat berilmagan:
- siqilgan gaz (yonilg’i va noyonilg’i);
- zaharli moddalar (kislota, ishqor, akkumulyator batareyalari, simob);
- xavfli portlovchi narsalar, o’q-dorilar, o’q otar qurollar, pirotexnika, tez
yonuvchi narsalar;
- zaharlar, radioaktiv materiallar;
- boshqa xavfli buyumlar va narsalar.
Bagajni bepul tashish normalari ham mavjud, havo kemasiga chiqayotgan har
bir kishi bularni ham bilib qo’yishi kerak. Xususan, aviakompaniya og’irlik, hajm va
bagaj soniga joy qoldirishda ma’lum cheklovlar belgilangan. Aviayo’lovchi ulardan
ortiq narsa olishi mumkin emas. Bunda turistik klassda bagajni bepul tashish normasi
– 20 kg, biznes klassda – 30 kg, birinchi klassda – 40 kg. Olis parvozlarda, masalan,
MDHdan AQSh, Kanada, Argentina, Braziliya, Meksikaga bu norma ikki o’rinni
tashkil qiladi. Gabarit kattaligi (uzunligi, eni, balandligi) 158 m dan, har bir o’ringa
og’irligi 32 kg dan oshmasligi kerak, biroq har bir aviakomaniya bu ko’rsatkichni
tartibga soladi.
Qoidaga muvofiq salonga registrasiya qilinmagan bagajga bitta joy olishga yo’l
qo’yiladi, uning og’irligi bepul tashishga ruxsat berilgan normaga kiradi. Registrasiya
qilinmagan bagaj belgilangan hajmdan oshmasligi, ya’ni o’rindik ostiga yoki javonga
joylashishi kerak. Chunki javon va o’rindiqlar turli tip havo kemalarida bir-biridan
farq qiladi. Turist shunga tayyor bo’lishi kerak, aeroportda xodim undan yukini bagaj
bo’limiga topshirishni so’raydi.
207
Bagajni bepul tashish belgilangan normasidan ziyod yana samolyotga birga
olib chiqish mumkin:
•
ayollar sumkachasi yoki qog’ozlar uchun papka;
•
parvoz chog’ida o’qib ketish uchun bosma nashrlar;
•
bolalar yo’l belanchagi va go’dak uchun ozuqa;
•
palto yoki plashch;
•
agar yo’lovchiga zarur bo’lsa, yig’ma nogironlar aravachasi, yoki qo’ltiq
tayoq.
Bort provodnikka qo’l buyumlarni quyidagicha joylashtirish tavsiya etiladi:
- ustki va yumshoq kiyim-kechaklarni yo’lovchi o’rindig’i ustidagi javonga
joylashtirish;
- og’ir va katta buyumlarni bevosita kreslo ostiga joylashtirish;
- eng muhim, qo’l buyumlarini yo’lakda va avariya chiqish joyda qoldirmaslik
kerak.
Agar turistning bagaji yo’qolib qolsa yoki unga zarar yetsa bu muammoni hal
etish tartiblari mavjud. Mobodo shunday hol yuz bersa, uchish zalidan chiqmasdanoq
aviakompaniyaning “LOST AND FOUND” xizmatiga bagajni tashishdagi nosozlik
haqida dalolatnoma tuzish uchun murojaat qilish kerak. Yozma e’tiroz zararni darhol
aniqlash uchun tashuvchiga berilishi lozim. Lekin bagajni olgan kundan boshlab 7
kundan oshmasligi kerak. Bagaj yo’qolganda e’tiroz havo kemasi ko’zda tutilgan
manzilga kelgan kundan boshlab ikki yil ichida tashuvchiga jo’natiladi.
Dostları ilə paylaş: