Istambulda mavjud. Bunday ma’lumotlar safarda juda asqotadi. Misol uchun, chet
elda turistning pasportini o’g’irlab qo’yishadi yoki o’zi ehtiyotsizlik qilib yo’qotadi.
Mamlakatdan turistni ushbu shaxsini ko’rsatuvchi guvohnomasiz chiqarib
yuborishadi-kuya, lekin vataniga pasportsiz kiritmasligi aniq. Qo’lida hyech qanday
hujjati bo’lmagan turist vaziyat aniqlab olinguncha betaraf zonada o’tiradi.
Ma’lumki, bu bir necha kunlar davom etishi mumkin.
Agar turist shunday vaziyatga tushib qolsa, o’zbek konsulligiga murojaat
qilishi kerak. U yerda unga hujjat rasmiylashtiriladi va bu unga to’siqsiz vataniga
qaytish huquqini beradi. Bunday hujjat har qanday turistga berilishi mumkin, u
shaxsni O’zbekiston fuqarosi ekanligini tasdiqlaydi. Odatda, buning uchun surati bor
biror hujjatni yoki turist haqiqatan o’zbek turisti ekanligini guvohlovchi hujjat
ko’rsatish kifoya.
Ammo, kishida uning shaxsini isbotlovchi hyech qanaqa hujjat bo’lmasa ham
sarosimaga tushmaslik kerak. Vatanida qarindosh-urug’lari, birga ishlovchilar uni
O’zbekiston fuqarosi ekanligini tasdiqlashadi, unga qaytishga guvohnoma yozib
beriladi. Bu holda anqov sayohatchini faqat o’zbek chegarasida qattiqroq e’tibor bilan
tekshirishadi. Chunki ro’y bergan holat haqida, shunday hujjat rasmiylashtirilgani
to’g’risida diplomatlar chegarachilarga xabar qilishadi. Shu bois ehtimol siz
Rossiyaga kelishingiz bilan qattiq so’roqqa tutilishingiz mumkin lekin vijdoningiz
toza bo’lsa, oxir-oqibat sizni uyga qo’yib yuborishadi.
Vatanga qaytish guvohnomasi berishga chet eldagi barcha o’zbek konsullik
muassasalari vakolatli. Ammo pasportini yo’qotganlar unutmasliklari kerak,
qaytishga berilgan guvohnoma O’zbekistondan boshqa mamlakatlarga kirishga huquq
bermaydi. Ushbu hujjatga asosan uni istagan joydan qo’yib yuborishadi, lekin faqat
uyga qo’yib yuborishadi.
O’zbek konsulligi qayerda joylashgani haqida ma’lumot boshqa jiddiyroq
vaziyatlarda ham asqotishi mumkin. Agar, masalan, turist polisiyaga tushsa, u bu
haqda diplomatik vakolatxonaga xabar qilib, ahvolni tushintirishga haqli. Chunki,
turist o’zbek fuqarosi hisoblanadi, shuning uchun o’z mamlakati vakolatxonasiga
yordam so’rab murojaat qilishi, tarjimon va advokat so’rashi, maslahat olishi
211
mumkin, bular hammasi qonunda ko’zda tutilgan. Eng muhimi, elchixona unga
nisbatan inson haq-huquqlari buzilmasligini kuzatib borishga majbur.
Bilib qo’yish kerak, polisiyaning o’zi hamma vaqt ham konsullik bilan aloqa
qilishni xushlayvermaydi. To’g’ri, ular bunday paytda ushlangan chet ellik fuqaro
haqida konsullikka xabar berib qo’yishga majburdirlar, lekin bunga ko’pincha amal
qilishmaydi. Agar ish O’zbekiston degan davlat borligini bilmaydigan mamlakat
polisiyasida ko’rilayotgan bo’lsa, yana ham mushkul.
Elchixona manzili O’zbekiston fuqarosi chet elda ishga doir maqsadlarda
bo’lib, unga biznes bo’yicha hamkorlik taklif qilayotgan odamlarga ishonish
mumkinmi, yo’qmi, bilib olish zarurati paydo bo’lgan vaziyatda ham kerak bo’ladi.
Odatda, vakolatxonalarda (konsullik-savdo bo’limi yoki savdo vakolatxonasida)
O’zbekiston bilan hamkorlik qilayotgan ko’pchilik firmalar haqida ma’lumotlar
bo’ladi. Agar biznesmenga firma o’z xizmatini taklif etsa, lekin o’zbek diplomatlari
bu firma haqida ma’lumotga ega bo’lishmasa, ushbu mamlakatda axborot uchun
qayerga murojaat qilishni maslahat berishadi. Bundan tashqari, o’zbek turisti
vaqtincha bo’lgan mamlakatda qandaydir siyosiy to’ntarish, tabiiy ofat, epidemiya
ro’y bergan hollarda o’zbek konsulligi o’z fuqarosi taqdiri haqida qayg’urishga, zarur
bo’lganda vaqtincha qaytarib yuborish choralarini ko’rishga majbur. Lekin
unutmaslik kerak, ushbu mamlakatga kelgan zahoti turist konsulikda ro’yxatdan
o’tmasa, bunday tashvishli vaziyatlarda uni topishi va diplomatdan yordam olishi
mushkul bo’ladi. Shuning uchun, chet elga guruh bo’lib borayotganda emas, yakka
tartibda uzoq muddatga borilayotganda, har ehtimolga qarshi o’zbek konsulligida
ro’yxatdan o’tib qo’yish, manzil o’zgarganda konsullik xodimini xabardor qilib
qo’yish tavsiya etiladi.
Agar bizning konsulligimizda ro’yxatdan o’tib qo’yilsa, zarur bo’lganda IIV
muddati o’tgan pasportni muddatini uzaytirish, yangi pasport rasmiylashtirishga
yordam ham beriladi. Umid qilmaydigan yagona yordam –moliyaviy ko’mak
berilmaydi. Agar turistni tunab ketishga, u qo’lida pulsiz, dollarsiz qolsa, konsullik
pul so’rab murojaat qilishning foydasi yo’q. Konsullik tomonidan ajratilgan mablag’
shunchalik ozki, kulfatga uchragan fuqaroga baribir yetmaydi.
212