O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»


 Turistlar uchun soddalashtirilgan rasmiy tartib-qoidalar



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə16/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

3.1. Turistlar uchun soddalashtirilgan rasmiy tartib-qoidalar 
muammolari sharhi
Turistlar himoyasi va xavfsizligi sistemasi bilan muvofiqlashtirilgan siyosiy va
davlat harakati bog’langan. Unda harakatlanish va rag’batlantirish bo’yicha ham
individual, ham kollektiv turistik sayohatlar, safarlar va bo’lishlar ifodasini topgan.
Ko’pincha ular tilga olinganda, soddalashtirilgan turistik rasmiy tartib-qoidalar
tushuniladi. Gap shundaki, agar mamlakatlar turizmda eng avvalo jiddiy valyuta
tushumlari manbai, mahalliy iqtisodiyot uchun generator va aholi bandligini
ko’radigan bo’lsalar, ular o’z hududiga tashrif buyuruvchi chet elliklar bilan bog’liq
barcha rasmiy tartib-qoidalarni soddalashtirishga intiladilar. Agar turistda yashirin
migirant yoki kutilmagan shaxsni ko’rsalar, tabiiyki, bu mamlakatlar hukumatlari
viza berish va polisiya tekshiruvi o’tkazishdan boshlab, barcha kirish tartiblarini
murakkablashtirishga intiladilar. Boshqa tomonlardan kirishni cheklash sabablari
boshqa jihatlar – siyosiy, ekologik, ijtimoiy-madaniy omillar bilan izohlanishi
mumkin. Xususan, Butan yiliga 5,0 ming kishiga kvota belgilagan. Unga muvofiq
qirollikka tashrif buyuruvchi bir paytning o’zida sutkasiga 200 dollar ekologik soliq
to’lab kelishi mumkin. Ummonda chet elliklarni kelishiga kvota sababi g’arb
madaniyatining mahalliy islom jamiyatiga salbiy ta’siridan xavfsirash hisoblanadi.
46



AQSh siyosiy nuqtai nazaridan, Iroq, Eron, Shimoliy Koreya, Kuba fuqarolarini o’z


hududiga qo’ymaslikka intiladi. Shunday qilib, turistlarni kirishni
murakkablashtiruvchi juda ko’p sabablar mavjud, bu sabablar sayohat
rejalashtirilayotgandan doimo hisobga olinishi zarur. Gap shundaki, ko’lda konsullik,
aeroport yoki dengiz porti, avto va temir yo’l chegara punktidagi migrasiya
xizmatlari tomonidan berilgan viza bo’laturib, biron-bir sabab ko’rsatilmasa
mamlakatga kirish rad etilishi mumkin.
Shubhasiz, bu muammo turistning xavfsizligi bilan bog’liq. Negaki, u
moliyaviy va ma’naviy zarar ko’radi. Shuning uchun har bir safarga sinchkovlik bilan
sarishtali tayyorgarlik ko’rilishi lozim.
Ayrim mamlakatlar, turizmdan katta foyda olishga intilib, o’zaro vizasiz kirish
hududi e’lon qiladilar, bu turizmni rivojlantirishga imkon beradi. Xususan,
O’zbekiston, MDH doirasida Rossiya, Ukraina, Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon,
Qozog’iston, Belorussiya va Moldavaga vizasiz kirish huquqiga ega. Turkiya
dunyoning juda ko’p mamlakatlari uchun vizasiz rejim e’lon qilgan. Bu ushbu
mamlakatga tashriflar sonini ortishiga darhol ijobiy ta’sir ko’rsatdi va katta iqtisodiy
Samara bermoqda. G’arbiy Yevropa 12 mamlakati doirasida Shengen hududi degan
zona mavjud. Qaysikim, turist ushbu mamlakatlarning bittasiga borib, keyin qolgan
11 tasi bo’ylab ham sayohat qilishi mumkin.
Qo’shimcha qilish kerakki, har qanday holatda ham turist chegarada milliy
(xorijiy) pasportdan tashqari, viza bilan birga taklifnoma, turistik vaucher,
mehmonxonada joy bron qilinganligi haqidagi belgi, qaytishga samolyot, temir yo’l
bileti, bo’lish muddati tugashi bilan mamlakatni tark etishini tasdiqlovchi
guvohnoma, shuningdek, o’zini bo’lishini moliyalashtirishga yetadigan pul mablag’i
borligini isbotlovchi hujjatlarni ko’rsatishi shart. Shuning bilan birga, mazkur zonaga
kiruvchi mamlakatlar milliy vizasi ham bo’lishi mumkin, bu chet el turistlariga ushbu
vizani bergan mamlakatlar chegarasini kesib o’tishni ta’qiqlaydi. Misol uchun, agar
Toshkentdagi Germaniya elchixonasi o’zbek turistiga milliy nemis vizasi bergan
bo’lsa, uni Fransiya, Ispaniya, Gresiya va boshqa davlatlarga borishga haqi yo’q.
47



Shengen vizasi berish chog’ida, turistdan ayrim rasmiy tartib-qoidalarni


bajarish talab qilinadi. Xususan, u faqat o’sha viza berilgan mamlakatga, Shengen
zonasidagi boshqa mamlakatlarga emas, borishi kerak. Bundan tashqari, u yoddan
chiqarmasligi kerak, agar huquqni buzsa, uning ma’lumotlari avtomatik ravishda
umumiy ma’lumotlar bazasiga kiritiladi va keyingi safar boshqa diplomatik
vakolatxonalar, boshqa Shengen zonasi mamlakatlariga viza berishni rad etishadi.
To’g’ri, huquq buzarlikka bog’liq holda mazkur ta’qiqning amal qilish muddati ham
ko’rib chiqiladi.
Keyingi o’n yillarda turizm va sayohatlar hajmi tez sur’atlar o’sishi bilan bir
vaqtning o’zida turistik rasmiy tartib-qoidalar tushunchasi aniqlanmoqda va
soddalashtirilishi kengaymoqda. Bugungi kunda turizm rivojlanishi yo’lida asosiy
to’siqlar guruhi mavjud deb hisoblanadi:
- butun sayohatchilarga daxldor (bu turistlar individualmi, guruh-guruhmi,
qat’iy nazar);
- turistlarga xizmat ko’rsatish bilan shug’ullanuvchi biznesga taaluqli.
Butun sayohat taraqqiyoti yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish jarayoni odatda,
“turistik rasmiy tartib-qoidalarni soddalashtirish” deb ataladi, bu vaqtda
“liberallashtirish” atamasi esa ko’pincha turistik biznes va turistik xizmatlar savdosi
bilan bog’liq g’ovlarni bartaraf etish jarayonini aniqlash uchun ishlatiladi. Ta’kidlash
zarur, turistik rasmiy tartib-qoidalar o’zining boshlang’ich tor doirasidan chegara
rasmiy tartib-qoidalari, bojxona tartiblariga kengaydi. Bugungi kunda so’z, turizm va
sayohatlarni rag’batlantirish va ijobiy taqdirlash haqida borishi kerak deb
hisoblanadi. Xususan, har bir kishiga ichki va xalqaro turizmda ishtirok etish
imkonini beruvchi choralar qabul qilish yo’li bilan bu amalga oshiriladi. Ayniqsa, ish
va bo’sh vaqtlarni taqsimlashni takomillashtirish, har yili haq to’lanadigan ta’tillar
sistemasiga qulayliklar kiritish, yil davomida ta’tillar davrini bir me’yorda
taqsimlash, shuningdek, yoshlar, qariyalar va nogironlar turizmiga alohida e’tibor
berish muhimdir.
Tarixan shunday shakllanganki, turistik rasmiy tartib-qoidalarni soddalashtirish
masalalarida davlat ikki tomonlama asosda shug’ullangan. Yevropa integrasiya
48



jarayonlari boshlanishi (XX asrning 50-yillari) bilan bu muammolar ko’p tomonlama


daraja hal etila boshlandi.
Bu tendensiyani sayyoraning ko’pchilik hududlari egallab oldilar. Masalan,
Lotin Amerikasi, Janubiy-Sharqiy Osiyo, Arab Sharqi, Afrika, Osiyo-Tinch okeani
hududi. Bundan tashqari, hukumatlararo tashkilotlarga alohida kategoriyadagi
sayohatchilar, tarnsport turlariga yoki turistik oldi-sotdi ishlarida turistik rasmiy
tartib-qoidalarni soddalashtirish topshirildi.
Shu munosabat bilan xalqaro tashkilotlar yig’ilishlarida qabul qilingan
hujjatlarni yodga olib o’tish o’rinlidir:
- 1944 yildagi fuqaro aviasiyasi Xalqaro tashkiltining Chikago konvensiyasi;
- 1973 yildagi bojxona hamkorligi Sovetining Kioto konvensiyasi;
- Xalqaro dengiz tashkilotining 1965 yildagi xalqaro dengiz transporti
hamkorligi bo’yicha konvensiyasi.
Turistik rasmiy tartib-qoidalarni soddalashtirishga boshqa muhim xalqaro
shartnomalar va hujjatlar guruhi ham kiradi:
- 1987 yildagi Yevropa hamjamiyatining Yevropa akt birligi;
- Butun jahon sog’liqni saqlash tashkilotining 1951 yildagi Xalqaro tibbiyot
qoidalari;
- OESR Sovetining turizm sohasida xalqaro siyosiy bo’yicha 1985 yildagi
qaror tavsiyasi;
- Xalqaro mehnat tashkiloti shafeligida qabul qilingan va haq to’lanadigan
ta’tillarga, Yevropada hamkorlik va xavfsizlik bo’yicha Kengashning 1976 yilda
Xelsinkidagi Xulosaviy aktiga tegishli qabul qilingan hujjatlar;
- 1980 yildagi xalqaro turizm bo’yicha Manila deklarasiyasi;
- 1985 yildagi turist Kodeksi va Xartiyasi;
- turistik sayohatlar, safarlar va bo’lishlarni soddalashtirish bo’yicha Budapesht
konvensiyasi – 1992 yil.
Ammo, biroq, bu hujjatlar transport turi, geografik qamrovi va yondoshuv
kengligiga taaluqligi bilan o’z cheklanishlariga ega, ya’ni ular universal
hisoblanmaydi. Shuning uchun, turistik rasmiy tartib-qoidalarni soddalashtirish va
49



modellashtirish masalalari bo’yicha turli xalqaro tashkilotlar o’rtasida birgalikdagi


harakatlarda katta muvofiqlashtirib olishni ta’minlashga ehtiyot mvjud. Bunga yana
juda muhim masala turizmga global yondoshuv ham kiradi.
Turistik rasmiy tartib-qoidalarni soddalashtirishning sektoral himoya
doirasidan olib chiqishga keyingi urinish, amaldagi qator hujjatlar bilan ta’minlash,
barcha turistlarni universal qamrab olish darajasi bona fide (“haqiqiy”) ko’rib
chiqilayotgan transport turidan qat’iy nazar, Budapesht konvensiyasining turistik
sayohatlarni soddalashtirish bo’yicha hujjatlarida aksini topgan.
MDHda xususan, Markaziy Osiyoda turistik rasmiy tartib-qoidalarni
soddalashtirish masalalarni hukumatlar tomonidan endigina qarab chiqilayapti.
Ammo ekspertlarning fikricha, bu jarayon uzoq vaqt – bir necha o’n yillarni talab
qiladi. Agar mustaqillikning birinchi yillarida mamlakatlar o’rtasida vizasiz va
fuqarolarni harakatlanishining soddalashtirilgan rejimi amal qilgan bo’lsa,
chegarlarni himolanishi oqibatida davlatlar bu tartibni qat’iylashtirishga majbur
bo’ldilar. Tabiiyki, to’siqlarni olib tashlash o’zaro maqbul yondoshuvlar va salbiy
tendensiyalarni prognozlashtirishni talab qiladi. Ammo hozirdanoq davlat tashqi
chegaralarini himoya qilishga qaraganda turizm uchun qat’iyroq rejim salbiy
oqibatlari ko’zga tashlanayapti. Ayrim hisoblarga qaraganda, chegaralardagi keyingi
ikki yildagi qiyinchiliklar hududga turistlar oqimini 30-50 %gacha kamayishiga olib
kelgan.
Shuning uchun turizmni soddalashtirish va liberallashtirishda hukumatlar
faoliyati mutaxassislar tomonidan turlicha baholanayapti (3.1-jadvalga qarang).
Ko’rinib turibdiki, ulardan ko’pchiligi turizm sohasida tadbirkorlikni rivojlantirish
uchun davlat ko’p ish qilib qo’ydi, degan hayolga moyil (soliqqa tortishda imtiyozlar,
kredit olish, uskuna va tovarlarni bojxona rasmiylashtirishlari), tartiblarni
soddalashtirish turistik faoliyatda ulardan kam ahamiyat kasb etmaydi.
3.1-jadval
Markaziy Osiyo bo’yicha o’z mamlakatlarida turizmni rag’batlantirish sohasida
hukumatlar faoliyati haqida milliy ekspertlar fikrlari, % da

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin