O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə18/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

Rasmiyatchiliklar
Milliy ekspertlar fikrlari, %da
Qozog’i
ston
O’zbeki
ston
Tojiki
ston
Qirg’izi
ston
Turkmani
ston
Takliflar, vizalarni rasmiylashtirish
qiyinchiliklari
10
12
23
15
10
Bojxona tartiblarini bajarish
30
23
36
22
20
Valyutani tartibga solish bilan bog’liq
muammolar
16
34
20
10
26
52



Polisiya nazorati (jumladan, ro’yxatga


olish, ro’yxatga qo’yish)
20
15
11
20
40
Tibbiy nazorat (jumladan, sug’urtalash)
3
1
6
8
3
Chegaradan kesib o’tishda murakkab
ruhiy muhit
11
15
4
3
1
Ekspertlarning fikr bildirishlaricha, yuqorida ko’rsatilgan muammolarni hal
etish (masalan, jinoyatchilik vaziyati, Afg’oniston bilan chegaradagi murakkab
siyosiy vaziyat, inflyasiya va iqtisodiy inqirozlar va boshqalar bilan bir qatorda)
Markaziy Osiyo mamlakatlariga jahonning boshqa hududlaridan turistik oqimni
ko’paytirishiga imkon beradi. Ammo bunda turizmni rivojlantirishda
muammolarning o’zini farq darajasi aniqlandi.
O’zbekistonda bu qiyinchilik bajarilishida, Turkmanistonda polisiya nazorati
aspektlarida mavjud.
3.3. Pasportlar va vizalar
Xalqaro ekspertlarni ta’kidlashlaricha, hujjatlar bilan bog’liq barcha talablar,
turizm taraqqiyoti yo’lidagi to’siqlar sifatida qaralishi mumkin. Qachonkim, ularni
bajarilishi yomon tashkil qilingan, murojaatlar o’z boshimchalik bilan
qaynoatlantirilmadi, haddan tashqari ziyod haq olinadi yoki tartiblar juda murakkab
yoki cho’zib yuboriladi. Bular bilan murosa qilib bo’lmaydi, ayniqsa chiqish turizmi
muammolarini qarab chiqilayotganda. Hozir O’zbekistonda AQShga turistik viza
olish haddan tashqari mushkul, ayrim Yevropa mamlakatlarida viza tartiblari chigal.
Bu yerda xalqaro mutaxassislar faqat pasport va viza bo’yicha tartiblarni
murakkablashtirilishi mamlakatga xorijiy turistlar oqimini 25-30 %ga kamaytirishini
hisoblab chiqqanligini e’tiborga olish lozim. Ayni paytda vizasiz rejim tur oqimlarni
rag’batlantiryapti.
Ayrim cheklovlar mavjudki, u yoki bu kishiga mamlakatga kirishi uchun ruxsat
olishga imkon bermaydi. Ko’pincha, bunga sudlanganini oqlanmaganligi yoki
53



sudlanganlikning o’zi, aniq shaxsga nisbatan jinoyat ta’qibi (siyosiy emas) asosiy


sabab hisoblanadi. Rad etish uchun noaniqlik, ma’lumotni buzib ko’rsatilishi,
qaysikim, turist kirish uchun arizasida atay kiritgan ham sabab bo’lishi mumkin.
Ma’lum tartiblar ham mavjud, qaysikim, bu buzilishlarni masalan, konsullik yoki
migrasiya xizmati xodimining og’zaki suhbati bilan aniqlash imkonini beradi.
Viza shuningdek, quyidagi holatlarda ham rad etilishi mumkin:
- mamlakatda bo’lish uchun zarur pul mablag’ining yo’qligi;
- taklif, turistik vaucher yo’qligi;
- turistning mamlakatda, qolish va vataniga qaytish niyati yo’qligi haqida
shubha o’yg’onganda;
- turist mamlakatga anketada ko’rsatilganidan boshqa maqsadda (yashirin
mehnat faoliyati, josuslik, terrorizm va qo’poruvchilik) borayotgani haqida
ma’lumotlar mavjudligida;
- jins: misol uchun, ayrim arab mamlakatlarida, xususan, BAAda, Baxrayn,
Saudiya Arabistonida ersiz 35 yoshgacha bo’lgan Xotin-qizlarga kirishga ruxsat
berilmaydi. Negaki, mahalliy hokimiyatlarda ayollar fohishalik bilan shug’ullanishni
ko’zlayapti degan gumon mavjud. Bulardan tashqari, er-xotining ismi-shariflari har
xilligi ham vizani rad etishga asos bo’ladi;
- boshqa sabablar (faqat xizmatlarning o’zlarigagina ma’lum).
Ayni paytda nafaqat viza olish bilan muammo bor, balki davlat ichkarisida o’z
fuqarolariga pasport berish rasmiy tartib-qoidalarida ham murakkabliklar mavjud.
Aytaylik, turkman fuqarolariga boshqa mamlakatlarga, shu jumladan, O’zbekistonga
tashrif uchun ruxsat beradigan xorijiy pasport olishga 150 dollar to’lash zarur.
Boshqa tomonlardan, Qozog’iston va Tojikistonda mamlakatdan tashqariga chiqish
uchun ruxsat berishdan voz kechildi. O’zbekistonda esa har ikki yildan keyin milisiya
bo’limlarida o’zbek chegarasini kesib o’tish uchun tamg’a urilib ruxsat uzaytiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 28-moddasida ta’kidlanadi:
“O’zbekiston Respublikasi fuqarolari respublika hududi bo’ylab erkin harakatlanish
huquqiga egadirlar va undan chiqish, cheklovlardan tashqari, qonun bilan belgilab
qo’yilgan”. Bu huquqdan kelib chiqib, kishi o’z sayohatini tartibga solishi mumkin.
54



O’zbekistondan tashqariga chiqish uchun fuqarolar quyidagi hujjatlarni taqdim


etishlari zarur:
- amaldagi milliy pasporti;
- 3x5 hajmda to’rtta rangli fotosur’at;
- agar turist bolalarini o’zi bilan birga sayohatga olib ketmoqchi bo’lsa, 14
yoshgacha bolalarning ikkitadan rangli fotosur’ati;
- er-xotin (umr yo’ldoshi)ning mamlakatdan tashqariga bolalarni olib borishiga
ruxsatining notarial tasdig’i;
- barcha qoidalarga amal qilinib, to’ldirilgan anketa, shuningdek ishlovchilar
mehnat faoliyati haqida kadrlar bo’limi tasdiqlagan betlar, pensionerlar va
ishlamaydiganlar uchun mahalla qo’mitasidan ma’lumotlar.
Ruxsat vizasi rad etilishiga quyidagilar sabab bo’lishi mumkin:
- dalvat sirlariga kirish imkoni mavjudligi;
- oqlanmagan sudlanishi;
- sud ajrimi o’tkazilishi bilan bog’liq ish (jinoiy tergov);
- turistning chaqiriq (rekrut) yoshdaligi.
Uzoq xorijga bormoqchi bo’lgan o’zbekistonlik turistlar uchun viza olish
jarayonlari qanday kechadi? Masalan, Vyetnamga tashrif byurishi uchun O’zbekiston
fuqarosi kirish vizasiga ega bo’lishi lozim. Uni O’zbekiston Respublikasidagi
Vyetnam elchixonasi beradi. Elchixona uni faqat ikki variantdan biriga muvofiq
asosida beradi. Birinchisi, turist diplomatik mahkamaga amaldagi pasporti bilan o’z
hohishini bildirib, murojaat qilishi va anketa blankasini to’ldirishi kerak. Turist
so’rovi va to’ldirilgan anketa blankaga asosan elchixona Vyetnam Ichki ishlar
vazirligiga tavsiyanoma jo’natadi. Turist anketa blanka to’ldirilgan kundan boshlab
15 kun ichida rozilik yoki rad javobini olishi mumkin.
Ikkinchisi, turistlar viza olishda qo’llab-quvvatlashni so’rab, bevosita vakolatli
Vyetnam turistik kompaniyalaridan biriga murojaat qiladi. Turistik kompaniya o’z
navbatida tegishli tavsiyanoma bilan Vyetnam IIV ga murojaat qiladi. Turistlar uchun
birinchi usul qulayroq, ikkinchi usul bo’yicha esa ko’pincha javob tezroq keladi.
55



Turistlar vizaviy qo’llab-quvvatlanishni olishgach, elchixonaga shaxsan yoki


ishonchli shaxs orqali murojaat qilishi zarur.
Chexiya Respublikasiga kirish vizasi olish uchun o’zbek turisti bir necha
talabni bajarishi shart. Birinchidan, chiqishga OVIR ruxsat tamg’asi bosilgan
pasportga ega bo’lishi kerak. Agar tashrif buyuruvchi Chexiyada 90 kun muddatda
bo’lishni hohlasa, unda pasport Chexiyaga chiqish kunida 120 kundan kam
bo’lmagan muddatga – 30 kungacha muddatga, 270 kundan ziyod – 30 kungacha
muddatga amal qilishi kerak. Ikkinchidan, Chexiyada bo’lishni ta’minlovchi
moliyaviy hujjatlarni taqdim etish zarur. Ya’ni Chexiya Respublikasi chegarasini
kesib o’tayotganda tashrif buyuruvchi shaxsiy etiyojlari ta’minlash uchun moliyaviy
mablag’ga ega bo’lishi kerak. Zarur summaga ega bo’lish eng oz miqdoriga teng: 30
kunlik muddatning bir kunlik safariga 1,065 chex kroni (30 dollarga yaqin)
bo’lishning butun muddatiga 31,95 ming chex kroni (900 dollar), ya’ni 30 kundan
ziyodga.
Turistlar uchun viza berish tartibiga keladigan bo’lsak, bilamiz, O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 21 noyabrdagi 408-son tegishli
“O’zbekiston Respublikasida fuqaroliksiz shaxslar va xorijlik fuqarolarning tranzit
safari va bo’lishi, kirish va chiqish tartibi to’g’risida”gi qaroriga muvofiq, Tashqi
ishlar vazirligiga belgilangan tartibda davlat muassasalari taklifi bo’yicha kelayotgan
xorijiy fuqarolar, huquqiy va xususiy shaxslarga kirish vizasi berishni
rasmiylashtirish topshirilgan. Nizomga muvofiq, “Huquqiy shaxs” (qaysikim, turistik
kompaniya hisoblanadi) xorijlik fuqarolarga faqat O’zbekiston Respublikasi Tashqi
ishlar vazirligiga vizaviy qo’llab-quvvatlashda yordam ko’rsatishni so’rab
tavsiyanoma bergandan keyingina taklifnoma jo’natadi.
Qo’shimcha qilamiz, O’zbekiston respublikasi barcha hududlarida xorijlik
fuqarolar uchun yagona viza amal qilai. Xorijiy turistlar vizani O’zbekistonning chet
eldagi konsulliklaridan shaxsan yoki turistik firmalar orqali oladilar. Shuningdek, uni
bevosita TIVning aeroportdagi vakolatxonasidan ham olish mumkin. Viza olish
uchun: 7 kungacha – 40 dollar, 7 kundan 15 kungacha – 50 dollar, guruh uchun (15
kishidan ziyod) 15 kungacha – har bir turistga 15 dollardan to’lanadi.
56



Viza davomiylik muddati turist tanlagan marshrutga qarab, O’zbekiston


chegarasidan birinchi xizmat ko’rsatiladigan manzilgacha, undan chegaragacha
ketadigan vaqt hisobga olingan holda belgilanadi. Respublikamiz orqali temiryo’l va
avtotransport bo’yicha tranzit o’tadigan xorijiy turistlar tranzit vizalariga ega
bo’lishlari kerak. Unga asosan bir sutkadan kam bo’lmagan vaqtga xizmat
ko’rsatiladi. Agar turist samolyotda tranzit o’tadigan bo’lsa, viza talab qilinmaydi. Bu
yo’lovchilar O’zbekiston orqali qo’llarida “O’zbekiston havo yo’llari” Milliy
aviakompaniyasi tomonidan tasdiqlangan aviabilet bilan aeroportdan kelgan vaqtdan
boshlab 24 soat ichida uchib ketishlari kerak.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin