O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»


 Polisiya nazorati va jamoat xavfsizligi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə21/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

3.7. Polisiya nazorati va jamoat xavfsizligi
Har qanday mamlakat tashrif buyuruvchilarning kirish-chiqishini kuzatib
turadi, negaki bu milliy xavfsizlik me’yorlari bilan bog’liq va jinoiy elementlarga
qarshi kurashdir.
60



Keyingi yillarda turistik rasmiy tartib-qoidalarni soddalashtirilishi noqonuniy


giyohvand moddalar savdosi va terrorizmning o’sishiga jiddiy ta’sir o’tkazmoqda.
Juda ko’p Yevropa va Osiyo mamlakatlarida polisiya nazorati kuchaytirilishi eng
avvalo ekstremistik tashkilotlarni Siyosiy vaziyatni izdan chiqarishga urinishlari
poyini qirqishga qaratilgan. Shuning uchun turistlar ularning shaxsiy xavfsizligi va
mamlakatlar fuqarolarining xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan huquq-tartibot
organlari choralarini to’g’ri tushunishlari kerak.
Gap shundaki, ayrim davlatlar qonunlari bo’yicha chet ellikni bo’lgan paytida
huquq-tartibot rejimini buzganligi uchun jiddiy javobgarlik belgilangan. Masalan,
agar xorijlik Avstriya chegarasini vizasiz kesib o’tish huquqiga ega bo’lmasa, uning
hududiga vizasiz suqilib kirsa, buzg’unchi haqidagi ma’lumotlar kompyuter bank
ma’lumotlariga kiritiladi va boshqa safar u legal ravishda bu mamlakatga
kelaolmaydi.
Italiyada vizasi yo’q chet ellik aniqlansa, polisiya uchatkasiga olib kelinadi va
jinoiy harakati darajasiga qarab jarimaga tortiladi yoki qamoqqa hukm qilinadi.
Tartib buzar majburiy tarzda mamlakatdan chiqarib yuboriladi va o’ttiz yil davomida
mamlakatga kelishi man etiladi.
Benilyuks mamlakatida ham tartib buzar undan tashqariga chiqarib yuboriladi,
yanada jiddiyroq holda unga o’ttiz yil davomida yoki umrbod mamlakatga kirish man
etilishi mumkin.
Ispaniyada ham tartibni buzgan chet ellikni umrbod kelmaydigan qilib,
mamlakatdan chiqarib yuborishadi. Fransiyada pasportiga tamg’a bosishadi va o’n yil
davomida u bu davlatga kelmaydi. Norvegiyada tartib buzar sudgacha turmada
o’tiradi, keyinchalik sud aybiga yarasha jarima to’lattiradi, so’ngra mamlakatdan
chiqarib yuboradi va umrbod bu mamlakatga kirishni mann etadi.
Shveysariyada tartib buzuvchi chiqarib yuboriladi, agar mamlakatda bo’lganida
jinoyat sodir etgan bo’lsa, bir umr kirishi man etiladi. Germaniyada tartib buzardan
nemis vizasiga to’lov talab qilinadi, keyin uni kelgan mamlakatiga qaytarib yuboradi,
bu haqda o’sha odam haqidagi bankka ma’lumot kiritiladi, keyinchalik o’sha
61



ma’lumotga asosan unga viza berish rad etiladi. Shvesiya va Finlyandiyada tartib


buzarni jarimaga tortishadi va chiqarib yuborishadi.
Aytganday, hatto vizasiz rejim mavjud bo’lganida ham kishi taklifnomaga ega
bo’lishi shart. Agar fuqaro bunday hujjatsiz mamlakatga kirib kelsa, bu tartib buzarlik
jinoyat sifatida baholanadi. Tartib buzarning pasportiga mamlakatga uch-besh yil
davomida kirishi ta’qiqlangani haqida belgi qo’yiladi.
Tabiiyki, har bir mamlakat o’tkir tus olayotgan immigrasiya muammolari bilan
shug’ullanishga majbur (mamlakatlar o’rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy notenglik, siyosat
vaziyatdan qat’iy nazar). Shu munosabat bilan huquq-tartibot organlari mamlakatga
noqonuniy kelayotganlar (qochoq sifatidami yoki turist bo’libmi, qat’iy nazar)
masalalari bilan shug’ullanishga majburlar. Boshqa tomondan, 1989 yildagi turizm
bo’yicha Gaaga deklarasiyasi ilovasida ta’kidlanadi: “immigrasiya” yoki
diskriminsion sohada qonunlarni cheklovchi choralar soddalashtirilgan xalqaro
turizmga ziddir”.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin