- xizmatlar ro’yxati (joylashish klassi, ovqatlanishi, ekskursiyalar soni,
uchrashuvlar-kuzatuvlar, transfer va h.k.);
- xizmatlarga sarflangan summa (xorijiy yoki milliy valyutada);
-
vaucher berilgan kun;
- mazkur vaucher kimning hisobiga berilgani (xorijiy firmalar nomi va vaucher
raqami);
- vaucherni amalga oshirishga mas’ul shaxs imzosi;
- vaucherni amalga oshirgan tashkilot muhri.
Vaucher kopirovka qog’oz ostida 3 nusxada to’ldiriladi, ulardan biri guruh
rahbariga yoki individual turistga joylashish joyida ko’rsatish uchun beriladi.
Ikkinchi nusxasi vaucher bergan korxona buxgalteriyasiga beriladi va turistlarga
xizmat ko’rsatishda ishtirok etgan korxonalar bilan o’zaro hisob-kitobni ta’minlash
uchun xizmat qiladi. Uchinchi (koreshok) nusxasi rasmiylashtirilgan joyda nazoratni
rasmiylashtirish va moddiy javobgar shaxsdagi ma’lumotlar daftariga tikib qo’yish
uchun qoldiriladi.
Yana shuni ta’kidlash kerakki, blankadagi barcha ma’lumotlar (rekvizitlar)
aniq va bexato to’ldirilishi kerak, vaucher matnida biror bir tuzatishlarga yo’l
qo’yilmaydi. Aks holda xatoga yo’l qo’yilgan vaucherni rasmiylashtirishda muammo
paydo bo’ladi, haqiqiy hisoblanmaydi va u bekor qilinishi zarur (lekin tashlab
yuborilmaydi, vaucherlar daftariga yelimlab qo’yiladi).
Vaucherlar odatda,
mehmonxona, turistik baza, kempinglar, agentliklar,
kompleks xizmat ko’rsatuvchi korxona tijoriy xizmatlari, xizmat ko’rsatish byurolari
xodimlari tomonidan yozib beriladi. Bunda ular albatta
tegishli xizmatlar yoki
korxona tomonidan keyingi pul hisob-kitob operasiyalarini o’tkazish uchun muhr
bilan tasdiqlanishi shart.
Vaucherlar quyidagi hollarda foydalaniladi:
- turguruhlar yoki turistlar, xorijiy turistik firmalar yoki tashkilotlar
vaucherlarni taqdim etilganda almashtirish chog’ida, qaysikim, ularda turistga turli
korxonalar tomonidan taqdim etilgan kompleks
xizmatlar umumiy qiymati
ko’rsatilgan;
63
- chet el fuqarolariga O’zbekiston Respublikasi turistlariga korxonalarning
kompleks xizmatlarini sotishda, agar valyuta (xorijiy yoki milliy) biror bir sabab
bilan o’z muddatida oldindan to’liq o’tkazilmagan bo’lsa;
- boshqa xizmat ko’rsatish punktlarida vaucher bo’yicha
bevosita taqdim
etiladigan qo’shimcha xizmatlarni sotishga (avtotransportda transfer, bronlashtirish
va avia, temiryo’l biletlari sotib olish, ekskursiyalar, gid tarjimonlar xizmatlari,
muzeylarga, teatrlarga tashriflar va h.k.);
- marshrut bo’yicha alohida shaharlar o’rtasida
safar hujjatlarini
rasmiylashtirish uchun, qaysikim, xizmat ko’rsatish birinchi manzilida
rasmiylashtirish imkoni bo’lmaydi.
Vaucher olishda e’tiborli bo’lish lozim. Shunday ham bo’ladiki, tur hujjat
bergan turfirma qaysidir elchixona “qora ro’yxatiga” kirib qoladi.
Unda turist
borishni rejalashtirayotgan mamlakatga tashrifdan mahrum bo’lishi aniq. Bulardan
ko’rinib turibdiki, turist himoyasi va xavfsizligi muammosi “konvertlashtiriladigan”
vaucher mavjudligiga ham bog’liq ekan.
Dostları ilə paylaş: