3.9. Turistlarning sug’urta hujjatlari
Ko’pchilik mamlakatlarda chegarada jo’nab ketayotgan turistlardan sug’urta
polisi bor-yo’qligini talab qilishlari mumkin (misol uchun, Shengen zonasida), ayrim
elchixonalarda esa o’zlariga ma’lum (akkreditlashgan) sug’urta agentligidan kishi
sug’urta hujjati olmaguncha, viza berishmaydi.
Ayni paytda, shunday vaziyat ham bo’ladi, sayohatchi u yoki bu sababga ko’ra
safardan voz kechadi. Odatda, sayohatdan jo’nab ketishga kamida ikki hafta qolganda
voz kechish bu turfirmaga to’lagan badalni batamom yo’qotish demakdir. Ammo
rejalashtirilgan safari har ehtimolga qarshi qoldirilishini sug’urtalab qo’yilsa, pulni
qutqarish mumkin. Ta’kidlash kerakki, mashhurligi va badallar yig’ilishi hajmi
bo’yicha sug’urtalashning bu turi tibbiy sug’urtalashdan keyin (shaxsiy avtomobilda
sayohatni hisobga olmasdan) mustahkam ikkinchi o’rinni egallaydi.
Bunday “chiqilmaydigan” sug’urta shartnomasi “X” soatgacha kamida ikki
hafta oldin tuziladi. Agar mijoz uzrli sabablar (kasalxonaga tushib qolish yoki
64
qarindoshi o’limi, harbiy komissariatga yoki sudga chaqiruv qog’ozi, uyida yong’in,
kirish vizasi olmagani)ga ko’ra, rejalashtirilgan safarga borolmay qolsa, sug’urta
kompaniyasi tur qiymatini qoplaydi. Lekin sababsiz safardan voz kechsa, unga puli
qaytarilmaydi. Ta’kidlash kerak, “Chiqilmaydigan” sug’urta ancha mushkul ish.
Bunday sug’urta qiymati safar bahosining 4-10 %inigina tashkil etadi. Ba’zan firma
ro’yxatga “ viza berishni rad etish” xavfni qo’shmaydi. Bunday holatda sug’urta tarifi
0,5-1 %dan past bo’ladi.
Safarda ko’ngilsizliklar nafaqat odamlar, balki ularnng buyumlari bilan ham
ro’y beradi: bagaj yo’qoladi, qimmatli buyumlarni nafaqat plyajda, balki oteldagi
xonadan ham o’g’irlashadi. Samolyotda sayohatga chiqilganida bagajga topshirilgan
chemodonlar tashuvchi aviakompaniya tomonidan ehtiyot qilingan hisoblanadi. U
yo’qolganda aviakompaniya egasiga har kilogrammi uchun 20 dollardan hisoblab
tovon to’lashi kerak. Ammo chemodanda qolgan buyum aslida bundan qimmatroq
bo’lishi mumkin. Shuning uchun ayrim kompaniyalar olib borib berish – dam olish
joyiga borishda bagajni sug’urtalash xizmatini taklif qiladilar. Odatda, bunday
sug’urta (bagajdagi o’rindan qat’iy nazar) 2-3 dollar turadi. Buyumlar yo’qolgan,
buzilgan taqdirda aviakompaniya puli hisobidan qo’shimcha ravishda har bir
kilogramm yo’qolgan buyum evaziga 25 dollardan tovon to’lanadi. Har bir konkret
holatda bu summa alohida kelishib olinadi va polisda ko’rsatiladi. Bunda kompaniya
sug’urtalashda, aytaylik norka po’stin 25 dollardan ancha qimmat turishiga ahamiyat
bermaydi.
Agar turistda o’zi bilan birga qimmatbaho buyumlari bo’lmasa, bunday
sug’urta ma’qul. Lekin qimmatbaho buyumlar va kiyimlar olgan bo’lsa yaxshisi
sayohat davomida, borish-kelish, dam olishda yo’qolganda ularni qoplaydigan
boshqa sug’urta polisi olgani durust.
Sug’urta firmasi buyum qiymatidan kelib chiqib, sug’urta summasini
belgilaydi va u nobud bo’lgan yoki o’g’irlangan taqdirda turist to’liq pulini oladi.
Bunday polis qiymati sug’urta qiymatining 0,1 %ga yaqinini tashkil qiladi. Misol
uchun, narxi 3,0 ming dollarlik po’stin uchun sug’urta 3 dollarga tushadi. Agar
sug’urtalangan hamma buyum yoki bir qismi yo’qolsa, kompaniya uning qiymatini
65
to’laydi. Albatta, buning uchun buzilgani yoki o’g’irlanganini tasdiqlovchi hujjat
zarur bo’ladi. Ya’ni turist buyumlari yo’qolgani haqidagi polisiya, mehmonxona,
qidiruv xizmati tomonidan berilgan ma’lumotnomalarni asrab qo’yishi kerak. Tovon
puli (vataniga qaytgandan keyin) turist uni mahalliy bozor yoki do’konda unutib
qoldirmagan bo’lsa, bagaj bo’limida, saqlash kamerasida, qulflangan nomerda
yo’qolganda to’lanadi.
Sug’urta turistlarni avtomobil boshqarishda ham qo’llanadi. Yevropa
mamlakatlarida avtoegalari javobgarligiga majburiy sug’urta amal qiladi, boshqa
hollarda haydovchini chegara – nazorat bo’limidan nariga o’tkazishmaydi.
Shubhasiz, sayohatchi oldindan “Yashil karta” sotib olib qo’yishi kerak. Kim buni
yoddan chiqargan bo’lsa, polisni chegarada sotib olishga majbur, ammo u sug’urta
kompaniyasidagidan 10-20 % qimmatga tushadi.
Ta’kidlaymiz, “ Yashil karta” – sug’urtalovchilarning xalqaro shartnomalar
hamjamiyati sistemasi, avtotransport egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy
sug’urtasini amalga oshiradi. Bu sistemaga Yevropaning 40 dan ziyod davlatlari
kiradi. Xuddi shunday nomni va sertifikatni, ya’ni sistema ishtirokchilari barcha
mamlakatlar hududlarida sug’urtalanganini tasdiqlovchi hujjat ham olgan. “ Yashil
karta” egasi bitim ishtirokchilari mamlakatlar hududlariga kirishda qo’shimcha
sug’urta polisi sotib olishi shart emas.
Kartani chiqaruvchi sug’urta kompaniyasi turist mashina rolida o’tirganda
odamlarga yoki mulkka yetkazadigan har qanday zararni qoplashni o’z zimmasiga
oladi. Eng muhimi bunda falokat qasddan qilinmagan bo’lishi kerak, aks holda turist
zararni cho’ntagidan to’laydi. Afsuski, O’zbekiston hozirda “Yashil karta”
ishtirokchilari mamlakatlar qatoriga kirmaydi va o’zbek kompaniyasi shunday
sug’urtani chiqaraolmaydi.
Chet elga o’z mashinasida chiqayotgan turist eng yaxshisi borishni
rejalashtirmagan mamlakatlari “Yashil kartasi”ni sotib olgani ma’qul. Gap shundaki,
xalqaro bitimlar shartlariga ko’ra, “Yashil karta” karta emitenti davlatidan boshqa
(negaki, bitim boshqa a’zolari bilan tuzilgan shartnomaga ko’ra, emitent mamlakat
66
hududida faqat fuqarolar javobgarligining milliy polisigina kuchga ega) hamma joyda
amal qiladi.
Misol uchun, Sovag kompaniyasi chiqargan karta Germaniyada, Garant
chiqargan karta Avstriyada amal qilmaydi. Agar marshrut baribir “Yashil karta”
emitenti territoriyasidan o’tgan bo’lsa, chegarada avto fuqarolik javobgarligining
mazkur mamlakatda amal qiladigan majburiy polisini sotib olishga to’g’ri keladi. Eng
arzon karta Sharqiy
Yevropa bo’ylab sayohat qilishga, eng qimmat G’arbiy
Yevropa uchun mo’ljallangan. Skandinaviya mamlakatlari uchun o’rtacha narx
belgilangan.
Shunga qaramasdan, “Yashil karta” qiymati safar muddatiga bog’liq: kishi
qancha uzoq sayohat qilsa, karta shuncha qimmat. Ayni paytda, karta narxi avtomobil
markasiga bog’liq emas.
O’zbekistonda “Turizm to’g’risida”gi qonunning 20-moddasiga muvofiq,
turistlarni sug’urtalash majburiy hisoblanadi va turistik faoliyat subyektlari
tomonidan ana shunday faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega tegishli sug’urta
kompaniyalari bilan tuziladigan bitimga asosan amalga oshiriladi.
Chet elga jo’nab ketayotganning sug’urta polisi uchun, masalan, “Uzbekinvest”
kompaniyasida bo’lishning har bir kuni uchun $0,80 dan $5,65 dollargacha sug’urta
badali ko’zda tutilgan. Sug’urta badali to’lovi O’zbekiston milliy valyutasida amalga
oshiriladi, sug’urta qoplamasi to’lash esa AQSh dollarida amalga oshiriladi. Aytish
kerakka, 2002 yil yakunlariga ko’ra, “O’zbekinvest”da chet elga jo’nab ketishda
sug’urta qilingan shaxslar soni 3,2 ming kishidan ziyodni tashkil qildi, sug’urta
to’lovlari summasi esa 17 million so’mga yaqin bo’ldi.
Dostları ilə paylaş: |