kongressga kelgan bo’lsa, uning fan doktori diplomi inobatga olinmasligi mumkin va
u olimga nafaqat so’zga chiqqanligi uchun tegishli malakasiga haq olishga, balki
ekspertlarning rasmiy tan olganlari to’g’risidagi hujjatni olishiga ham o’tmaydi.
Meros yoki boylikni olish, uchinchi kishidan qandaydir topshiriq yoki xizmat
olish va boshqa juda ko’p shunga o’xshash hujjatlar muammo bo’lib hisoblanadi.
Albatta, turist tashrif buyurgan mamlakatda diplomatik vakolatxona bo’lsa, milliy
qog’ozlarni legallashtirish masalasini hal etishda yordamlashadi. Agar bunday
muassasa bo’lmasachi? Kishini taqdim etilgan hujjatlarni qonuniy ekanligini
isbotlashi qiyin kechadi.
Shunga qaramasdan, ayrim mamlakatlar o’z territoriyasida
turistning milliy
hujjatlarini, agar u bu hujjatlarning yuridik kuchini yo’qolishiga sharoit yaratmasa,
tan oladi. Xususan, o’zbek turisti o’z milliy haydovchilik guvohnomasi bilan
Germaniya territoriyasida avtomashina haydashi mumkin. Ammo qoidani buzsa
polisiya guvohnomaga belgi qo’yib, uni bekor qiladi, ma’lumotlar bankiga kiritadi.
Agar turist hujjatdan foydalansa, jinoiy javobgarlikka tortiladi.
3.11. Taks-fri shoping: xariddan soliq qaytarish
Ma’lumki, MDHdan turistlar chet elda pulni tejashning g’aroyib usullarini
ixtiro qiladilar. Xususan, arzon oziq-ovqat
mahsulotlari sotib olishadi, nostandart
joylashish maskanlarida yashashadi. Lekin magazinlardan xaridlari qiymatidan
qonuniy bo’lgan 7-19 % pulni qaytarib olishlari mumkinligini hayollariga ham
kelitirshmaydi. Gap shundaki, ko’pchilik mamlakatlarda mamlakatdan jo’nab
ketayotganda xorijiy fuqarolarga xarid summalaridan soliq qaytarish sistemasi amal
qiladi. Chet mamlakatda bo’lgan paytida xarid qilingan bu xaridorlar Tax-free deb
ataladi.
Shengen erkin savdo zonasiga kirgan davlatlar o’rtasida
iqtisodiy
chegaralarning yo’qolishi munosabati bilan bu mamlakatlar fuqarolari bunday
imtiyozlardan mahrum bo’ldilar. Ammo O’zbekistondan borgan turistlar avvalgidek
Angliya, Shveysariya, Norvegiya, Chexiya, Koreya, Argentina,
Singapurda sotib
68
olgan tovarlari uchun pulning bir qismini qaytarib olishlari mumkin. Shengen bitimi
mamlakatlari va boshqa mamlakatlar territoriyalarida ham shunday imkoniyatga
egadirlar. Shu tarzda bu turistning moliyaviy xavfsizligi sistemasining bir qismini
tashkil qiladi. Ayni paytda bu masalaga ayrim aniqliklar kiritishga to’g’ri keladi. Gap
shundaki, Tax-free dan foydalanish imkoniyatida ma’lum cheklovlar mavjud.
Masalan, xariddan soliq summasi qaytarib olishga haqlari yo’q:
- O’zbekiston Respublikasi o’sha mamlakatda yashayotganda yoki YeI
mamlakatlaridan birida bo’lganida narsa xarid qilganda;
- O’zbekiston fuqarolari, kelgan mamlakatlari
territoriyasida uch oydan
oldinroq xarid qilgan narsalariga;
- O’zbekiston fuqarolari, o’sha mamlakatda mehnat faoliyatiga ruxsat olgan
bo’lib, xarid qilganlariga.
Turgan gap, bu sistemadan foydalanish va safarlarini qisqartirish uchun turist
ularning qoidalarini bilishi va rioya qilishi kerak. Gap shundaki, soliq faqat “Tax-dree
for tourist”degan yozuvi bor magazinlardan qilingan xaridlarigagina qaytariladi.
Xarid qilingandan keyin turistga tax-free chegue, qisqacha (TFC) berilishi kerak.
O’sha chek bo’yicha keyinchalik unga pul qaytariladi. Xatoga yo’l qo’yilmaslik
uchun turistning ismi-sharifi, pasporti raqami, sotib olingan tovarlar ro’yxati to’g’ri
yozilganligini tekshirib ko’rish maqsadga muvofiq. Chekda xarid qiymati, to’langan
NDS miqdori va o’sha chiqishda olgan summa (soliq minus komission) ko’rsatilgan
bo’lishi kerak.
Ba’zan sotuvchilar tax-free qog’ozlarni rasmiylashtirishdan qochib,
darhol
chegirma yoki kompensasiya sifatida sovg’a taklif qilishni ma’qul ko’rishadi.
Soliq qaytimi olishni mo’ljallab xarid qilingan kiyim-kechak, poyafzalni
mamlakatdan jo’nab ketguncha kiymaslik lozim, narxi yozilgan yorliqni ham yulib
olish tavsiya etilmaydi.
Bojxonada pasport, TFC va bevosita xarid qilingan narsalar ko’rsatilgach,
sizning chekingiz orqasiga muhr qo’yib berishadi. Vaqtga taaluqli ayrim cheklovlar
bor. Xarid qilingandan
chekka bojxona shtampisi urilguncha: Gollandiyada va
69
Shvesiyada bojxona shtampisi xarid qilingandan keyin 30 kundan kechikmay, Italiya
va Chexiyada – 6
hafta ichida, Gremaniyada esa bir oy ichida qo’yilishi kerak.
Bu tartib-qoidalar amalga oshirilgach, turistga pul qaytarib beriladi. U pulni
Cash Refund dan olishi mumkin. Bu idora joylashgan joyni oldindan bilib qo’yish
zarur. U pasport nazorat chekkasida yoki umumiy zalda joylashgan bo’lishi mumkin.
Pasportga shtamp qo’yilgach, turist qayta olmaydi. Rossiyada ijobiy holat mavjud:
agar qaysidir sabablarga ko’ra rossiyalik turist aeroportda pulni olaolmasa, NDS
qaytimini boshqa manzilda ham olishi mumkin, qaysikim, bir necha Rossiya
banklarida ishlaydi.
Dostları ilə paylaş: