ko’p sonli xavfsizlik xizmati xodimlariga kutilgan natijani berayapti: deyarli barcha
holatda ular izlaganlari – terrorchi, banditlar va buzg’unchilarni topishayapti.
Otel xavfsizlik xizmatining bosh vazifasi – uning xodimlari va
yashovchilarining osoyishta hayotini ta’minlash hisoblanadi. Odatda
mehmonxonalarda ro’y beradigan asosiy muammo – o’g’irlik, terrorizm, yong’in va
boshqa ko’ngilsizliklardir. Ularning oldini olish uchun signalizasiya sistemasi ishlab
chiqilgan, kuzatuv videosistemasi mavjud. Agar kulfat ro’y bergan bo’lsa,
“sekyuriti”Lar hodisa sodir bo’lgan joyni ko’zdan kechirishlari, odamlarni
evakuasiya qilishlari, shunday masalalarni hal qiluvchi xizmatlar yetib kelishguncha
terrorchilar bilan muzokaralar olib borishlari kerak.
Yong’in gumon qilinganda barcha eshik va derazalarni, dori-darmon va
protivogaz saqlanayotgan shkaflarni ochish zarur. Albatta, elektr ta’sminotini uzish
lozim. Eng murakkabi bu – aralash hodisalardir. Misol uchun, yong’in ro’y berganda
uni o’chirish, sarosimaga tushgan odamlarni qutqarish bilan bir qatorda binoga jinoiy
guruhlarni suqilib kirmasligiga ko’z-quloq bo’lish talab etiladi. Terroristning har
qanday harakatini chalg’ituvchi manevr bo’lib xizmat qiladi, shuning uchun
xavfsizlik xodimi buni nazardan qochirmasligi kerak: misol uchun, unga portlovchi
qurilmani nafaqat zararsizlantirish, balki uni o’rnatgan kimsani ushlashga urinishga
ham to’g’ri keladi.
Kuzatuv sistemasi shunday: obyekt qo’riqlanadigan doiralarga bo’linadi. Har
birida kuzatuv nuqtasi bor, shubhali obyektlarni qidirish sektorini qoplab olgan.
Bordyurlar, do’ngalaklar va bezaklar ortiga portlovchi qurilma o’rnatish oson.
Isroilda xuddi shunday dekorativlarda yashirin joylar aniqlangan. Barcha
kirayotganlarni kuzatish juda muhim. Har bir shubhali odam xushmuaomilalik bilan
tekshirib ko’riladi. Bunda chemodonni ochish, buyumlarini ko’rsatish uning o’zidan
so’raladi. Shunday qilinganda shubhalanuvchida mehmonxona xodimlarini
o’g’irlikda ayblashga asos qolmaydi.
Sir emas, ko’pincha “Zahira chiqish” eshigi orqasiga chiqindi to’kib
tashlashadi. Yong’in narvonidagi zinapoyalar soni va sifatini esa butunlay unutishadi.
Vaholanki, ular kimningdir hayotiga nuqta qo’yishi mumkin. Xavfsizlik xizmati
83
vazifasiga ana shu “chiqish yo’llari” va aloqa vositalarini hamisha bexato bo’lishini
tekshirib turish ham kiradi. Qimmat otellarda xatar ko’proq, bu badavlat mehmonlar
turishi bilan bog’liq. Bu yerda xavfsizlikni kim ta’minlash uchun qimmat turadigan
turli vosita-jihozlardan foydalaniladi: bron oynalar, bron jiletlar, bron avtomobillar,
ko’p sonli qo’riqchilar shular jumlasidandir. Turli toifadagi mehmonlar va ularning
keng ehtiyojlari xavfsizlik har bir ofiserdan mehmonxona hayotini osoyishta kechishi
uchun davlat va jamoat tashkilotlari bilan mustahkam aloqada faoliyat ko’rsatishini
taqozo etadi: mahalliy hokimiyat organlari, polisiya, yong’in xizmati va boshqalar.
Ekspertlar ta’kidlashlaricha, qimmat mehmonxonalar hozir turli tovlamachilar uya
qurib olgan obyektlardan hisoblanadi. Ahvolni faqat yaxshi yo’lga qo’yilgan kuzatuv
sistemasi va xavfsizlik bo’yicha mutaxassislarning benuqson ishlari yordamidagina
o’zgartirish mumkin.
Unga qimmat bo’lmagan otellar muammolari ularning xizmatidan foydalanish
ancha qulayligi bilan bog’liq. Demak, ahloqiy mehmonlar va kriminal elementlarni
past bo’g’inlardan aniqlash ehtimoli bor.
Dostları ilə paylaş: