qilishadi. Shuning uchun portlash tahdidi paydo bo’lganda xodimlar quyidagilarni
aniqlashlari kerak:
- bomba qayerga qo’yilgan;
- taxminan u
qachon portlaydi;
- nima uchun u aynan o’sha joyga qo’yilgan;
- portlash xavfini xabar qilgan kishining shaxsi.
Qo’ng’iroq qilgan kishi bilan gaplasha turib, xavf haqida xabar olgan xodim
uni boshqa xodimga ma’lum qilishi kerak. O’shanda operator qo’ng’iroq aldamchi
yoki rostligini aniqlashi mumkin. Birinchi xodim esa bomba qo’yilgan joyni aniqlab
oladi.
Evakuasiya. Har bir muassasada o’zining maxsus evakuasiya tartiblari ishlab
chiqilgan bo’lishi va favqulodda holatlarda har bir xodim o’zining o’rnini bilishi
lozim. Evakuasiya yo’llari va tartiblari aks etgan panel xavf tug’ilganda o’ziga xos
markazga aylanadi, mehmonxonaning hamma xodimlari shu yerga to’planishadi va
vazifalari taqsimlanib, shu yerdan nazorat qilinib turiladi. Barcha xodimlar o’z
vazifalarini yaxshi bilishlari va xotirjam bajarishlari kerak.
Dostları ilə paylaş: