270
to‘plami faqat eski ma’lumotlar to‘plami yopilganidan keyin
yaratilishi mumkin.
Bloklarni shakllantirish va yopish
4.3.6-rasmdan ko‘rinib
turibdiki, zanjirning har bir blokida
ma’lum bir kalit mavjud. Kalit shifrni ochilgunga qadar blok
yopilmaydi.
Blok kalitining shifrni ochish
maynerlar
tomonidan
amalga
oshiriladi. Matematik algoritmlarning kompyuter yechimida
qurilgan kriptovalyutalarni ishlab chiqarish
mayning
deb ataladi.
Va bu bilan shug‘ullanadigan shaxslarni
maynerlar deb
aytishadi.
4.3.6-rasm
Kriptovalyutalarni
ahtaradigan
maynerlar
ularni
videokartalar va protsessorlarning
quvvatlaridan foydalanib
amalga oshiradilar. Ular, o‘z navbatida, hisoblash operatsiyalarini
bajaradilar, ularning asosiy maqsadi blokka kriptografik imzoni
xesh
shaklida izlashdir. Uni olib topish bilanoq - blok yopiladi. Va
mayner
buning uchun kriptovalyuta shaklida mukofot oladi.
Mayning - Bitcoin tarmog‘ida zarur va muhim jarayon
bo‘lib, natijada quyidagi vazifalar hal qilinadi:
1.
Blokcheynga
yangi tranzaksiya blokini
yozish.
2.
Yangi Bitcoin tangalarini
chiqarish (emissiya).
3.
Tarmoq ishtirokchilariga (maynerlar) tranzaksiyalarni
qayta ishlash va yangi blokni shakllantirish uchun mukofot.
271
4.
"51% hujum" dan himoya qilish, bu pul tarmog‘ini barbod
qilish va boshqarishga ro‘xsatsiz
ochish urinishini iqtisodiy
jihatdan befoyda bo‘lishini ta’minlaydi.
5.
Tarmoqdagi blokcheyinning ko‘plab nusxalarini saqlash
.
Buning sababi shundaki, maynerlar yangi tranzaksiyalarni
boshqarish uchun blokcheynning to‘liq (so‘nggi)
versiyasiga ega
bo‘lishlari kerak.
Blokcheynning ishlashi va uning xavfsizligi maynerlar va
blokcheynning boshqa ishtirokchilari tomonidan ta’minlanadi.
Zanjirning ishini qo‘llab-quvvatlaydigan barcha ishtirokchilar bir-
biriga tengdir. Server yoki biron bir protsessing markazi yo‘q. Har
bir blokcheyn foydalanuvchisi xavfsizlik kafolati sifatida ishlaydi.
Blokcheyn operatsiyalarni to‘sib bo‘lmaydigan qilib qurilgan.
Tarmoqni markazlashtirmaslik, turli davlatlar va yuris-
diktsiyalarni (sud vakolatlari doirasi) vakolatiga ega bo‘lgan
subyektlar o‘rtasida ma’lumotlarni o‘zaro
kelishuv asosida
vositachilar yoki tartibga soluvchisiz uzatish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: