2.Saflanish usullari
Saf usullari —turgan joyda ijro etiladigan saf harakatlaridan iborat. Bu mashqlarning ahamiyati, eng awalo, shundan iboratki, ular yordamida intizom va uyushqoqlik tarbiyalanadi.
«SAFLAN!» Bu buyruqqa ko'ra, talabalar safda turadilar.
«TEKISLAN!» Bu buyruqqa ko'ra, talabalar bir chiziqqa tekislanadilar, chapga «tekislan», o'ngga «tekislan».
«ROSTLAN!» Bu buyruqqa ko'ra, talabalar safda tik turadilar. Bu gimnastikada asosiy tik turish holatiga to'g'ri keladi.
«QAYTARILSIN!» Ushbu buyruqqa ko'ra, oldingi holatga qaytiladi.
«ERKIN!» Bu buyruqqa ko'ra, talabalar turgan joylaridan jilmasdan, bir oyoqni tizzadan bo'shatib, erkin turadilar.
«0'NGGA!» (chapga) «ERKIN!» Talaba.o'ng (chap) oyoqni o'ng (chap)ga bir qadam qo'yib, gavda og'irligini har ikki oyoqqa taqsimlaydi va qo'llarini orqaga tutadi.
«GURUH TARQAL!» buyrug'i berilganda, talabalar safdan chiqib, zalda (maydonda) erkin joylashadilar.
«Guruh, oralarni o'ngga (chapga, o'rtaga) ikki yoki uch qa- damga kengaytiring!». Bu buyruq safdagi talabalarning bir-birlari- dan oralari ochiq bo'lgan safga aytiladi.
Guruhni yig'ish uchun turgan joyda «Guruh, o'ng (chap, o'rta)ga JIPSLAN!» buyrug'i beriladi.
«GURUH tartib bilan SANA!»,«Bo'lim, bir va ikkiga, uchga (to'rt, besh va h.k.) SANA!» va boshqalar, hisob o'ng qanotdan boshlanadi. O'z tartib raqamlarini aytayotgan talaba ayni vaqtda boshini tez chap tomondagi talabaga qaratib buradi va keyin dastlabki holatga qaytadi.
9. Turgan joyda burilishlar (buyruqlar «O'ng-ga!», «Chap-ga!», «Ort-ga!», «Yarim chap-ga!»). Ayrim hollarda buyruqlarni topshiriqlar bilan almashtirish mumkin, biroq qayd etilgan mashqlar (turgan joyda burilishlardan tashqari) buyruqqa ko'ra bajarilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |