127
Perspektiva
– inson tomonidan ko„rish orqali predmetlarni qabul qilishga
muvofiq tarzda predmetli olamning tasviriy sistemasi (tizimi);
arxitekturaviy
chizmalar va tasviriy san‟atda perspektivadan illyuzorli kenglikni qurish uchun
foydalaniladi.
Plastika
–
xush bichimlilik, inshootga hajmiy – fazoviy formalarning
elimlanishi, fasadning detallashtirilishi.
Portal
– 1) binoning arxitekturaviy bezatilgan kirish qismi: 2) sahnani
tomosha zalidan ajratib turuvchi arxitekturaviy to„siq.
Proporstiya
– o„lchamlarning muvofiqligi, bir butunlikni tashkil etuvchi
qismlarning bir- biri orasidagi nisbat va ularning butuniga nisbatan aniq bir nisbati.
Ritm
– arxitekturaviy inshoot yoki inshoot
elementlarining takrorlanishi,
qaytarilishi, ularning fazoviy kenglikda joylashish tarkibi.
Svod
– fazoviy kenglikni yopuvchi konstruksiya bo„lib, undan inshoot
oraliq tom yopilmalari yoki tom yopilmalari sifatida foydalanadi. Svod qavariq
egri chiziqli chiziqli formaga (shaklga)ega bo„ladi. Stilindrik, krestsimon,
gumbazli svodlar uchraydi.
Quyoshga qarshi qurilmalar
– quyoshdan himoyalovchi fazoviy panjara
tipidagi relefli to„siq (ko„p hollarda betondan tayyorlanadi) bo„lib, u binolarning
derazalariga to„g„ridan – to„g„ri tushadigan quyosh nurlarini to„sishga va
xonalarning isib ketishining oldini olishga mo„ljallanadi.
Quyoshdan
himoyalovchi qurilmalar (o„rnatmalar) issiq iqlim sharoitlarida fasadlarni
arxitekturaviy ishlashning bosh elementlaridan biri hisoblanadi.
Textonika
– inshootning konstruktiv sistemasiga
tegishli yuklar va
tayanchlar orasidagi nisbat bo„lib, u tashkil etilish qonuniyatlarining badiiy
ifodasidir.
Dostları ilə paylaş: