Tomosha san’ati Reja: 1. O‘zbek xalq teatri va tomosha san’ati.
2. Tomosha san’atining an’analri va o‘ziga xos jihatlari
3. Xalq teatri an’analarining o‘rganilishi.
Tayanch so`zlar: Xalq dramasi haqida ma’lumot. Xalq dramasining janr xususiyatlari. Tomosha san’atining o‘zbek teatr tarixi ibtidosida turishi, tomoshalarning xalq bayram sayllari va marosimlari bilan genetik bog‘liq jihatlari, kompozitsion ixchamlik, syujetning tez rivojlanishi. Dramada satira va yumorning o‘rni, ahamiyati. Xalq dramasida askiya va lof janrlarining belgilari. Satira va yumor haqida ma’lumot. Xalq dramalari badiiyati.
Drama.Yunoncha “drama” so‘zidan olingan bo‘lib, harakat, tanglik, mushkullik ma’nolarini bildiradi. Badiiy adabiyotda “drama” so‘zidagi harakat ma’nosi asos qilib olingan va muayyan voqea-hodisani sahnada harakat orqali ifodalash tushunchasi nazarda tutiladi. Shubhasiz, mazkur harakat orqali so‘z vositasining yetakchiligini inkor qilish mumkin emas. Dramatik asarlarda vaqt, makon cheklangan bo‘ladi. Voqeaning mohiyati drama ishtirokchilarining nutqlari bilan ochiladi.
Xalq og‘zaki ijodida dramatik janrlarni, Bahodir Sarimsoqov fikricha, og‘zaki drama, kulki – hikoya, qo‘g‘irchoqbozlik, askiya janrlari tashkil etadi. Bu asarlarni ijro qiluvchilar faqat og‘zaki nutqlari bilangina emas, tovush tovlanishi – intonatsiya, yuz, ko‘z, bosh, qo‘l harakatlarini ishga solib ham obraz yaratadilar. Oqibatda, tomoshabin tinglovchilarni o‘ziga jalb qiladigan teatrlashgan tomosha ko‘rinishi vujudga keladi.
Nazorat savollari 1. O‘zbek xalq teatri va tomosha san’ati haqida nimalarni bilasiz?
2. Tomosha san’atining an’analri va o‘ziga xos jihatlari haqida gapiring.
3. Xalq teatri an’analarini qaysi olimlar o‘rganishgan?
Foydalanish uchun adabiyotlar: 1. Muhammadiyev R. Askiya. – T., 1962.
Askiyada ijrochilik mahoratini oshirish yo‘llari (metodik tavsiyanoma). Tuzuvchilar: Jo‘rayev M, Sobitova T. - T, 1985.
Said Anvar. Muhiddin Darvesh. - T.: Sharq NMAK, 2006.
Razzoqov H. O‘zbek xalq og‘zaki ijodida satira va yumor. - T.: Fan, 1965.
Safarov O. O’zbek xalq og’zaki ijodi. – T., “Musiqa”, 2010
Madayev O. O’zbek xalq og’zaki ijodi. T.: “Mumtoz so’z”, 2010
Yo‘ldosheva F. O‘zbek latifalarida Nasriddin afandi obrazi. - T.: Fan, 1979.
Shoh Akbar va dono Birbol. - T., 1994.
Afandi latifalari. - T., 1989.
Sarimsoqov B. Lof / O‘zbek folklori ocherklari. 2-tom. - T.: Fan, 1989.