Oʻzbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi



Yüklə 297,01 Kb.
səhifə3/90
tarix13.08.2022
ölçüsü297,01 Kb.
#117538
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
2 5406708684237572583 (1)

MA’RUZA MATERIALLARI


Mustaqillik davrida “O‘zbek xalq og‘zaki ijodi”ni o‘rganishning yetakchi masalalari. Folklor ma’naviy tarbiyaning poydevori. Xalq og‘zaki ijodi so‘z san’ati sifatida
Reja:
1.Mustaqillik davrida xalq og‘zaki ijodini o‘rganish masalalari, folklor-ma’naviy tarbiya asoslaridan biri.
2.Folklor atamasi, folklor – sinkretik ijod.
3.Folklor – so‘z san’ati sifatida
Tayanch so`zlar
Alpomish”, “Ravshan” dostonlarning asl qadri, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish; insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi; folklor so‘z san'ati, sinkretik ijod.
1. Mustaqillik davrida xalq og‘zaki ijodini o‘rganish masalalari
O‘zbekistonning Mustaqil Respublika deb e’lon qilinishi xalqimizning o‘nlab yillar davomida intiqlik bilan kutgan orzusi edi. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq davlatimiz o‘tmish qadriyatlarni qaytadan tiklash, odamlar qalbida tutqunlikda yotgan madaniy merosimizga keng yo‘l ochish siyosatini amalga oshirdi. Dunyo ilmi taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan buyuk allomalarimiz nomlari, ularning kashfiyotlari haqidagi ma'lumotlar bilan bir qatorda turli munosabatlar bilan urf-odatlar, rasm-rusumlar ham tilga olina boshlandi.
Mustaqillik, umuman, xalq qadriyatlariga, xususan, xalq og‘zaki ijodiga bo‘lgan munosabatda keskin ijobiy o‘zgarish yasadi. 1-Prezidentimiz Islom Karimovning “O‘zbekiston buyuk kelajak sari” asaridagi “Mustaqil O‘zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlari” deb atalgan bo‘limida: “O‘zbekistonni yangilash va rivojlantirishning yo‘li to‘rtta asosiy negizga asoslanadi”, - deyilgan. Bu negizlar:

    • umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;

    • xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;

    • insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;

    • vatanparvarlik”1 – deb belgilab qo‘yilgan.

Yuqorida qayd etilgan to‘rt negizning har biri yo bevosita, yo bavosita xalq og‘zaki ijodi, ajdodlarimizning bizga qoldirgan ma'naviy boyligi – pand, o‘gitlari, el-yurt qadrini e'zozlash, millatimiz g‘ururini himoya qilishdek oliy tuyg‘ular bilan bog‘lanadi.
Sobiq sho‘ro tuzumi sharoitida turli ta'qiqlarga uchragan Navro‘z, “Alpomish”, “Ravshan” dostonlarning asl qadri tiklandi. Navro‘zni umumxalq bayrami sifatida tantana qilish an'anasi joriy bo‘ldi. 1999-yil 9-noyabr kuni esa “Alpomish”ning ming yillik to‘yi nishonlandi. Bu tantanada so‘zga chiqqan birinchi yurtboshimiz Islom Karimov, dostonning millatimiz g‘ururini tarbiyalashdagi ahamiyatini alohida ehtirosli so‘zlar bilan izhor etdi:
Alpomish” - o‘zbekning o‘zligini namoyon etadigan, mard va tanti xalqimizning yurak-yuragidan chiqqan, ota-bobolarimiz avlodlardan avlodlarga o‘tkazib kelayotgan qahramonlik qo‘shig‘idir”.2
“Alpomish” dostonining 1000 yillik to‘yining o‘tkazilishi folklor asarlariga bo‘lgan munosabatni tubdan o‘zgartirdi, 2008-yilda “Ma’naviyat” nashriyoti I.Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” deb atalgan kitobini nashrdan chiqardi. Avvalo, aytish kerakki, kitobxon asarning boshidan oxirigacha xalq qadriyatlari, o‘tmish madaniyat, tarix haqidagi chuqur ilmiy mulohazalar bilan tanishadi. Ayniqsa, muallifning xalq og‘zaki ijodiga bo‘lgan hurmati har bir sahifada aniq ifodalanib turadi: “Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi toshyozuv va bitiklar, xalq og‘zaki ijodi namunalaridan tortib, bugungi kunda kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan ming-minglab qo‘lyozmalar... bizning buyuk ma’naviy boyligimizdir”3. Yurtboshimizning ushbu kitobi dasturulamal manbalardan biri sifatida o‘z o‘rniga ega.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2016-yil 13-maydagi “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi” farmoni o‘zbek tili, adabiyoti va folklorining davlat miqiyosida qadr topishi, e'tiborda bo‘lishiga dalil bo‘ldi. Ushbu farmonning amalga oshish jarayonlari va o‘zbek folkloriga, folklor asarlariga, tadqiqotlariga e’tiborning kuchayishi folklorshunoslik sohasining keng rivoj topish imkoniyatlarini ochdi.
Ma’lumki, ma’naviyat qadim zamonlardan inson dunyoqarashini, xatti-harakatini, jamiyatda tutgan o‘rnini, xalqqa, vatanga, atrofidagi odamlarga bo‘lgan munosabatini boshqaruvchi omil hisoblanadi. Ma’naviy qashshoq kimsa hayotda ro‘y berayotgan voqyealarga loqayd bo‘ladi. Loqaydlik esa tuzatib bo‘lmas oqibatlarga olib keladi. Ma’naviy qashshoq odam uchun Vatan, xalq, oila kabi muqaddas tushunchalar yot. Shuning uchun keksa avlod, avvalo, farzandning ma'naviy dunyosini shakllantirish chorasini rejalashtirgan. Folklor asarlari qadim-qadimda insonning ma'naviy tarbiyasi uchun xizmat qilib kelgan va bugungi kunda ularning bu sohadagi o‘rni yanadi kengaymoqda.
Xullas, xalqimiz og‘zaki ijodining davlat maqomida e’zozlanishini O‘zbekistonning mustaqillikka erishishining ijobiy natijasi sifatida baholash mumkin.
O‘zbek folklori, uning zamiridagi majoz, obrazlar tizimi o‘zbek xalq ijodkorining badiiy mahorati xorijlik olimlarning ham o‘zbek folklorshunoslari qatori bu borada jiddiy ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirganligini faxr bilan ta’kidlash lozim. Jumladan, professor Husayn Baydemir “Motif index of folc literature”ga ko‘ra ertaklarning tasnifini keltirgandan so‘ng Prof.Dr. Saim Saka o‘g‘li o‘zbek xalq og‘zaki ijodiga o‘zining monografiyasida maxsus bob ajratgani haqidagi ma’lumot beradi.4

Yüklə 297,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin