O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


-modda. Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim



Yüklə 2,57 Mb.
səhifə22/22
tarix23.10.2017
ölçüsü2,57 Mb.
#12033
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22

15-modda. Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim

Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim jamiyatning yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlarga bo’lgan ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgandir. Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim oliy o’quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida (aspirantura, ad’yunktura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik) olinishi mumkin.

Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, ilmiy darajalar va unvonlar berish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
16-modda. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash

Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kasb bilimlari va ko’nikmalarini chuqurlashtirish hamda yangilashni ta’minlaydi.

Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
17-modda. Maktabdan tashqari ta’lim

Bolalar va o’smirlarning yakka tartibdagi ehtiyojlarini qondirish, ularning bo’sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo’nalishlarda maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini tashkil etishlari mumkin.

Maktabdan tashqari ta’lim muassasalariga bolalar, o’smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar-o’smirlar sport maktablari, san’at maktablari, musiqa maktablari, studiyalar, kutubxonalar, sog’lomlashtirish muassasalari va boshqa muassasalar kiradi.

Maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini tashkil etish va ularning faoliyat ko’rsatish tartibi qonun xujjatlarida belgilab ko’yiladi.


18-modda. Oiladagi ta’lim va mustaqil ravishda ta’lim olish

Davlat oilada ta’lim olishga va mustaqil ravishda ta’lim olishga ko’maklashadi. Bolalarni oilada o’qitish va mustaqil ravishda ta’lim olish tegishli ta’lim muassasalarining dasturlari bo’yicha amalga oshiriladi. Ta’lim oluvchilarga vakolatli davlat muassasalari tomonidan uslubiy, maslahat va boshqa yo’sinda yordam ko’rsatiladi.


19-modda. Ta’lim to’g’risidagi hujjatlar

Akkreditatsiya qilingan ta’lim muassasalarining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiklangan namunadagi ma’lumot to’g’risidagi hujjat (shahodatnoma, diplom, sertifikat, guvohnoma) beriladi. Davlat tomonidan tasdiklangan namunadagi ma’lumot to’g’risidagi hujjat oilada ta’lim olgan yoki mustaqil ravishda bilim olgan va akrreditatsiya qilingan ta’lim muassasalarining tegishli ta’lim dasturlari bo’yicha ekstern tartibida imtihonlar topshirgan shaxslarga ham beriladi, davlat ta’lim muassasalarida o’qitilishi shart bo’lgan va ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qo’yiladigan mutaxassisliklar bundan mustasno.

Oliy ma’lumot to’g’risidagi diplomga o’zlashtirilgan fanlar ro’yxati, ularning hajmlari va fanlarga qo’yilgan baholar yozilgan varaqa ilova qilinadi.

Dissertatsiya himoya qilgan shaxslarga belgilangan tartibda fan nomzodi yoki fan doktori ilmiy darajasi beriladi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom topshiriladi.

Davlat ta’lim standartlariga mos kelgan taqdirda O’zbekiston Respublikasi bilan xorijiy davlatlarning hukumatlari o’rtasidagi ikki tomonlama bitimlar asosida har ikki tomonning ma’lumot to’g’risidagi hujjatlari belgilangan tartibda o’zaro tan olinishi mumkin.

Tegishli bosqichdagi ta’limni tugallamagan shaxslarga belgilangan namunadagi ma’lumotnoma beriladi.

Davlat tasdiqlagan namunadagi ma’lumot to’g’risidagi hujjat navbatdagi bosqich ta’lim muassasalarida ta’lim olishni davom ettirish yoki tegishli ixtisos bo’yicha ishlash huquqini beradi.
III. TA’LIM JARAYONI QATNASHCHILARINI IJTIMOIY HIMOYA QILISH
20-modda. Ta’lim oluvchilarni ijtimoiy himoya qilish

Ta’lim muassasasida ta’lim oluvchilar qonun xujjatlariga va normativ hujjatlarga muvofiq imtiyozlar, stipendiya va yotoqxonada joy bilan ta’minlanadi.


21-modda. Ta’lim muassasalari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish

Ta’lim muassasalari xodimlariga ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi, haqi to’lanadigan yillik uzaytirilgan ta’tillar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar beriladi.

Ta’lim muassasalari ish haqiga mo’ljallangan mavjud mablag’lar doirasida mustaqil ravishda stavkalar, mansab okladlariga tabaqalashtirilgan ustama belgilashga hamda mehnatga haq to’lash va rag’batlantirishning turli shakllarini qo’llashga haqli.
22-modda. Yetim bolalarni va ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining vasiyligisiz qolgan bolalarni o’qitish

Yetim bolalarni va ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining vasiyligisiz qolgan bolalarni o’qitish va ularni boqish davlatning to’la ta’minoti asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


23-modda. Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo`lgan bolalar va o`smirlarni o`qitish
24-modda. Ijtimoiy yordamga va tiklanishga muhtoj bo`lgan shaxslar uchun o`quv-tarbiya muassasalari

IV. TA’LIM TIZIMINI BOSHQARISH
25-modda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi vakolatlari

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi vakolatlariga quyidagilar kiradi:



  1. ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

  2. ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlariga rahbarlik qilish;

  3. ta’limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

  4. ta’lim muassasalarini tashikil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini belgilash;

  5. ta’lim muassasalarini akkreditatsiyadan, pedagog, ilmiy kadrlarni attestatsiyadan o’tkazish tartibini belgilash;

  6. boshqa davlatning ta’lim muassasalariga O’zbekiston Respublikasining hududida ta’lim faoliyati bilan shug’ullanish huquqini beruvchi ruxsatnomalar berish;

  7. qonun hujjatlariga muvofiq xorijiy davlatlarning ta’lim to’g’risidagi hujjatlarini tan olish va bu hujjatlarning ekvivalent ekanligini qayd etish tartibini belgilash;

  8. davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash;

  9. davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma’lumot to’g’risidagi hujjatlarni tasdiqlash va ularni berish tartibini belgilash;

  10. davlat grantlari miqdorini va ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibini belgilash;

  11. davlat oliy ta’lim muassasasining rektorlarini tayinlash;

  12. ta’lim oluvchilarni akkreditatsiya qilingan bir ta’lim muassasasidan boshqasiga o’tkazish tartibini belgilash;

  13. qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.

26-modda. Ta’limni boshqarish bo’yicha vakolatli davlat organlarining huquq doirasiga quyidagilar kiradi:

  • ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ro’yobga chiqarish;

  • ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va uslub masalalarida ularga rahbarlik qilish;

  • davlat ta’lim standartlari, mutaxassislarning bilim saviyasi va kasb tayyorgarligiga bo’lgan talablar bajarilishini ta’minlash;

  • o’qitishning ilg`or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, ta’limning texnik va axborot vositalarini o’quv jarayoniga joriy etish;

  • o’quv va o’quv-uslubiyat adabiyotlarini yaratish va nashr etishni tashkil qilish;

  • ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi va davlat ta’lim muassasalarida eksternat to’g`risidagi nizomlarni tasdiqlash;

  • davlat oliy ta’lim muassasasining rektorlari tayinlash to’g`risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;

  • pedagog xodimlarni tayyorlashni, ularning malakasini oshirishni va qayta tayyorlashni tashkil etish;

  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.


27-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta’lim sohasidagi vakolatlari

Maxalliy davlat hokimiyati organlari:



  1. ta’lim muassasalari faoliyatining mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ehtiyojlariga muvofiqligini ta’minlaydilar;

  2. ta’lim muassasalarini tashkil etadilar, qayta tashkil etadilar va tugatadilar (respublika tasarrufida bo’lgan muassasalar bundan mustasno), ularning ustavlarini ro’yxatga oladilar;

  3. o’z hududlaridagi ta’lim muassasalarini vakolat doirasida moliyalash mikdorlarini va imtiyozlarni belgilaydilar;

  4. ta’lim sifati va darajasiga, shuningdek pedagog xodimlarning kasb faoliyatiga bo’lgan davlat talablariga rioya etilishini ta’minlaydilar;

  5. qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradilar.


28-modda. Ta’lim muassasasini boshqarish

Ta’lim muassasasini uning rahbari boshqaradi.

Ta’lim muassasalarida qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat ko’rsatadigan jamoat boshqaruvi organlari tashkil etilishi mumkin.
29-modda. Ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari bilan nodavlat ta’lim muassasalari o’rtasidagi o’zaro munosabatlar

Ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari nodavlat ta’lim muassasalarida ta’lim to’g`risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qiladi.

Nodavlat ta’lim muassasalari ta’lim to’g`risidagi qonun hujjatlarini buzgan takdirda, akrreditatsiya qilgan organlar ularning faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq to’xtatib qo’yishga haqli.

Nodavlat ta’lim muassasalariga qabul davlat o’quv yurtlari uchun belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.


V. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
30-modda. Ota-onalar yoki qonuniy vakillarning vazifalari

Voyaga etmagan bolalarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari bolaning qonuniy huquqdari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi, maktabgacha, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishlari uchun javobgardirlar.


31-modda. Ta’limni moliyalash

Davlat ta’lim muassasalarini moliyalash respublika va mahalliy budjetlar mablag`lari, shuningdek budjetdan tashqari mablag`lar hisobidan amalga oshiriladi.


32-modda. Ta’limni rivojlantirish fondlari

Ta’limni rivojlantirish fondlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari hisobidan tashkil etilishi mumkin.




33-modda. Xalqaro hamkorlik

Ta’lim muassasalari ta’lim muammolari yuzasidan xalqaro hamkorlikda ishtirok etadilar, chet davlatlarning tegishli o’quv yurtlari bilan bevosita aloqalar o’rnatish, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ular bilan qo’shma o’quv yurtlari tashkil etish huquqiga ega.


34-modda. Ta’lim to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Ta’lim to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor bo’lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar.

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI


AL-XORAZMIY NOMIDAGI URGANCH

DAVLAT UNIVERSITETI


Nemis tili kafedrasi

«CHET TILI»
FANIDAN

BAHOLASH MEZONLARI


NEMIS TILI TA’LIM YO’NALISHINING AMALIY MASHG’ULOTLARI UCHUN MO’LJALLANGAN BAHOLASH MEZONLARI
Joriy baholash me’zonlari (JB)

JB da fanning har bir mavzusi bo’yicha talabaning bilim va amaliy ko’nikmalari darajasini (o’zlashtirishini) aniqlab borish nazarda tutiladi va u odatda amaliy va seminar mashg’ulotlarida muntazam ravishda amalga oshiriladi. Shuningdek, har bir fan bo’yicha mustaqil ish (ta’lim ) natijalari ham joriy baholash mezonlari talablari asosida baholanadi.

JB da talaba har bir fandan semester davomida fanning umumiy soatidan kelib chiqib minimum 3 maksimum 5 marta baholanishi shart qilib belgilanadi va reyting iahlanmasiga muvofiq ravishda baholanib boriladi. Semestrning reyting ishlanmasida ko’rsatilgan haftalarida talabaning shu kungacha olgan baholarining o’rtachasi o’qituvchining shaxsiy jurnaliga alohida ustun qilib qayd qilinadi. Fanga ajratilgan seminar yoki amaliy mashg’ulotlar soatlaridan kelib chiqqan holda reyting ishlanmasida har bir mashg’ulot turiga joriy baholashlar soni ajratiladi va bitta joriy baholash talabalarning mustaqil ishi uchun ajratiladi.

Seminar (amaliy) mashg’ulotlari quyidagi usullarda baholanadi:

“A’lo” (86-100%) baholanadi:



  • seminar mavzusining maqsadi va mazmunini atroflicha yorita olsa;

  • bayonda ilmiylik bilan mantiqiylik saqlanib, ilmiy hatolik va mantiqiy chalkashliklarga yo’l qo’yilmasa;

  • mavzu materialining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega bo’lsa;

  • mavzu doirasida mustaqil fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;

  • berilgan savollarga aniq va lo’nda javob bera olsa;

  • seminar konspekti puxta tayyorlangan bo’lsa;

  • qo’shimcha adabiyotlar va internet materiallaridan samarali foydalangan bo’lsa;

Yaxshi” (71-85%) baholanadi:



  • seminar mashg’ulotlarining maqsadi va mazmunini tushungan, bayonda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yo’l qo’yilmasa;

  • mavzu materialining amaliy ahamiyatini tushungan bo’lsa;

  • Berilgan vazifani o’quv dasturi doirasida bajarsa;

  • Berilgan savollarga to’g’ri javob bera olsa;

  • Seminar konspektini puxta shakllantirgan va rasmiylashtirgan bo’lsa;

Qoniqarli” (55-70%) baholanadi:



  • mavzu haqida umumiy tushunchaga ega bo’lsa;

  • mavzu tor doirada yoritilib, bayonda ayrim chalkashliklarga yo’l qo’yilsa;

  • bayon mazmuni ravon bo’lmasa;

  • savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;

  • seminar konspekti puxta shakllantirilmagan bo’lsa;

  • nazorat ishlariga qisman javob olinsa;

Qoniqarsiz” (0-54%) baholanadi:



  • seminar mashg’ulotiga tayyorgarlik ko’rilmagan bo’lsa;

  • mashg’ulot mavzusiga doir hech qanday tasavvurga ega bo’lmasa;

  • seminar matnining boshqalardan ko’chirib olinganligi bilinib tursa;

  • seminar matnida jiddiy hatolar va chalkashliklarga yo’l qo’yilgan bo’lsa;

  • seminar mavzusiga doir berilgan savollarga, nazorat ishlariga javob olinmasa;


Mustaqil ishni tashkil etish shakli

Mustaqil ish talabalar tomonidan auditoriya mashg’ulotlarida o’rganilgan mavzularni o’zlashtirilishiga yordamlashish uchun olib boriladi. Bunda Mustaqil ishni tashkil qiluvchi o’qituvchining mustaqil ishni o’tkazishdan oldiga qo’ygan maqsadiga ko’ra quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:



  1. Referat yozish;

  2. muayyan mavzu bo’yicha matn tayyorlash;

  3. o’tilgan mavzuga doir masalalar to’plamini yechish;

  4. o’tilgan mavzular bo’yicha test bo’yicha topshiriqlarni bajarish.

Referat va matnlarini baholash mezoni (100%):

A’lo” (86- 100%):



  • mavzu to’liq yoritilgan, atroflicha, aniq va reja asosida to’g’ri yozilgan bo’lsa;

  • to’g’ri xulosa chiqarilgan va ijodiy fikrlari bo’lsa;

  • o’quv dasturida keltirilgan adabiyotlardan tashqari materiallardan foydalanilgan bo’lsa;

  • nazariyalar, tushunchalar va tasavvurlar, grammatik formulalar to’g’ri va aniq yozilgan bo’lsa;

  • bayonda ilmiy xatoliklarga yo’l qo’yilmay, material mazmunining ilmiy va mantiqiyligi puxta yozilgan bo’lsa;

  • bayonda orfografik va grammatik kamchiliklar uchramasa;

  • Internet materiallari, ko’rgazmalilik, grafik shakllardan unimli foydalangan bo’lsa;

Yaxshi“ (71-85%):



  • mavzu mohiyati ochilgan, to’g’ri yozilgan bo’lsa;

  • faqat o’quv dasturida keltirilgan adabiyotlar bilan cheklangan, ammo to’g’ri bo’lsa;

  • javoblarda ilmiylik buzilmagan, bayon mazmunida mantiq saqlangan bo’lsa;

  • qonun – qoida, nazariya, tushuncha va tasavvurlar bayonida, grammatik formulalarda xatoliklar uchramasa;

  • bayonda orfografik va grammatik xatolar uchramasa, to’g’ri xulosa chiqarilgan, lekin ijodiy yondashilmagan bo’lsa;

Qoniqarli” (55-70%):

  • mavzu mohiyati to’liq ochilmagan, ya’ni tor doirada yoritilgan bo’lsa;

  • qonun – qoida, nazariya, tushuncha va tasavvurlar bayonida, formulalar va reaksiya tenglamalarida ba’zi xatoliklar uchrasa;

  • rejada berilgan savollarning to’liq javobi yozilgan bo’lib, xulosalar mavzu mohiyatini to’liq ifodalay olmasa;

Qoniqarsiz” (0-54%):

  • mavzu mohiyati ochilmagan, boshqa materiallar yozilgan bo’lsa;

  • qonun – qoida, nazariya, tushuncha va tasavvurlar bayonida, formulalar va reaksiya tenglamalarida qo’pol xatoliklar uchrasa;

  • bayonda qo’pol orfografik va grammatik xatolar uchrasa;

  • rejada berilgan savollarning javobi yozilmagan yoki faqat bittasigagina javob yozilgan bo’lsa;



Yakuniy baholash mezonlari:

YaB semestr yakunida o’tkaziladi va unda talabaning bilim, ko’nikma va malakalari fanning umumiy mazmuni doirasida baholanadi. YaB turi yozma ish usulida o’tkaziladi. YaB ga 80 minut vaqt ajratiladi.Yozma nazorat variantlari uchta katta bo’lmagan nazariy savoldan iborat bo’ladi. Undagi ball taqsimoti quyidagicha:

1.savol №1 YaB1=Max 100%

2.savol№2 YaB2=Max 100%

3savol№3 YaB3=Max 100%
A’lo“ (86-100%) baholanadi:

- savol atroflicha,aniq va to’g’ri javoblar yozilgan bo’lsa;

- o’quv rejadan tashqari(zamonaviy) materiallardan xabardorligi bilinib tursa;

- nazariyalar, tushunchalar va tasavvurlar, grammatik formulalar to’g’ri va aniq yozilgan bo’lsa;



  • bayonda ilmiy xatoliklarga yo’l qo’yilmay, material mazmunining ilmiy va mantiqiyligi puxta yozilgan bo’lsa;

  • bayonda orfografik va grammatik kamchiliklar uchramasa;

Yaxshi“(71-85%) baholanadi:



  • savolga yozilgan javoblar o’quv dasturi talablari doirasi bilan cheklangan’ ammo to’g’ri bo’lsa;

  • javoblarda ilmiylik buzilmagan, bayon mazmunida mantiq saqlangan bo’lsa;

  • nazariya, tushuncha va tasavvurlar bayonida, grammatik formulalarda xatoliklar uchramasa;

  • bayonda orfografik va grammatik xatolar uchramasa;

  • berilgan savolning uchdan ikki qismiga to’liq javob yozilgan bo’lsa;

Qoniqarli” (55-70%) baholanadi:

-savolga javob o’quv dasturi talablariga mos kelmasa, ya’ni tor doirada yoritilgan bo’lsa;

- nazariy tushuncha va tasavvurlar bayonida, grammatik formulalarda ba’zi xatoliklar uchrasa;



  • berilgan savolning uchdan bir qismiga to’liq javob yozilgan bo’lsa;

Qoniqarsiz” (0-54%):



  • savolga javob yozilmasdan, boshqa savollrga javob yozilgan bo’lsa;

  • nazariya, tushuncha va tasavvurlar bayonida, grammatik formulalarda qo’pol xatoliklar uchrasa;

  • bayonda qo’pol orfografik va grammatik xatolar uchrasa;

Talabaning fan bo’yich umumiy o’zlashtirish ko’rsatkichi:

Talabaning fan bo’yicha to’plagan umumiy reytingi:
Bu yerda Rmax-fanga ajratilgan maksimal reyting
IV. Dasturning informatsion-metodik ta’minoti

Dasturdagi mavzularni o’tishda ta’limning zamonaviy uslublaridan keng foydalanish, o’quv jarayonini yangi pedogogik texnologiyalar asosida tashkil etish samarali natija beradi. Bu borada zamonaviy pedogogik texnologiyaning “aqliy hujum” va boshqa metodlar, shuningdek, mavzularga doir namoyisg qilish, illyustratsiya va videousullardan foydalanish nazarda tutiladi.



Chet tili fanidan reyting ishlanmasi


t\r

Nazorat turlari

Soni

Ball

Jami ball

1

J.B




Haftalar






JB1

JB2

JB3

JB4

JB5







V

IX

XIII

XVII

XVIII







1.1 Amaliy mashg’ulotlarni bajarish

3

2*8


2*7

2*7







46




1.2 yozma nazorat ishi

1










2*7




14




1.3 TMI – Mavzularga taqdimot tayyorlash va mazmunini gapirib berish

1













1x12=12

12

Jami

21

15

10

12

12

70

2

Ya.B







30




2.1. Yozma ish (3 savol)

1

1 savol – 10 ball

2 savol – 10 ball

3 savol – 10 ball








Jami







100

0-54 ball - “qoniqarsiz”

55-70- ball “qoniqarli”

71-85- ball “yaxshi”

86-100 ball- “a’lo”

Mazkur fanning reyting ishlanmasi va baholash mezoni
Amaliy mashg’ulotlarida faol qatnashsa - 15ball

Amaliy mashg’ulorning maqsadi va mazmunini atroflicha yorita olsa - 15ball

Nutqi ravon, talaffuzi a’lo bo’lsa - 10ball

Fikrini bayon qilishda grammatik va mantiqiy xatolarga yo’l qo’ymasa - 10ball

Egallagan bilimlarini amalda qo’llay bilsa, ijodiy fikrlay olsa - 10ball

Xulosa va qaror qabul qila olsa, mustaqil mushohada yurita olsa - 10ball

Berilgan savollarga aniq va lo’nda javob bera olsa - 10ball

Nemis tilida mavzu, gap yoki so’zning mohiyatini tushunsa, bilsa, aytib bersa-10ball

Uy vazifalariga puxta tayorlansa - 10ball

10-ball 15- ball

9-10- a’lo 14-15-a’lo

7-8- yaxshi 11-13- yaxshi

5-6- qoniqarli 8-10- qoniqarsiz



0-4- qoniqarsiz 0-7- qoniqarsiz

Mundarija
Namunaviy dastur -------------------------------------------------- 3 bet
Ishchi dastur------------------------------------------------------------20 bet
Kalendar reja-----------------------------------------------------------32 bet
Ta’lim texnologiyalari------------------------------------------------38 bet
Tayanch konspekt ---------------------------------------------------53 bet
Test savollari ---------------------------------------------------------184 bet
Nazorat uchun savollar -------------------------------------------195 bet
Umumiy savollar ----------------------------------------------------199 bet
Referat mavzulari --------------------------------------------------204 bet
Tarqatma materiallar ----------------------------------------------207 bet
Glossariy --------------------------------------------------------------211 bet
Adabiyotlar ro’yhati -----------------------------------------------216 bet
Xorijiy manbalar ----------------------------------------------------218 bet
Mutaxassislikka oid matnlar -------------------------------------220 bet
Muallif haqida ma’lumot -----------------------------------------225 bet
Foydali maslahatlar ------------------------------------------------ 226 bet
Ta’lim jarayonini tartibga soluvch normativ huquqiy hujjatlar—230 bet
Baholash mezonlari --------------------------------------------------244 bet

1 Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 29-avgustdagi 465-I-son qarori bilan 1997-yil 30-avgustdan kuchga kiritilgan.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin