Nazorat uchun savol va topshiriqlari:
1. Nutq – bu nima?
47
2. Muloqot -bu nima?
3.Til-bu nima?
4. Turli yosh guruhda nutq muloqot yozish ko‘nikmalarini shakllantirish tashkil
etilishini so‘zlab bering.
5. Nutq muloqot yozish ko‘nikmalarini shakllantirishni tashkil etilish
yuzasidan ma’lumotlar to‘plash.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
1.“O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar
rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talblari”. T.: 2018-yil.
2.“Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o‘quv dasturi”. T.:
2018.
3. Ilm yo‘li variativ dasturi. Toshkent. 2019-y.
4. Davlat ta’lim standarti. Toshkent. 2020-yil, 22-dekabr.
5. Z.K.Alimova. “Maktabgacha pedagogika”. O‘quv qo‘llanma. Toshkent. Ilm
ziyo-zakovat.-2021.
6-Mavzu: Bilish jarayonlarini rivojlantirish
Reja:
1. Intellektual-anglash malakalari
2. Elementar matematik ko‘nikmalar
3. Tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv faoliyat
Bola qiziquvchan, intiluvchan, faol, bilishga qiziqish bildiradi va unga
ehtiyoj ham mavjud bo’ladi.
Bolada intellekt ona qornidan rivojlanishni boshlaydi. Bolalarda asosiy
intellektual rivojlanish bosqichi maktabgacha va maktab yoshiga tòg`ri keladi.
Genetika va irsiyat intellektual salohiyatga o`z ta`sirini ko`rsatadi. Kimdir tabiatan
tez hisoblaydi, kimdir tug`ilganidan boshlab matematikani yaxshi kòradi, kimdir
gapirishdan oldin kuylaydi. Bolalarda aloqa va bilim qobiliyatlarini rivojlantiradigan
faoliyatning muntazamligini ta`minlash orqali intellektni rivojlantirish mumkin.
Temperament va xarakter xususiyatlarini o`rganish maktabgacha ta`lim
tarbiyalanuvchisining intellektini rivojlantiruvchi omil hisoblanadi. Ota-ona bilan
munosabat va oiladagi emotsional muhitni me`yoriy darajaga keltirish bola
intellektini rivojlantirishga poydevor bo’lib xizmat qiladi. Maktabgacha tarbiya
yoshidagi bolalar ota-onalari bilan intellekt, intellektual salohiyat va uni
rivojlantirishning dolzarb masalalari to`g`risida suhbat uyushtiriladi. Ota-onalar
o`zlariga kerakli ma`lumotlarga ega bo`lishadi.
48
Bolaning aqliy tayyorgarligining tarkibiy qismi bilish faoliyatini muayan
darajada rivojlangan bо‘lishidir. Bu о‘rinda: Birinchidan bilish jarayonining о‘sib
boruvchi ixtiyoriyligi; materialni ma’no jihatdan ixtiyoriy eslab qolish va takror
ifodalash, narsa va hodisalarni rejali idrok etish, qо‘yilgan bilish va amaliy
masalalarni maqsadga muvofiq hal etish qobiliyati va shu kabilar; Ikkinchidan bilish
jarayonlari sifatini oshirish: sezgilarning aniqligi, idrokning tо‘liq va
tabaqalashtirilganligi, eslab qolish va takror ifodalashning tez va aniqligi;
Uchinchidan bolada atrof dunyoga bilish munosabatlari,
bilimlarni
egallash va
maktabda о‘qishga intilishning mavjudligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining bolalarni aqliy tarbiyalashga oid olib
borayotgan muntazam, maqsadga muvofiq ish sharoitlarida bolalarda (faoliyat)
tafakkur faoliyatida narsalarning xap tomonlama tahlil qilish qobiliyati, hodisalar
xususiyat va sifatlarini tadqiq qilishda foydalana bilish narsa va xodisalardagi asosiy
aloqa, bog‘liqlik, belgilarni aniqlash asosida oddiy umumlashtirishlar qilish
qobiliyati, о‘xshashlik va farqlanuvchi belgilarni izchil ajratish asosida narsalarni
qiyoslashni amalga oshirish kо‘nikmasi tarkib toptiriladi. Bolalarda aqliy
faoliyatning elementar mustaqilligi: о‘z amaliy faoliyatni mustaqil rejalashtirish va
uni reja asosida amalga oshirish kо‘nikmasi, oddiy bilish vazifasini qo’yish va uni
hal etish kо‘nikmasi va shu kabilar rivojlantiriladi.
Bolalar muntazam ta’lim sharoitlarida maktabgacha bolalik oxiriga kelib,
о‘quv faoliyatining asosiy tarkibiy qismlarini: tushunarli о‘quv vazifasini qabul
qilish, tarbiyachining kо‘rsatmalarini tushunish va aniq bajarishni ishni kattalar
tomonidan kо‘rsatilgan usullaridan foydalanib bajarib bir natijaga erishish, о‘z
faoliyati, xulq-atvori, topshiriqlarni bajarish sifati ustidan nazorat qilish
kо‘nikmasini, о‘zining va boshqa bolalarning ishlariga tanqidiy baho berish
qobiliyatini, egallab olishlari kerak.
Aqliy tayyorlik tarkibiga shuningdek, savodning boshlang‘ich asoslari oddiy
matematik tasavvurlar keng bilim, kо‘nikma va malakalar doirasi ham kiradi.
Bolalarning matematik tushunchalarini muvaffaqiyatli о‘zlashtirishi,
ularning
idrokini
, ya’ni sensor tuyg‘ularini о‘stirish bilan bevosita bog‘liqdir.
Umumlashtirish va mavhumlashtirish qobiliyati real predmetlarning
xususiyatlarini aniqlash va shu xususiyatlarga qarab mazkur predmetlarni bir-biriga
taqqoslash va guruhlarga ajratish asosida о‘sib boradi. Shuning uchun bola
maktabga borgunga qadar unda matematik tasavvurlarni shakllantirish uchun
maktabgacha ta’lim tashkilotidaigi barcha о‘quv-tarbiya ishlari bilan о‘zviy
ravishda boglab olib boriladi.
Matematik bilimlar bolalarga ma’lum sistema va izchillikda berilishi, bunda
yangi bilim kamroq miqdorda, ya’ni bolalar о‘zlashtirib oladigan darajada bо‘lishi
49
kerak. Shuning uchun xam bir vazifa bir qancha mayda qismlarga bulinib, ular birin
ketin o’rganib boriladi.
Tarbiyachi har bir yosh guruhining dasturi qanday tuzilganini bilishi lozim. Bu
unga о‘z guruhidagi bolalarning matematikaga doir bilim darajalarini aniqlash
uchungina emas, balki maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda boshlangich
matematik tasavvurlarni о‘stirish yuzasidan olib boriladigan barcha ishlar tizimida
har bir mashg‘ulotning qanday muhim о‘rin egallashini kо‘z oldiga keltirish uchun
ham imkon beradi. Matematik tasavvurlarni shakllantirish yuzasidan olib
boriladigan ishning asosiy shakli – mashg‘ulotdir.
Mashg‘ulotlarda va kundalik xayotda didaktik o’yinlardan hamda o’yin-
mashqlardan keng foydlaniladi. Mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda о‘yinlar tashkil
qilib, bolalarning matematik tasavvurlari mustahkamlanadi, chuqurlashtiriladi va
kengaytiriladi. Bir qancha hollarda, masalan, joyni bilish kо‘nikmasini rivojlantirish
yuzasidan olib boriladigan ishlarda o’yinlar asosiy о‘quv vazifasini o’taydi. Bolalar
miqdor nisbatlarini aniqlashda eng aniq usul predmetlarni sanash va kattaliklarni
o’lchash ekanligini tushuna boshlaydilar. Sanash va o’lchash malakalari ularda
tobora mustahkam va ongli о‘zlashtiradilar.
Har qaysi yosh guruhi dasturi ushbu bulimlardan iborat:
1. Miqdor va sanoq
2. Kattalik
3. Geometrik figuralar
4. Fazoda mo’ljal olish
5. Vaqt bo‘yicha oriyentir (mo‘ljal) olish
Didaktik о‘yinlar bolalarning tevarak — atrofni aniqlashda kо‘nikmalarini
takomillashtiradi. (Masalan: «Predmetni top», «Xona bо‘ylab sayohat» va hokazo
о‘yinlar) Barcha asosiy harakat yо‘nalshiga kо‘rsatma berib turiladi: «Tо‘g‘riga
borasan, keyin chapga burilib, shkaf oldidan о‘tasan va hokazo. Bunda bolalar
tevarak atrofda о‘z о‘rinlarini aniqlay boshlaydilar.
Bolalarga turli soatlar kо‘rsatilib, soatnnng kishi hayotidagi ahamiyati
tushuntiriladi. Bolalar diqqati hamma soatlarning umumiy, bir xil belgilari borligiga
qaratiladi. (Siferblat, kо‘rsatkich). Strelkaning harakat qilish prinsipi bilan
tanishtiriladi. Soat maketida strelkaning ikkalasi ham 12 ga qо‘yiladi.
Strelakalarning uzunligi bir xilmi? Bolalar 1 ta strelka uzun, ikinchisi qisqa deydilar.
Qisqa strelka soat nechalitini kо‘rsatadi, uzun strelka minutni kо‘rsatadi. Ikkala
strelka 12 da turibdi, soat 12 ligini kо‘rsatyapti deydi. Hozir qisqa strelkani
aylantiramiz. Uzuniga tegmaymiz: Qisqa strelka 1 raqamiga о‘tkazildi, hozir soat
bir. Keyin 2 ga о‘tkazadi, coat ikki, deydi va hokazo.
Bolaning maktabga intellektual tayyorgarligi – bu bo'lajak bolaning tahlil va
sintez, taqqoslash va umumlashtirish, ketma-ketlashtirish va tasniflash kabi aqliy
50
operatsiyalarni o'zlashtirish qobiliyati; ta'lim faoliyati jarayonida bola ob'ektlar va
hodisalar o'rtasida sabab-oqibat munosabatlarini o'rnatishni, qarama-qarshiliklarni
hal qilishni o'rganishi kerak. Bolaning maktabga intellektual tayyorgarligining eng
muhim ko'rsatkichlari uning tafakkuri va nutqining rivojlanish xususiyatlari
hisoblanadi.
Bolaning intellektual rivojlanishi nuqtai nazaridan eng muhimlari – bu farqli
idrok, vizual-samarali va vizual-majoziy fikrlashning rivojlanishi, dunyoga tartibli
yo'naltirish qobiliyati. Bola maqsadli o'rganishi, kuzatishi, narsalar va hodisalarni
taqqoslashi, o'xshashlik, rivojlanish xususiyatlarini ko'rishi, asosiy va ikkilamchi
narsalarni ajratib ko'rsatishi kerak. Maktabgacha yoshdagi bolalar hodisalar va
ob'ektlarning xususiyatlarini tekshirishning oqilona usullarini o'zlashtiradilar.
Bolalarning his qilish standartlarini assimilyatsiya qilish va qo'llashga asoslangan
bu usullar ob'ektlarning murakkab shaklini, fazoviy munosabatlar, nisbatlar va
ranglar kombinatsiyasini tahlil qilishga imkon beradi. Tajriba shuni ko'rsatadiki,
tarbiyachining fikriga bo'ysunmagan bola maktabga tayyor emas. Bilim bolaga
ma'lum bir dunyoqarashni beradi, buning asosida tarbiyachi o'quv muammolarini
muvaffaqiyatli hal qila oladi. Katta yoshdagi maktabgacha yoshdagi bola
haqiqatning turli sohalarida to'g'ri yo'nalishni egallaydi: jonli va jonsiz tabiat,
ob'ektlar va ijtimoiy hodisalar dunyosida. Maktabga tayyor bo'lish – atrofdagi
haqiqat ob'ektlari va hodisalarini tegishli toifalarga (yovvoyi tabiat, ob'ektiv va
ijtimoiy dunyo va boshqalar) umumlashtirish qobiliyatiga ega bo'lishni anglatadi.
Bolalarning atrof-muhitga qiziqishini, izlanuvchanligini, qiziquvchanligini
rivojlantirish uchun siz bolalarni faol qidiruv faoliyatiga undab, tajriba yordamida
mashg’ulotlardan foydalanishingiz kerak. Qaerda ular uzoq vaqt o'zlarini qiziqtirgan
muammoga e'tibor qaratishlari mumkin: hasharotlar hayotini o'rganish, suv bilan,
qum bilan, narsalar bilan tajriba o'tkazish, yangi dizaynlarni o'ylab topish. Shu bilan
birga, ular ko'plab savollar berishadi, o'z -o'zidan yechim topishga harakat qilishadi,
o'ziga xos taxminlarni ifoda etishadi, boshqacha aytganda, ob'ektga va bilish
jarayoniga ijodiy munosabatda bo'lishadi.
Bilish jarayonining rivojlanishi sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga
yetganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:
• bilim olishga faol qiziqishni namoyon etadi;
• o‘quv va hayotiy faoliyat uchun axborotni mustaqil ravishda topadi va undan
foydalanadi;
• predmetlar, voqealar va ko‘rinishlar o‘rtasidagi oddiy aloqalarni tushunadi va
ularni yaxlit bir butunlik sifatida idrok qiladi;
• raqamlar, hisob-kitobni biladi va ularni hayotda qo‘llaydi; • makon, shakl va
vaqtga mos ravishda ish tutadi;
• elementar matematik hisoblashlarni amalga oshiradi;
51
• atrof-muhitdagi voqea-hodisalar va ko‘rinishlarni kuzatadi hamda tadqiq
qiladi;
• atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona va g‘amxo‘r munosabatni namoyon
etadi.
Dostları ilə paylaş: |