Tabiiy boylikning vujudga kelishi insoniyat jamiyat rivojiga bog'liq emas, u tabiat qonunlari asosida ro'y beradi. Foydali qazilma boyliklar,
o'rmonlar, suv va er resurslari xuddi shunday vujudga kelib ishlab chiqarishdan tashqarida turadi.
Tabiat inomlari o'zlarining dastlabki ko'rinis hida tabiiy boylik bo'lib, shu holatida inson
faoliyatining natijasi hisoblangan ijtimoiy boylik tarkibiga kirma ydi. Buning ma'nosi shuki,
tabiiy boyliklar jamiyat uchun faqatgina potentsial boylik hisoblanadi. Ular real boylikka inson mehnatining ta'siri oqibatida aylanadi. O'zbekiston tabiiy resurslarga boy davlatdir. Eng avvalo respublikada 4,2 mln ga sug'oriladigan
erlar mavjuddir. Ana shu erlar Markaziy Osiyoda etishtiriladigan paxtaning 3/4 qismini tashkil qiladi
O'zbekiston er osti boyliklari bilan xaqli ravishda faxrlanadi. Mashhur Mendeleev dariy sistemasining
deyarli barcha elementlari topilgan. O'zbekiston xududi doirasida shakllantiruvchi yillik SUV oqimi 10
kub km.ga yaqin. Boshqa mamlakatlar hududidan oqib keluvchi suv oqimi 89 kub km.ni tashkil qiladi
O'zbekiston hududida
oltin, mis, rux, valfram, molibden, alyuminiy va magniy rudalari, nodir
metallar, oltingugurt, osh tuzi, kaliyli va boshqa tabiiy tuz qatlamlari, kaolin, o'tga chidamli xom
ashyolar, bentonit, marmar va boshqa bezak toshlari topilgan.
Yoqilg'i resurslari bo'yicha esa ko'mir,
tabiiy gaz konlari ochilgan.
O'zbekistonda 100 ga yaqin boy mineral-xom ashyo turlarini mavjudligi respublika iqtisodiyotining
muhim tarmoqlarini, ayniqsa gaz, oltin ishlab chiqarish, energetika, kimyo, rangli metallurgiya, qurilish
materiallari sanoatlarini tez sur'atlar bilan rivojlantirish imkoniyatini beradi.
Shu kungacha respublikada hammasi bo'lib
mineral-xom ashyo turlaridan 70ga yaqini ishlab chiqarishga jalb etilgan.