oqibatida vujudga keladi va o'sib boradi. Boylikning bir qismi har yili ishdan chiqarilib va qaytadan
yangilanib turadi (ishlab chiqarish vositalari, iste'mol buyumlari). Shu sababli ishlab chiqarish
vositalarining o'rnini qoplash bilan bir vaqtda yalpi mahsulotning faqat bir qismi moddiy
buyumlashgan boylik sifatida jamg'anlib boriladi. Milliy boylik mehnat natijasida yaratiladi va
ko'payib boradi.
Milliy boylikning
inson mehnati bilan yaratilgan qis mi, o'z ichiga quyidagilami oladi:
-
ishlab chiqarish xarakte ridagi asosiy fondlar. -
noishlab chiqarish xarakteridagi asosiy fondlar. Asosiy fondlarning bu turiga davlatning
uy-joy fondi, ijtimoiy madaniy xarakterdagi ob'ektlar kiradi.
-
aylanma fondlar. Milliy boylikning bu qismi mehnat predmetlaridan iborat, bo'lib asosiy
fondlarning tahminan 1/4 qismini tashkil qiladi.
-
tugallanmagan ishlab chiqarishning moddiy -buyumlashgan qismi. Ular ishlab chiqarish
bosqichida mehnat jarayoni ta'siri ostida bo'lib, potentsial
tayyor mahsulot hisoblanadi.
-
moddiy zahiralar va ehtiyojlar. Bunga muomila bosqichidagi tayyor mahsulot, korxonalar
va savdo tarmoqlaridagi moddiy zahiralar, davlat ehtiyojlari va rezerv fondlari kiradi.
Moddiy zahiralar iqtisodiyotda ro'y berishi mumkin bo'lgan va oldindan bilib bo'lmaydigan favqulotda
holatlarda foydalanish maqsadida ushlab turiladi.
Davlat ehtiyojlariga oltin zahiralari, sug'urta va
mudofa ehtiyojlari uchun zarur zahiralar kiradi.
- aholining uy, tomorqa va yordamchi xo'jalikda
jamg'arilgan mol-mulk. Bunga uy-joy,
avtomobil, madaniy- maishiy buyumlar, kiyim-kechaklar va shu kabilarning qiymati kiradi.
Moddiy buyumlashgan boylik