21
Bundan tashqari amaliy psixolog albatta psixoterapiya, psixokorreksiya,
patopsixologiya,
defektologiya, psixologik maslahat, tibbiyot, pedagogika,
sotsiologiya, huquq fanlaridan habardor bo„lishi talab qilinadi.
U albatta bolalar
bilan muloqot qila olishi talab qilinadi. amaliy psixolog albatta psixologik
maslahat sirlaridan habardor bo„lishi lozim. Amaliy psixolog albatta hamma
sohalarda ishlaydi. Amaliy psixologning statusi rahbar kabi yuqori bo„ladi va shu
bilan birga u hammaga hamdard bo„la oladigan inson bo„lishi talab qilinadi. U
mijoz bilan suhbatlashayotgan albatta mijozning
psixologik xavfsizligini
ta‟minlashi zarur bo„ladi. Psixolog uchun psixologik xizmat sohasida ishlash
vaqtida albatta psixodiagnostika sohasini yaxshi bilishi, psixologik maslahat bera
olishi talab qilinadi. Bundan tashqari amaliy psixolog EHM sohasini yaxshi bilishi
talab qilinadi.
1. Muloqot – bu ikki yoki undan ortiq kishilarning
afektiv baholovchi
xarakterda va bilish bo`yicha ma‟lumot almashishdan iborat bo`lgan o`zaro ta‟sir
etishdir.
Muloqotning
tizimida
o`zaro
bir-biriga
bog`liq
jihatlari
ajratiladi: kommunikativ, interaktiv va pertseptiv. 1. Muloqatning kommunikativ
jihati bu muloqatdagi individlarni ozaro ma‟lumot almashinishidir. 2. Muloqotning
interaktiv jihati bu individlar muloqatda nafaqat bilim va g`oyalar balki harakatlar
bo`yicha ham o`zaro ta‟sirini tashkil etishdan iborat. 3. Muloqatning pertseptiv
jihati muloqot jarayonida o`zaro bir-birini idrok qilish orqali tushunishdir.
Demak, muloqot birgalikdagi xarakat extiyojlaridan kelib chikadigan,
aloqa
almashish, bir - biriga ta‟sir etish, boshqalarni tushinish, odamlar o`rtasida kontakt
o`rnatish va rivojlantirish jarayonidir.
Muloqot hayot kechirishning bir shaklidir. Muloqotning o`zaro birgalikdagi
harakati va kommunikativ jihatdan tashqarida uning pertseptiv jihati munosabat
ishtirokchilarining uning jarayonida amalga oshiriladigan o`zaro idrok etish yuzaga
keladi. Taniqli psixolog S.L.Gubinshteyn shunday deb yozgan edi: “Kundalik
hayotga odamlar bilan muomalaga kirisharkanmiz, biz
ularning xulq - atvoriga
mo`ljal olamiz. Negaki biz ularning tanqidiy ma‟lumotlariga ma‟lumotlari
mohiyatini go`yo o`qib ya‟ni mag`zini chaqib chiqamiz va shu yo`sinda kontekstda
22
mujassamlashadigan matnning ichki psixologik jihati mavjud bo`lgan mazmunini
aniqlaymiz”.
Bunday o`qish naridan beri tez yuz beradi, chunki tevarak atrofdagilar bilan
muomala jarayonida avtomatik tarzda amal qiladigan psixologik ichki ma‟no hosil
bo`ladi. Muomala prioretiv jihati bu kishining
kishi tomonidan idrok etilishi,
tushunilishi va baholanishi demakdir. Identifikatsiyalash - bir kishi ikkinchi kishini
uning ta‟rifini o`z ta‟rifiga anglanilgan yoki anglanilmagan tarzda o`xshatilishi
orqali tushinish usulidir.
Shaxslararo idrok etish jarayonida teskari aloqa, xabar beruvchi funktsiyani
va o`zini - o`zi boshqarish funktsiyasini bajaradi. Steriotiplashtirish – xulq -atvor
shakllarini tasniflash va ularni hozirgacha ma‟lum va mashhur deb sanalgan ya‟ni
ijtimoiy qoliplarga mos keladigan hodisalar jumlasiga kiritish yo`li
bilan ularning
sabablarini o`zgartirishdan iboratdir. Ko`p hollarda insonlarning bir-birlarini idrok
etishlari «ijtimoiy pertseptsiya» sifatida namoyon bo`ladi. Muloqotning bu jihati
ijtimoiy pertseptsiya haqidagina emas, balki shaxslar aro pertseptsiya haqida
hamdir. Inson jamiyatda shaxs sifatida qabul qilingani sari. Muloqotda ham shaxs
sifatida namoyon bo`ladi. S.L.Rubenshteyn aytganidek: «Biz insonni tashqi xulq -
atvoriga qarab o`qiymiz». «Boshqa
odamni bila turib, o`rganayotgan individning
o`zi ham shakllanadi» deb yozgan edi L.S.Egodskiy. Insonni inson tomonidan
idrok etilishida kamida 2 kishi jalb qilingan bo`lishi lozim bo`lib, ularning ikkalovi
ham faol sub‟ektdir. O`zini boshqa inson tahlil qilishini o`z ichiga identifikatsiya
va reflektsiyani kiritadi.
Dostları ilə paylaş: