O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi jizzax


Turlug chechak yarildi, Barchin yazim kerildi, Uchmaq yeri ko’ruldi, Tumlug’ yana kelgusuz



Yüklə 122,51 Kb.
səhifə9/17
tarix22.05.2023
ölçüsü122,51 Kb.
#127396
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Morfologiya kus ishim

Turlug chechak yarildi, Barchin yazim kerildi, Uchmaq yeri ko’ruldi, Tumlug’ yana kelgusuz.


Ma’nosi, bahorni ta’riflab aytadi: har turli chechaklar ochildi, xuddi (sernaqsh) ipak gilamlar yozilganday. Jannat yeri ko’rildi. Sovuq hech qaytib kelmas darajada havo isidi.
Yuqoridagi baytda fasllar kelinchagi bo‘lmish bahor tasvirlangan bo‘lib, bahorda atrof-muhit xuddi jannat yeri kabi go‘zal bo‘lib ketishi, turli chechaklar ochilib, atrofga yanada oro berishi tasvirlangan.

Yigitlarig ishlatu, Yag’ach yamish irg’tu, Qulan keyik avlatu, Bazram qilib avnalim.


Ma’nosi: O’yin-kulguni tasvirlab deydi: Yigitlarni ishlatib, daraxt mevalarini qoqtiraylik, turli yovvoyi hayvonlar (qulon) va boshqalarni ovlatib, bir necha kun bayram qilib yayraylik.
Bu baytda shoir, o‘yin-kulgi va tabiat ne’matlaridan zavq olib, yayrab yashash kerakligini tasvirlashga harakat qilgan.

Jaratti jashil jash, Savurdi o’rung qash, Tizildi qara qush,


Tun, kun uza yurkanur.
Osmonni ta’riflaydi: tangri osmonni feruza rangida ko’m-ko’k qilib yaratdi. Yulduzlar bilan bezadi. Uzukka ko’z qo’ygandek, qosh oq uzuk uchun ishlatiladigan tosh – mezon yulduzi (turkcha qora qush) unda tuzildi. Kecha bilan kunduz bir-birining ustiga qoplanadi.
Yuqoridagi baytda, tabiatning buyuk ne’mati bo‘lmish osmon va yulduzlar, osmonning sofligi, musaffoligini tasvirlaydi. Bunda tashbih, ya’ni o‘zshatish san’atidan keng foydalanadi.

Qizil, sariq arqashib, Jerkin, yashil yuzkashib, Bir-bir kero’ yo’rkashib, Yalinguq ani tanglashur.


Qizil, sariq gullar bir-biriga suyanishib, yashil rayhonlar bir-biri bilan o’ralishib korinadi. Ularni ko’rgan kishi tang qoladi, hayron qoladi.
Bu baytda tabiatdagi bir-biridan go‘zal, insonga zavq-shavq bag‘ishlovchi gullarning go‘zalligi. Ularni ko‘rgan kishining bahri-dili ochilishi tasvirlangan.

Yay ko’rkinga inanma, Suvlar uza tayanma.


Esizligig anunma, Tildan chiqar ezgu so’z.
Bahor korkiga, uning rang-barang gullariga, chiroyliligiga ishonma, undan yaxshilik umid qilma. Suvga tayanma, chunki dunyo ne’matlarining shirinligiga, bahor go’zalligiga suyangan kishi suvga suyanganlar kabidir. Yomonlikka otlanma, tilingdan doim xalq sendan minnatdor bo’ladigan yaxshi so’zlar chiqar

Yüklə 122,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin