O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi jizzax


Us es kо‘rub yuksak qaliq qodi chaqar, Bilga kishi o‘gut berib tavraq uqar



Yüklə 122,51 Kb.
səhifə12/17
tarix22.05.2023
ölçüsü122,51 Kb.
#127396
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Morfologiya kus ishim

Us es kо‘rub yuksak qaliq qodi chaqar, Bilga kishi o‘gut berib tavraq uqar,


Mazmuni:
Karkas yirtqich hayvonlardan qolgan go‘shtni (ovni) ko‘rib, o'zini osmondan tashlaydi. Donishmand kishilami qiziqtiradigan ov—o‘git-nasihatdir. Ular o‘gitni eshitishlari bilanoq quloqqa oladilar. (0 ‘sha kitob. 53-bet.)
Pand- nasihat, o‘gitlarnitinglash va ularga amal qilish donishmandlik
belgisi bo'lib, she’riy parchalarda katta hayotiy tajribaga ega kishilaming so'zlariga amal qilishga chaqiriladi:

O‘rgan aning biligin, Kunda angar baru. Qutquluqni tapingin, Qo‘zg‘il qochar naru.


Mazmuni:
O‘rgan uning bilimin, Borgil o‘shal sari.
Qutlug‘ ishga bo'ysungin Kibrni quv nari.

Biligni urdadim Bo’guni uzurdum O’zumni azirdim Yalg’il atim yazlinur.


Ilmu donishni istadim. Ilmli donishmandlarni qidirdim. O’zimni odamlar orasidan ayirdim. Buning uchun oq yolli otim yechiladi.
Bu misralar orqali, ijodkor ilm-u hikmat izlashdan aslo to‘xtamagani, o‘zini odamlar orasidan olib qochib faqat ilm bilan mashg‘ul bo‘lganini aytadi va bu orqali kitobxonlarni ham ilmli, ma’rifatli bo‘lisga chorlaydi.

Ulug‘luq bo‘lsa sen ezgu qilin,


Bo‘lg‘il kishig beglar qatin yaxshi ulan.
Daraja yoki martaba topsang, xulqingni chiroyli qil, amirlar oldida yaxshilik yetkazuvchi, xalqning ishlarini yaxshi qabul qiluvchi bo‘l, deydi shoir. Haqiqatan, ilm-ma’rifatli bo‘lish bilan birga insonning xulqi ham go‘zal bo‘lmog‘I darkor. Sababi shuki, olim bo‘lish –oson, odam bo‘lish qiyin. Eng avvalo go‘zal xulqli inson bo‘lishimiz kerak,

Erdi uza eranlar,


Erdam begi bilig tag‘ Aydi o‘kush o‘gutlar,

Ko‘nlum bo‘lur anar sag‘


Ilgarilari ilmli, hikmatshunos, fazilatli kishilar bor edi.Ular ko‘p nasihatlar so‘zlar edilar.Ularni eslash bilan ko‘ngil safo topadi.
Shoir aytadiki, ilgarilari ilmli isnonlar ko‘p edi, ularning nasihatlari joningga ora kiradi, dega ma’noda yuqoridagi misralarni keltiradilar. Darhaqiqat, o‘tmishda shu kabi donishmand ajdodlarimiz juda ko‘p bo‘lgan.

Yüklə 122,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin