Bu misralarda shoir biroz kesatib yozadi. Chunki, ijodkor yashagan davrda ham hozirda ham mehmonni xushlamaydigan insonlar uchrab turadi. Ammo mehmon kelsa eshikdan rizqi kelar teshikdan , deyilgan. Doimo qo‘li ochiq, bag‘rikeng bo‘lmog‘imiz lozim.
Bu dunyoda kishining mashaqqatsiz turishi hech mumkin emas.Biror yaxshilik ko‘rmay turib, inson dunyodan o‘tadi.
Yuqoridagi bayt orqali hayotda mashaqqatlarga inson ko‘p duch kelishi, mashaqqatsiz hayot yo‘qligi va umrning o‘tkinchiligiga ishora berilgan.
Kelsa kishi etma angar o‘rtar kula,
Baqqilangarezgulugungag‘sinqula(1,149). Senga kular yuzli bir kishi kelsa, sen uning yuziga issiq kul sochma, yaxshilik qil, yoqimli qiliq bilan hurmatla.
Bu misralar orqali birov sendan yordam so‘rab kelsa, sen bunga xursand bo‘l, Tangring seni shunday birovlarga nafi tegadigan qilib yaratganiga shukr qil, degan ma’no ifodalandan. Haqiqatan, ham inson birovlarga nafi tegsagina haqiqiy inson sanaladi.
“Devonu lug’atit-turk” asarini ta’limiy texnologiyalar asosida o’qitish
Xalqimizning ta’lim - tarbiyaga oid qarashlari ulug` olim, mutafakkir Mahmud Qoshg`ariy (XI asr)ning "Devonu lug`atit turk" asarida keng bayon etilgan.
Asar 1076-1077 yillarda yozilgan va yoshlarga nasihatlar tarzida tuzilgan she’riy parchalardan iboratdir. Devondagi qo`shiqlarda tabiat, ov va jang manzaralari, sevgi - muhabbat va ugit - nasihatlar uz ifodasini topgan.
She’rlarda ilm olishning qadri, bilimli kishilarni hurmat qilish, mehmondo`stlik, xushxulqlik, mardlik va jasurlikni targ`ib qiluvchi, baxil, ochko`z, do`stga va xalqiga xiyonat kabi salbiy tomonlarni qoralaydigan she’rlar ko`p uchraydi.
Pand - nasihatlarda asosiy o`rin ilm olishga undashga, uning foydasini targ`ib etishga qaratilgan. Ko`plab tarbiyaviy xarakterdagi maqollar ham berilgan.
Majmud Qoshg’ariyning «Devonu lugotit turk» asarida ilm olishning qadri, bilimli, donishmand kishilarni hurmat qilish, mehmondo’stlik xushxulqlik mardlik va jasurlikni targ’ib etuvchi, o’z manfaatini ko’zlagan molparast, baxil, ochko’z, do’stiga va xalkiga xiyonat kabi salbiy tomonlarni qoralaydigan she’rlar ko’p uchraydi. Bunday she’rlar turkiy xalqlar qadim-qadimlardan boshlab, inson shaxsini shakllantirishda ta’lim-tarbiyaga katta e’tibor berganligini ko’rsatadi.
Ayniqsa, pand-nasixatlarda asosiy o’rinni ilm olishga undash, uning foydalari, ilm axlini xurmat etish to’g’risidagi fikrlar egallaydi. Yoshlarga ilmli kishilarga yaqinlashish, ulardan o’gitlar olish maslaxat beriladi: