II BOB. “ Devonu lug’atit - turk ” asarini o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish 19 Mahmud Qashg’ariyning “ Devonu lug’atit – turk ” asarida so’z tarkibiga oid fikrlar 19
Mahmud Qashg’ariyning “Devonu lug’atit-turk” asarini o’qitishda pedagogik texnologiyalarning tamoyillari 24
“Devonu lug’atit-turk” asarini ta’limiy texnologiyalar asosida o’qitish 28
III. XULOSA 31 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 34 KIRISH Kurs ishi mavzusining dolzarbligi va zarurati. Boshqa mamlakatlar qatori o’zbek xalqi ham o‘zining boy adabiy yodgorliklariga ega bo‘lib, “Devoni lug‘otit turk”, “Qutadg‘u bilig”, “Avesto”, “O‘rxun-Enasoy yodgorliklari” singari muhim manbalarning mavjudligi O‘rta Osiyo xalqlari adabiyotida nasrning o‘ziga xos yo‘l bosib o‘tganligi va rang-barang boyliklarga ega bo‘lganligini ko‘rsatadi.
Dunyoga siyosiy-iqtisodiy yutuqlari bilan tanilayotgan O‘zbekiston va o‘zbek xalqining shuhrati, albatta, bugun yoxud kuni kecha boshlangani yo‘q. Ushbu yutuqlar ajdodlardan meros mustahkam ma’naviy zaminga ega bo‘lsagina millat millat sifatida o‘zligini bor bo‘y-basti bilan namoyon qila oladi. «Bizning havas qilsa arziydigan buyuk tariximiz bor, havas qilsa arziydigan ulug‘ ajdodlarimiz bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor. Va, men ishonaman, nasib etsa, havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz, buyuk adabiyotimiz va san’atimiz ham, albatta, bo‘ladi”1. Shu davrga qadar “Devoni lug‘otit turk” asari ustida olimlar qator ishlar olib borganlar. Ammo bu asar orqali bizgacha yetib kelgan badiiyat namunalari yetarlicha o‘rganilmagan.
Mavzuningo‘rganilganlikdarajasi. V. V. Bartold "Devoni lug‘otit turk."dan oʻz ilmiy ishlarida keng foydalanganini sharqshunos S. Volin koʻrsatib oʻtgan. Tilshunos olim V. I. Belyayev "Devoni lug‘otit turk" haqida shunday yozadi: "Biz bu asarga nihoyatda yuksak baho berishimiz kerak, chunki u kitoblardan olib yozilmagan, balki jonli materialni shaxsan kuzatishga asoslangan... Muallif bergan maʼlumotlar... arxeologik kashfiyotlar bu maʼlumotlarning aksariyatini isbot etmoqda". Nemis sharqshunosi K. Brokkelman "Devoni lug‘otit turk" asarini 1928 yil nemis tiliga tarjima qildi. "Devoni lug‘otit turk" qoʻlyozmasining fotonusxasi Istanbulda Kilisli Rifat (3 jildli; 1915—17) keyinchalik Besim Atalay tomonidan (3 jildli; 1939—41) turk tiliga tarjima qilinib, chop etilgan. "Devoni lug‘otit turk" ning turk tilidagi keyingi qayta nashri 1957 y. amalga oshirildi. "Devoni lug‘otit turk" ikkinchi boʻlib oʻzbek tiliga tarjima qilinib, muhim izoh va tafsirlari bilan 1960—63 y.lari Toshkentda "Fan" nashriyotida 3 jildda chop etilgan. Bu tilshunos olim, filol. fanlari dri, prof. Solih
Mutallibovning 35 yillik mehnati natijasi edi. Ushbu nashr faqat tarjima boʻlmay, turkcha tarjimaga munosabat, baho, atamalar, shaxs nomlari, shahar va joy nomlariga izoh, va tafsir hamdir. Oʻzbekcha nashrining muqaddima qismida 11-asr filologlari, "Qutadgʻu bilig" asari, Maxmud Koshgʻariyning lingvistik qarashlari, turkiy qabilalar, ularning shakllanishi, bu urugʻ va qabilalar, tillarning hozirgi turkiy xalqlar va ularning tiliga munosabati, tarjima transkripsiyasi toʻgʻrisida maʼlumotlar berilgan. "Devoni lug‘otit turk" oʻzbekcha nashrining oxirida turkiy urugʻ, qabila, shaharlar va boshqalar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar bor, asarning har bir jildida havolalar berilib, unda uchragan soʻz va iboralar keng taʼriflanadi, izohlanadi. Oʻzbekcha nashrining muhim tomonlaridan biri, uning har bir jildi asosida tuzilgan koʻrsat-kichdir1. Unda "Devoni lug‘otit turk"da uchragan soʻzlar alifbo tarzida keltirilib, soʻzning oʻzbek va rus tilida tarjimasi beriladi. Mazkur soʻzning "Devoni lug‘otit turk" ning qaysi betlarida uchrashi koʻrsatib oʻtiladi.