Mahmud Koshg‘ariy, asarida ko‘pgina o‘rinlarda mehmonni ulug‘lash, uning hurmatini joyiga qo‘yishga chaqiradi. Haqiqatan ham, mehmon otangdek ulug‘, deydi donishmand xalqimiz. Yuqoridagi misrada ham quyidagicha ma’no ifodalangan:
Bechora, ojiz,g‘arib mehmon kelsa, hozir bo‘lgan(o‘zingda bo‘lgan ) narsani mehmonga tezlik bilan taqdim qil, kechiktirib, beparvolik qilib , mehmonga malol keltirma.
Qo‘shni-qo‘num ag‘ishqa, Qilg‘il anar ag‘irliq.
Artut alib anung‘ilEzgutavarog‘urluq. “Devoni lug‘otit turk” asarida qo‘ni-qo‘shnichilik, yaqinlarga mehr- muhabbatli bo‘lishga undovchi she’rlar ham uchraydi. Yuqoridagi baytda shunday ma’no ifodalangan:
Qo‘ni-qo‘shnilaringga yaxshilik qil, ularni hurmatla.Ulardan biror sovg‘a olsang, undan yaxshiroq mukofot hozirla.
Erdam tila o‘granin bo‘lma ko‘vaz, Erdamsizin o‘kunsa enmago‘za anar.
Ilmli-ma’rifatli bo‘lishga undash Mahmud Koshg‘ariy ijodida yetakchi mavzulardan biri sanaladi. U kishilarni bilimli bo‘lishga, ilm olishdan aslo to‘xtamaslikka undaydi.
Ilm, hikmat o‘rgan, o‘rganishda havoyilik qilma, hech narsa o‘rganmasdan o‘zini bilimdon ko‘rsatib maqtangan kishi, imtihon vaqtida uyaladi, achinadi.
Qarg‘ish qilur umalarYunchig‘ko‘rubqonuqluq. Qo‘noq senga so‘ranib kelsa, oziq-ovqat berib kut, agar mehmondo‘stlik yomon bo‘lsa, mehmon qarg‘aydi. Mahmud Koshg‘ariy, asarida ko‘pgina o‘rinlarda mehmonni ulug‘lash, uning hurmatini joyiga qo‘yishga chaqiradi. Haqiqatan ham, mehmon otangdek ulug‘, deydi donishmand xalqimiz. Yuqoridagi misrada ham shunday ma’no ifodalangan
Begeransizinemgayur. Bu misralar orqali ijodkor hayot haqiqatlarini bayon qiladi. Hamma davrlarda ham mamlakat boshqaruvi, davlat boshqaruvi mol-dunyosi ko‘p bo‘lgan insonlarga berilgan. Chunki, boshqa insonlar uning boyligi uchun unga bo‘ysunganlar. Yuqoridagi misralarda ham shu ma’no ifodalangan:
Kimning moli ko‘paysa, u boshqalardan ko‘ra davlatni idora qilishga loyiqroq bo‘ladi.Molsiz qolgan bek odamsiz qiynaladi, odamlarni qovushtira olmaydi.Chunki odamlar uning moli uchun xizmat qiladilar.