bergan ma'qul. Agar bemorda miokardit alomatlari bo’lsa, uni qimirlatmay
yotqizib qo’yish kerak.
Bo’g’maning asosiy davosi bo’g'maga qarshi zardobni yuborishdan iborat. Bu
zardob qanchalik barvaqt qo'llanilsa, uning foydasi shunchalik yaxshi bo'ladi.
Shunga qaramay, kasallikning o'ta og’ir turlarida hatto 1-2 kunlarda ishlatiladigan
zardob ham yetarali natija bermasligi va kasallik o’lim bilan tugashi mumkin.
Zardobda oqsil modda bo’lgani tufayli, bemor organizmini allergiyaga yoki
anafilaktik reaksiyaga
olib kelishi mumkin, shuning uchun ham uni yuborishdan
oldin bemor organizmining zardobga sezuvchanligini aniqlash zarur. Bemorlarga
zardob Bezredko usuli bo'yicha, bo'lib-bo'lib yuboriladi. Kasallikning mahalliy
turlarida zardobni bir kunda bir marta yuborish kifoya, lekin og'ir
turlarida
zardobni kun davomida qayta yuborish va bir necha kun davomida qo'llashga
to'g'ri keladi.
Bo’g'mada ko'pincha boshqa a'zolarning faoliyati buziladi, shuning uchun
ularning faoliyatini qo'llab-quvvatlash maqsadida dori-darmonlar ishlatiladi. Agar
yurak faoliyati buzilgan bo’lsa, yurak glikozidlari vitamin S va V guruhi
vitaminlari qo'llaniladi.
Bemorda zaharlanish alomatlari kuchli bo’lganda gemodez, reopoliglyukin, qon
zardobi va boshqalar tavsiya etiladi. Bakteriologik tekshirishning ikki marta salbiy
javob olingandan keyingina kasalxonadan javob beriladi. Bo’g'ma tayog'chalarini
tashib yuruvchilarni ham davolash zarur. Bakteriya
tashib yuruvchilarni
antibiotiklar bilan davolash zarur.
Dostları ilə paylaş: