Kapillyarlardan qon oqishi. Bu qon oqishi juda mayda qon tomirlari
(kapillyarlar) shikastlanganda sodir bo'ladi. Teri shilliq qavati, mushak yuzi
shikastlanganda, teri qirilganda shilliq qavati chaqa bo'lib, uning yuzidagi
kapillyarlardan qon oqib turadi. Bunda qon yaraning barcha sathidan oqib chiqadi.
Qonning rangi arteriya va venadan oqadigan qon rangi o'rtasida bo'ladi. Qon ivishi
normal bo'lganda kapillyar qon oqishi o'z-o’zidan to'xtaydi.
Parenximatoz qon oqishi. Ichki parenximatoz organlar (jigar, taloq, o'pka.
buyrak) shikastlanganda undagi qon tomirlaridan juda ko'p qon oqadi, bu qon
ketish biriktiruvchi to'qimalar orasida qon tomirlarining qisqarishi qiyin bo'lgan
yerda bo'lganligi sababli, yo'li ochiq bo'lib, qon ketishining o'z holicha to'xtashi
qiyinlashadi. Bu organlar qon tomirlariga boy bo'lganidan, qon oqishi juda uzoq
davom etadi. Qonni o'z-o'zidan deyarli to'xtatib bo'lmaydi, uni operasiya yo'li
bilan to'xtatish mumkin.
III. Klinik holatiga qarab: 1. tashqi.
2. ichki
3. yashirin qon oqishi farqlanadi.
Tashqi qon ketishda qon tashqi muhitga oqib chiqadi, qon teridagi jarohat
orqali tashqariga chiqadi. Tashqi qon ketish ko'proq bo'yin, qo'1-oyoq va boshqa
joylarda kuzatiladi.
Ichki qon ketish shikastlangan qon tomirlaridan bo'shliqqa, oraliqqa, ichki
organlar joyiga va uning atrofiga tarqalish yo'li bilan namoyon bo'ladi.
Yashirin qon ketishida klinik holatlar noaniq bo'ladi, bu "tushunib bo'lmaydigan"
kamquvvatlik, tez charchab qolishlik, bosh aylanishi, ko'z oldining qorong'ilashishi
bilan kechadi. Oshqozon-ichak bo'shlig’iga qon tushsa, u jigarrang tusga kiradi,
ya'ni qondagi gemoglabin moddasi oshqozon shirasining ta'sirida ushbu rangni
beradi. Agar qon oshqozonga yoki ichakka o'tsa, axlat qorayib kо’mir rangiga
aylanadi, bu esa yashirin qon ketishining ishonarli belgilaridan hisoblanadi.
Buyrak, siydik yo'li, siydik qopi shikastlanishi qon ketisli bilan kechsa, qon
siydikda bo'ladi.