Mavzu: Qon ketishi. Qon va uning o'rnini bosuvchi suyuqliklarni quyish
REJA:
1.Qon ketishi, sabablari, tasnifi, belgilari.
2.Qon yo’qotish darajalari. O'tkir kamqonlik.
3.Qon ketishini vaqtincha va batamom to'xtatish usullari. Ichki qon ketish.
4.Qon quyish. Usullari. Qon o'rnini bosuvchi suyuqliklar.
Qon ketishi deb, qon tomirlarining mexanik shikastlanishi, biror
kasallik
oqibatida yemirilishi yoki qon ivish tizimining buzilishi, o'tkazuvchanlikning oshib
ketishi natijasida, qon tomirlaridan tashqi muhitga, atrof to'qimalarga va
ichki
bo’shliqqa qon chiqishiga aytiladi. Qon ketish ko'pincha-to'qima va
organlarga
mexanik ta'sir etish natijasida ro'y beradi (tabiiy ofat, urush, transportdan
shikastlanish, jarrohlik operasiyalari ta'sirida). Katta qon tomiri shikastlansa,
shikastlangan kishining hayoti xavf ostida qoladi. Qon ketishi qon tomiri
devorining biror kasallik oqibatida yemirilishi esa
tomirlar yoki atrof
to'qimalarining kasallanishi sababli yuz berib, ateroskleroz, yiringli
infeksiya,
spesifik yallig'lanish, o'sma va nekroz (jonsizlanishi) kasalliklari qon
tomirlarining anatomik buzilishiga olib keladi.
I. Qon ketishi kelib chiqishiga ko'ra ikki turga bo'linadi:
1.Travmatik turi-odam yarador bo'lganda, biror
joyi urilganda, shikastlanishlar
oqibatida vujudga keladi.
2.Jarrohlik turi-operasiya qilinganda qon tomirlar ma'lum darajada shikastlanadi
va qon oqadi.
Dostları ilə paylaş: