1-2 darajali kuyish yuzaki, 3
VA
4 darajali kuyish esa chuqur kuyishga kiradi.
Kuyish sathini aniqlashning har xil usullari bor zararlangan teri sathini aniqlash
uchun A. Uolies taklif qilgan 9 qoidasi ko'proq ishlatiladi: kalla va bo'yin-9%,
qo'1-9%, oyoq-18%, tana oldingi qismi-18%, orqa qismi-18%, oraliq sathi-1%.
Shuningdek kaft qoidasi bor. Kishining kafti yuza tanasining 1 % maydonini
tashkil qiladi. Kishi tanasining umumiy sathi 16000 sm 2 ga tengdir.
Kuyishning klinikasi. Mahalliy va umumiy belgilar farq qilinadi. Каttа bo'lmagan
kuyishda umumiy belgilar uncha ahamiyatli bo'lmasa, keng maydon zararlarganda
esa kuyish kasalligi kelib chiqadi. Mahalliy belgilar kuyish darajasiga bog’liq
bo'ladi. Kuyishning zararlanish chuqurligiga qarab 4 darajasi bor;
1 darajali kuyish yallig’lanish bilan kechadi. Yuqori harorat ta’sir qilgan joy
kuchli qizaradi va shishadi. Kuchli og'riq paydo bo'ladi. Bir necha kundan so'ng bu
belgilar yo’qolib, teri qo'ng’ir rang oladi. 1 darajali kuyishga quyoshdan kuyish
misol bo’la oladi.
2. Ikkinchi darajali kuyishda yallig'lanish kuchli bo'ladi, kapillyarlar kengayadi,
shish kattalashadi. Terining epidermal qavati zararlanadi, pufakcha hosil qiladi.
Pufakchaning ichi tiniq seroz suyuqlik bilan to’lgan bo'ladi. Og’riq 3-4 kun davom
etadi. Bu kuyish chandiqsiz bitadi va qaynoq suv yoki bug' ta'sirida yuzaga
keladi.
3 a -darajali kuyishda nafaqat teri balki uning chuqur qavatlari ham zararlanadi.
Pufakchalar paydo bo’ladi, ular rangsiz. qoraroq va timqora bo'ladi
3b- darajali kuyishda so’rg’ich qavat, teri osti yog' kletchatkasi zararlanadi.
4- darajali kuyishda esa chuqur to'qimalar, suyaklar zararlanadi. To'qimalar
qora ko'mirga aylanadi va amputasiyani talab qiladi.
Kuyishda birinchi yordam ko'rsatish.
1.Shikastlangan kishiga yuqori harorat ta'sir qilishini to'xtatish zarur: yonayotgan
kiyim-boshni o’chirish, shikastlangan kishini yuqori harorat zonasidan chiqarish,
tana yuzasidan tutib, tutab turgan va qizigan kiyimlarni yechib tashlash kerak.
2. Alanga olgan kiyimni suv sepib yoki biror qalin matoga o’rab o’chiriladi.
3. Kiyimlarni tez yechish uchun qirqish mumkin
4. Teri qoplamalariga zarar yetkazmaslik uchun qo’pol harakat qilmaslik lozim.
5. Kuygan yuza tez vaqt ichida bog'lam qo’yib bekitilishi zarur.
Kuygan yuzani hech narsa bilan yuvmaslik, unga qo'l tekkizimaslik, pufakchalarni
sitmaslik, yopishgan kiyim parchalarini ko’chirmaslik, biror yog' surtmaslik,
poroshok sepmaslik zarur va bemor tezlik bilan kasalxonaga yetkazilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: