Klinikasi.Lat yeganda shish, qon quyilishi, og'riq va organ funksiyasining
buzilishi qayd qilinadi. Avvaliga og'riq va yumshoq to’qimalarning zararlanishi
yuzaga keladi. Lat yegan joy biroz shishadi qizaradi va ko'karib qoladi. Shish va
qon talashlar ko'pi bilan 2-3 kunda shikastdan kcyin paydo bo'ladi. Harakat
qilganda, lat yegan sohada og'riq kuchayadi, tinch turganda kamayadi. Qon
talashning rangiga qarab qachon paydo bo'lganini aniqlash mumkin: birinchi
kunlari gematoma sohasi qizil bo'ladi so'rilish boshlangandan so'ng yashil va
sarg'ish rangga kiradi, teri ostiga quyilgan qon rangi vaqt o’tishi bilan o'zgaradi va
so'rila boshlaydi. Og’ir lat yeyishdan so'ng harorat ko'tarilishi va umumiy
holatning buzilishi qayd qilinadi.
Lal yeganda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish. Shikastlangan kishiga avvalo tinch
sharoit yaratish kerak.
Qon talashni kamaytirish va og'riqni qoldirish uchun lat yegan sohani yuqori
ko'tarib qo'yish kerak hamda muz, sovuq kompress buyuriladi (sovuq suvga
namlangan sochiq qo’yiladi), bintli bog'lam qo’yiladi. Og'riqni kamaytirish uchun
analgin yoki baralgin tabletkasi ichiriladi. Gematomaning so’rilishini tezlatish
uchun 2-3 kundan keyin issiq kompress, vanna, UVCH va massaj qilinadi.
Paylar cho’zilishi. Ko'pincha boldir-tovon bo’g'imlarining paylari cho’zilishi
sport bilan shug'ullanuvchilarda ko'p uchraydi.Oyoq qayrilib yiqilganda uchraydi.
Paylar cho’zilganda bo’g'im sohasida og'riq, oqsab yurish, oyoqni bosganda
og’riqning kuchayishi kuzatilib, ikkinchi kunlari shish, og'riq kuchayadi. Pay
cho’zilishi tizza bo’g'imlarida ham uchraydi, lekin kam uchraydi. Boldir-tovon
bo'g'imlarining paylari cho’zilishi odat bo'lib qolishi mumkin.
Birinchi yordam. Bemorga osoyishta sharoit yaratish kerak. Pay cho’zilgan
sohaga sovuq kompress qo'yish, qattiq qilib bog'lash kerak. O'sha soha qo'l ostida
bo'ladigan shinabop narsalar bilan shinalanadi.Odat bo'lib qolishini oldini olish
uchun tezda kasalxonaga yotqizish kerak.