O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi


-12 oylik bola bilan o’tkaziladigan mashg’ulot



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/118
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140719
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   118
TKK BKP qo\'llanma TashPMI @ Med I Sh

6-12 oylik bola bilan o’tkaziladigan mashg’ulot: 
Bu yoshda bolani aytilgan predmetni nigohi bilan topishi va u tarafga boshini 
o’girib qarash ko’nikmasini rivojlantiriladi. Tili chiqa boshlagan bolani 
chuvilashini takomillashtirib, talaffuz qilinayotgan bo’g’in va oddiy ”opa “,” 
ber”, ”ada” so’zlariga taqlid uyg’otiladi. Gapni tushunishni rivojlantirish uchun 
bola bilan ko’p gaplashish , atrofidagi odamlarni, predmetlarni, harakatlarni atash, 
oddiy ”qarsak”, ”qo’lingni ber”, ”xayr” harakatlarni bajarishga undaladi. Bolani 
yorqin o’yinchoqqa intiltirish, erkalab o’ziga chaqirish va bunda unga yordam 
berish orqali emaklashga (5,5-6oy), turishga (7,5oydan boshlab), suyanchiq bilan
(6-9oy)va suyanchiqsiz yurishlarga(11-12oy) o’rgatiladi. 
Bolani yaxshi emotsional holatini saqlash, ruhini ko’tarish va barkamol 
o’sishini ta'minlash maqsadida u bilan ko’p shug’ullanib har xil ”quvla-
quvla”,”chapak chalish”,”bekinmachoq o’ynash» kabi o’yinlar o’tkaziladi.
Bolani atrofga qiziqtirib predmetlar bilan oddiy harakatlar ko’rsatiladi. Yil 
oxirida bola 10ga yaqin so’z talaffuz qiladi.Bu yoshda bolalarga turli o’yinchoqlar 
rang-barang, tovush chiqaruvchi, turli materialdan tayyorlangan hayvonlar, 
qushlar,baliqlar, qo’g’irchoqlar , matreshkalar, koptoklar kerak. Mayda 
o’yinchoqlar va predmetlar (piramidalar,sharchalar va x.k) berish mumkin emas, 


49 
chunki bolalar ularni og’ziga soladilar. O’yinchoqlar mustahkam , oson 
yuviladigan bo’lishi kerak. Kun davomida o’yinchoqlarni almashtirib turish, 
kichkintoyni mustaqil o’ynashga o’rgatishga harakat qilish maqsadga muvofiqdir. 
O’yinchoqlarni har kuni yuvish, shu bilan birga bolalarni ozodalikka o’rgatish 
lozim. 
Bola hayotinig ikkinchi yilidagi mashg’ulotlar: 
Bolaning harakatga nisbatan bo’lgan tabiiy ehtiyojini qondirish zarur, 
nutqning o’sishini rag’barlantirib atrof muhitga bo’lgan tushunchasini 
kengaytirish,tushunadigan so’zlarni sonini ko’paytirib,hodisalarni ifodalash 
tushunchasini 
o’stirib,ularni 
narsalar 
bilan 
bog’lashini 
(mashina-“bi-
bi”,yomg’ir”chiq-chiq”, qo’g’irchoq uxlayapdi –“bay-bay”), ya'ni mu'ayyan 
haqiqiy fikrlashni rivojlantirish, kattalar nutqini diqqat bilan tinglashni o’rgatish va 
savollarga javob berish, topshiriqlarni bajarish, nutq muomalasiga ehtiyojni va o’z 
so’z boyligini oshirish, talaffuz qilinuvchi so’zlarni birinchi yarim yillikda 30 ta 
oddiy so’zga yyetkazish va ovozga taqlid qilishni tarbiyalash, ikkinchi yarim 
yillikda -100 tagacha murakkab so’zlarni , nafaqat otlarni va fe'llarni , balki 
predmetlar sifatini orasidagi munosabatlarni (hol,sifat) o’rgatish nutqda 2-3 
jumlani ishlatishga o’rgatish , harakatlar rivojlanishini rag’batlantirish, syujetli 
o’yinlarga o’rgatish zarur. Musiqa mashg’ulotlarining o’tkazishning asosiy 
maqsadi - qo’shiq so’zlarini tinglash ko’nikmalariga o’rgatish, ovozga taqlid 
qilishga va eng oddiy qo’shiq ohanglarini takrorlashga ko’nikma hosil qilish ritm 
sezgisini rivojlantirish, o’yin va raqs harakatlarini o’zlashtirishdir. 
Tavsiya qilinadigan o’yinchoqlar va qo’llanmalar: matreshkalar , piramidalar, 
paqirchalar, chambaraklar,aylana halqalar, koptoklar. O’yinchoqlar: kiyintirilgan 
qo’g’irchoqlar, qo’g’irchoq mebellari, alyumin idish-tovoqlar, o’yinchoq 
hayvonlar, sodda qurilish materiallari, turli mashinalar, kubiklar, bir yarim 
yoshdan boshlab - qum, ikkinchi yoshning oxirlarida-o’yin uchun suv kerak. Ikki 
yoshli bolalar o’ynashlari uchun xonaning burchagi maxsus jihozlanadi, toza 
gilamcha to’shaladi, chunki bu yoshda bola yakka o’zi polda o’ynashni yoqtiradi. 
O’yinchoqlar o’tkir qirrali va og’ir bo’lmasligi kerak. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin