O‘zbekiston respublikasi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə164/183
tarix10.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#128011
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   183
педагог диагнос ва коррекция дарслик 2023 27 03

Inklyuziv ta’lim (ing. “inclision” – o‘z ichiga olish, kiritish, uyg‘unlashtirish) davlat siyosati bo‘lib, nogironligi yoki boshqa sabablar tufayli (tarbiyasi og‘ir, yetim bolalar, turli hil kasalliklarga chalingan ijtimoiy himoyaga muhtoj mayda millat bolalari) maxsus yordamga muhtoj bo‘lgan bolalarni sog‘lom tengdoshlari bilan birga umumta’lim muassasalarida o‘qitish va tarbiyalashni ko‘zda tutadi.
Intervyu metodi – respondent e’tiboriga turkum savollarni havola etish orqali uning tadqiq etilayotgan muammo, yoki umumiy muammoning biror jihatini yorituvchi hodisaga nisbatan munosabatini o‘rganish metodi.
Yo‘naltirish – shaxsning ish-harakati yoki faoliyatini aniq maqsad asosida muayyan tomonga burish, ma’lum yo‘lga solish.
Kasbga yo‘naltirish – yoshlar, shu jumladan, o‘quvchilarning shaxsiy layoqat, qiziqish va qobiliyatlari, shuningdek, ayni vaqtning o‘zida jamiyatning turli kasb mutaxassislari va ularning malaka darajasiga bo‘lgan talablarini inobatga olgan holda aniq maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat asosida tashkil etiluvchi ularni muayyan kasbga tayyorlash jarayoni.
Kasb – maxsus tayyorgarlik va ish tajribasi natijasida ma’lum bir sohada mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun lozim bo‘lgan nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikma, malakalar majmuasini egallagan, jismoniy, aqliy qobiliyat va yuridik huquqlari ta’minlangan mehnat faoliyati (mashg‘uloti)ning turi; muayyan shaxsiy sifatlarga tayanilgan holda tashkil etiluvchi mehnat faoliyati, mashg‘ulotning ko‘rinishidir130.
Kasbiy qiziqish – o‘quvchilarning muayyan kasb yoki hunar asoslarini o‘rganishga bo‘lgan intilishi, havasi.
Kasbiy qobiliyat o‘quvchilarning u yoki bu kasb, hunar yo‘nalishida amaliy faoliyatni tashkil eta olish layoqati.
Kontent-tahlil metodi (inglizcha “contens”–mazmun) – hujjatlarda aks ettirilgan turli dalillar va an’analarlarni aniqlash yoki o‘lchash maqsadida ularning mazmunini sifat hamda miqdor ko‘rsatkichlari asosida tahlil qilish usuli.
Korreksion pedagogika” (“Maxsus pedagogika”) – rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o‘qitish metodlariga asoslangan, imkoniyatlari cheklangan bolalarni rivojlantirish jarayonini boshqarishni o‘rganuvchi fan.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin