O‘zbekiston respublikasi



Yüklə 176,61 Kb.
səhifə15/39
tarix01.01.2022
ölçüsü176,61 Kb.
#107044
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39
boshlangich sinf oquvchilarni jismoniy rivojlanganlik va tayyorgarlik korsatkichlari

Chanoq suyagi himoya va tayanch vazifasini bajaradigan yassi suyaklar guruhiga kirib, 3 qismdan tashkil topgan: yonbosh, qov suyagi, o‘tirgich suyak. 16 yoshgacha bu suyaklar alohida bo‘lib, o‘zaro tog‘aylar vositasida birikadi. 8 yoshda qov va o‘tirgich suyaklarining shoxlari o‘zaro suyaklanadi. 14-16 yoshlarda esa sirka kosachasi soxasida uchchala suyak tanasi qo‘shilib, yakka chanoq suyagini tashkil etadi.

Son suyagi naysimon suyaklar guruhiga kirib, uning yuqori uchida boshcha, boshcha yuzasidagi chuqurcha va bo‘yin qismi bo‘ladi. Chaqaloqlarda son suyagining tanasi suyaklardan, qolgan soha esa tog‘aydan iborat. Son suyagining to‘liq suyaklanib ketishi 14-16 yoshlarda bo‘ladi. Tizza qopqog‘i suyagi sonning to‘rt boshli mushagi payining ichida joylashgan sesamasimon suyaklar turkumiga kiradi.

Boldir sohasida ikkita suyak joylashadi. Ichki tarafda katta boldir suyagi, tashqi tarafda kichik boldir suyagi joylashadi. Katta boldir suyagining yuqori uchida ichki do‘ngsimon o‘simta va tashqi do‘ngsimon o‘simta bo‘ladi. Kichik boldir suyagining yuqori uchida boshcha, katta boldir suyagi bilan bo‘g‘im hosil etuvchi yuza, uning boshchasi va tanasi o‘rtasida bo‘yin qismi bo‘ladi. Kichik boldir suyagining suyaklanib ketishi 20-22 yoshlarda yakunlanadi.

Oyoq panjasi 3 guruh suyaklardan tashkil topadi: oyoq panjasining kaft ust suyaklari, kaft suyaklari va barmoq suyaklari. Oyoq panjasinining kaft ust suyaklari 2 qator suyaklardan tashkil topgan. Oyoq panjasidagi suyaklarning suyaklanish nuqtasi tovon suyagida embrion taraqqiyotining 6 oyida, oshiq suyagida embrion taraqqiyotining 7-8 oyligida, kalta naysimon suyaklarning epifiz sohasida suyaklanish nuqtasi 2-3 yoshlarda hosil bo‘lib, suyaklanib ketishi 20-25 yoshlarda bo‘ladi.


Yüklə 176,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin