O‘zbekiston respublikasining saylov kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini Markaziy saylov komissiyasi tomonidan



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/65
tarix15.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#125370
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   65
25.06.2019. O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi

39-modda. Imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini Markaziy saylov komissiyasi tomonidan
tekshirish
Siyosiy partiyalar taqdim etgan imzo varaqalarining to‘g‘ri to‘ldirilganligi Markaziy saylov
komissiyasi tomonidan besh kunlik muddatda tekshiriladi. Saylovchilar imzolari zarur sonining
kamida o‘n besh foizi va imzo varaqalariga imzolarini qo‘ygan saylovchilar to‘g‘risidagi tegishli
ma’lumotlar tekshirilishi lozim.


Tekshirish uchun saylovchilarning har bir siyosiy partiyani yoxud O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentligiga nomzodni qo‘llab-quvvatlab berilgan imzolari bir xil miqdorda, har bir ma’muriy-
hududiy tuzilmadan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahridan) teng nisbatda
tanlab olinadi.
Markaziy saylov komissiyasi imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshiruvchi Ekspert
guruhini tuzishi mumkin. Ekspert guruhi tarkibiga ichki ishlar organlarining, adliya organlarining
mutaxassislari, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlari vakillari jalb etiladi. Imzo varaqalarini
tekshirishda siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari ishtirok etadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tanlab olingan imzo varaqalarining chorak
qismidan ko‘prog‘ini tekshirish natijasida imzo varaqalari qonun buzilgan holda tuzilganligi
aniqlansa, mazkur imzo varaqalari siyosiy partiyaning vakolatli vakiliga qaytariladi va unga
kamchiliklarni bartaraf etish uchun ikki kunlik muddat beriladi. Agar qo‘llab-quvvatlovchi
shaxslarning (saylovchilarning) imzolari soni belgilangan eng kam miqdordan yana oz bo‘lib
chiqsa, mazkur imzo varaqalari to‘lig‘icha haqiqiy emas deb topiladi. Mazkur holda Markaziy saylov
komissiyasi siyosiy partiyaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni ro‘yxatga olishni
yoki Qonunchilik palatasi deputatlari saylovida ishtirok etish huquqini rad etadi.
(39-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 31-maydagi O‘RQ-691-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2021-y., 03/21/691/0508-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
38-moddasi
.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin