O„zbek xalqi etnogenezi. O‘zbek xalqining kelib chiqishi (etnogenezi) nihoyatda murakkab va juda uzoq tarixga ega
bo‘lgan jarayondir. Bu sohada fan hozirgi kunga qadar ma‗lum yutuqlarga erishgan. Xususan,
Farg‘ona vodiysidagi Selung‘ur va Surxondaryodagi Teshiktoshdan topilgan qadimgi
ajdodlarimiz qoldiqlari O‘zbekistonning Afrika va Old Osiyo hududlari bilan bir qatorda,
hozirgi zamon odamlarining paydo bo`lishi jarayoni yuz bergan hudud tarkibiga kirishi fanda
uzil-kesil isbotlangan. Ayrim olimlar tomonidan bildirilgan Markaziy Osiyo, jumladan,
O‘zbekiston qadimiy davrlardagi mongolid irq shakllangan hududga kiradi, degan fikrning
ilmiy asossizligini tasdiqladi. O‘zbek xalqining kelib chiqishi tarixini o‘rganish qancha uzoq
ya‗ni eng qadimgi davrlardan boshlansa, shunchalik uning tarkibida hozirgi kunga qadar
saqlanib kelinyoetgan irqiy va etnik unsurlarning xalq tarkibiga kirgan davr va uning nisbiy
miqdori to‘g‘risida kengroq fikrga ega bo‘lamiz. Keyingi davrda o‘tkazilgan tadqiotlarda,
Markaziy Osiyoda, jumladan hozirgi O‘zbekiston hududida yashagan ibtidoiy aholining
antropologik jihatdan yevropeid irqining janubiy yoki O‘rta Yer dengizi pushtiga yaqin ekanligi
isbotlangan. O‘zbeklarning janubiy yevropeid irqining o‘ziga xos pushti ekanligi janubiy
O‘zbekistonda kashf etilgan. Markaziy Osiyodagi eng qadimiy muste davriga oid paleolit
bolaning Teshiktoshda topilgan suyak qoldiqlari orqali isbotlash mumkin. mazkur irqqa uxshash
tiplarning O‘rtaer dengizi, Old va Janubiy Osiyoning ayrim rayonlarida topilishi diqqatga
sazovordir.O‘zbek xalqiga xos Markaziy Osiyo ikki daryo oralig‘i irqining shakllanish davri,
makoni tarixi masalalarida fanda yaqin-yaqingacha yagona fikr yo‘q edi. Bir guruhi olimlar bu
irq bundan 6-8 ming yil ilgari, ikkinchi guruhi mutaxassislar 3 ming yil ilgari shakllangan
desa, uchinchi guruhi olimlari esa, XVI asrlarda shakllandi deb hisoblar edilar. Antropologik
izlanishlar natijasida mualliflar ikki daryo oralig‘idagi irqning shakllanishi, juda boy
antropologik ma‗lumotlar asosda, bundan 2200-2300 yil ilgari boshlanganligini isbotlaydilar.
Qator ilmiy asarlarda o‘zbek xalqining shakllanishida bir qator muhim davrlar sanab o‘tilgan.
Bula r qatorida Ahamoniylar, Iskandar Zulqarnayn, Arab halifaligi, mo`g‘ullar istilosi tilga
olinadi. Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekiston xalqlari madaniyatiga, tiliga, turmush
tarziga,tabiiyki, ta‗sirini o‘tkazgan. Ammo bu yurishlarning xalqlarni irqiy va etnik tarixiga
ta‗siri o‘ta kam bo‘lganligini alohida ta‗kidlash kerak.
Antropologik nuqtai nazardan qaraganda, ular "xalq qonini" yoki genetikasini tubdan
o‘zgartira olmaganlar, o‘zgartirishlari ham mumkin emas edi. Chunki hech qachon kelgindilar
aholidan ustun bo‘lishi mumkin bo‘lmay, balki ko‘p sonli aholi tarkibiga singib ketgan. aholi,
xususan O‘zbekiston hududida, barcha tarixiy davrlarda (maxsus antropologik tadqiqotlarning
ko‘rsatishicha) xalq kelgindi aholidan hamisha ustun bo‘lgan. Bu masalaga Birinchi Prezident
I.A.Karimov tarixchi olimlar bilan uchrashuvda aniq va ravshan hamda mutlaqo inkor etib
bo‘lmaydigan nuqtai nazarini bildirib, fikrimizcha oxirgi nuqtani qo‘ydi.
O‘zbek xalqining etnik shakllanishi tarixi asosan uchta tarixiy davrga bo‘linadi. Birinchi
davr: Miloddan avvalgi birinchi ming
yillikdan milodiy usha asrgacha
bo‘lgan davrni ichiga oladi. Mil.avv.
asrlarda
Markaziy
Osiyo
dasht
mintaqalarida hozirgi o‘zbek xalqiga
xos antropologik qiyofa shakllana
boshlagan. Bu esa fanda yaqingacha