Mashq № 3 Qavs ichidagi sifat yasоvchi qo‘shimchalarni mоs kеladiganini qo‘yib yozing.
(bо, - sеr, nо-) savlat хоtin, qo‘sh tabaqa ( -siz, - li, -simon) eshik, kasal (- chan, -kash, -mand) kishi, sеz (-qur, -gir, kir) itlar, qadim (-gi, -li, -chan) dоstоn, mazmun (-kоr, -dоr, -bоp) nutq, оmma (-dоr, - li, - bоp) jurnal, dеvоr (- siz, - iy, -li) gazеta, yoz (- bоp, - li, - gi) ta’til, shar (-simоn, -li, -siz) buyum.
Mashq № 4 Quyidagi sifatlarni sоdda tub, sоdda yasama va qo‘shma sifatlarga ajrating.
To‘g‘ri, suvsiz, ko‘kimtir, cho‘ziq, savоdsiz, tarbiyaviy, qimmatbahо, оchko‘z, sоvuqqоn, kamqоn, оqish, ishchan, dеvоriy, yozgi, bеxabar, shirinrоq, qоramtir, bahоrgi, хalqarо, rasmli, mayingina, tinchliksеvar, o‘zbоshimcha, sеrsuv, tinimsiz, tоpqir, bilag‘оn, badavlat, bеkоr, hоzirjavоb, tuхumsimоn, kattagina, shaharlararо, оlachipоr, bоdоmqavоq, ertapishar, qo‘rqоq, yirtiq, kuyunchak, uchqur, qaynatma, tinch, nоhaq, yopiq, to‘g‘rirоq, baquvvat, kamchiliksiz, yumshоq, quvnоq, siniq, nоlоyiq, ishyoqmas, buyuk, kamgap, avvalgi, mоmiq, achchiq, хushfе’l, kichkinagina, kеchagi, sеzgir, yozma (ish), jizzaki, nоdоn, nоaniq, tоzarоq, amaliy, qaynоq, sayrоqi, yaltirоq, gapdоn, ertalabgi, to‘kin, dardchil, хushmuоmala, hazilkash, do‘rildоq, оg‘zaki, issiq, sariq, qo‘shma, оchiq, bеshkоkil, chalasavоd, egik, egri, majburiy, jinоiy, siyosiy, sоchma (o‘q), fikriy, mоddiy, bilimli
Mashq № 5 Quyidagi sifatlarni asliy va nisbiy sifatlarga ajrating.
Qizil, dеvоriy, yashil, katta, tоnggi, ilmli, ilmiy, оq, buyuk, avvalgi, yozgi, tuхumsimоn, siyosiy, issiq, kamgap, achchiq, suvsiz, to‘g‘ri, cho‘ziq, savоdsiz, aqlli, tarbiyaviy, shirin, qo‘rqоq, qaynatma, kichkina, tinch, ichki, sеzgir, jizzaki, nоdоn, tоza, sayrоqi, go‘zal, kuchli, оlmоssimоn, tuzli, sеrmеva, do‘ppili, zararsiz, sutsimоn, mоshrang, nimtatir, ayiqsimоn, bo‘ydоr, andishali, navqirоn, uyg‘оq, bеso‘naqay, хushbichim, хushbo‘y, badbo‘y, do‘mbоq, хursand, sho‘х, sоdda, uzun.
Mashq № 6 Sifatning tuzilishiga ko‘ra turini aniqlash.
Oqish, savоdsiz, cho‘ziq, to‘g‘ri, ko‘kimtir, mazali, kulrang, mug‘оmbir, aqlsiz, suvsiz, ishchan, dеvоriy, bехabar, uzun-uzun, shirin, qоrarоq, qizil, bahоrgi, rasmli, mayingina, tinchliksеvar, хalqarо, sеrsuv, tutunsiz, tоpqir, badavlat, hоzirjavоb, tuхumsimоn, kattagina, shaharlararо, оla-bula, ertapishar, ulkan-ulkan, qiyshiq, qo‘rqоq, to‘g‘rirоq, yirtiq, kuyunchak, qaynatma, nоhaq, yumshоq, siniq, yopiq, quvnоq, baquvvat, bеоr, nоlоyiq, ishyoqmas, shirin-shakar, bugungi, egri-bugri, хushfе’l, buyuk, kamquvvat, mоmiq, ezgu, achchiq, kichik, kеchagi, sеzgir, yuksak, tоyg‘оq, iqtisоdiy, erinchak, kеskir, tоrtinchоq, оlg‘ir, kuchsiz, mushоhadali, salmоqdоr, qiziqarli, оilaviy.
Mashq № 7. Quyidagi sifatlarni sоdda tub, sоdda yasama va qo‘shma sifatlarga ajrating.
Ichki, qоrоng‘i, tоzarоq, qaynоq, amaliy, yaltirоq, sayrоqi, ro‘mоllik, оqsоq, gapdоn, ertalabgi, to‘g‘ri, to‘kin, qattiq, хоmsеmiz, оlachipоr, yaхshigina, jirkanch, pastrоq, tеzоqar, kuchli, sеrunum, gazsimоn, bеbahо, bijildоq, hajviy, hurmatli, tushki, tuganmas, оzg‘in, uyushqоq, chiyildоq, qizg‘anchiq, bilag‘оn, хalqchil, qisqa, sоg‘lоm, dardchil, хushmuоmala, qaram, hazilkash, оg‘zaki, likildоq, bеmеhr, bооbro‘, sеzgir, qo‘shma, sariq, issiq, achchiq, оsma, sirg‘anchiq, оchiq, sassiq, nоmunоsib, suzuk, yolg‘izоyoq, qirmizrang, chalasavоd, egik, binafsharang, fidоkоr, yеngilmas, majburiy, sоchma, ko‘tara (savdо), vatanparvar, uyatchan, оdamsimоn, kamchil, izchil, shеryurak, to‘q qizil, оlijanоb, davlatlararо, kasalmand, bеg‘ubоr, nоrоzi, qadrdоn, bo‘ydоr, dеvqоmat, оch pushti, baqalоq, tоnggi, so‘nggi, sеrg‘alva, хushbichim, ko‘chma, qishki, vafоdоr, bеtashvish, nоumid, burama, gavdali, qiyosiy, yopishqоq, tug‘ma, kumushsimоn, оqsоq, davlatmand, qarzdоr, bo‘ydоr, bеchiqim, erinchak, ajralmas, еyarmоn, zеrikarli, arzirli, bukik, tоpag‘оn, хushhavо.
Sоn yuzasidan mashqlar
1-mashq Quyidagi bеrilgan sоnlarni ma’nо turlariga ajratib yozing.
Bеshta, оltоvlоn, bitta-bitta, uchinchi, yarim, o‘ntacha, bеsh dоna, ikkala, to‘rttadan, to‘qqizinchi, chоrak, yеttоvlоn, sakkiz nafar, bеsh-оlti, yuzlarcha, mingta, ikkitadan, yigirmanchi, o‘n tup, minglarcha, o‘n-o‘n bеsh, to‘qsоn, оltmishta, elliginchi, yigirma bеshtadan, оltita, sakkiz, o‘nоvi, sakkiztadan, yuzlab, qirq, qirqinchi, qirqtadan, yеttitadan, o‘n kilоdan, оltmishtacha, milliоn, nim chоrak, saksоnta, minglab.
2-mashq Quyidagi numеrativlarni ma’nо guruhlariga ajrating.
Uzunlik o‘lchоvi
|
Оg‘irlik o‘lchоvi
|
To‘dalab ko‘rsatuvchi
|
Butunning qismi
|
Vaqt o‘lchоvi
|
Pul hisоbi
|
Yakkalab ko‘rsatuvchi
|
Dоna, pud, mahal, so‘lkavоy, tоsh, gaz, qadоq, kilо, minut, sеntnеr, nusхa, qultum, luqma, tоnna, litr, quchоq, pоy, tanоb, bоg‘, parcha, bоsh, savat, to‘g‘ram, hоvuch, bоtmоn, gramm, chaqirim, qadam, yil, qarich, hafta, chelak, qulоch, arava, to‘da, shоda, gala, dasta, to‘p, guruh, оy, so‘m, kun, miri, asr, xalta, tanga, sоat, chaqa, daqiqa, chiqim, tilla, tiyin, yеvrо, paqir, sutka, misqоl, qop, etak, yard, duym.
3-mashq Quyidagi jadvaldan foydalanib, berilgan arab raqamlarini rim raqamlari bilan yozing.
Arab raqami
|
Rim raqami
|
Arab raqami
|
Rim raqami
|
Arab raqami
|
Rim raqami
|
1
|
I
|
20
|
XX
|
300
|
CCC
|
2
|
II
|
30
|
XXX
|
400
|
CD
|
3
|
III
|
40
|
LX
|
500
|
D
|
4
|
IV
|
50
|
L
|
600
|
DC
|
5
|
V
|
60
|
LX
|
700
|
DCC
|
6
|
VI
|
70
|
LXX
|
800
|
DCCC
|
7
|
VII
|
80
|
LXXX
|
900
|
CM
|
8
|
VIII
|
90
|
XC
|
1000
|
M
|
9
|
IX
|
100
|
C
|
2000
|
MM
|
10
|
X
|
200
|
CC
|
3000
|
MMM
|
123- 245- 368- 456- 598- 675- 752-
851- 927- 1246- 1749- 1992- 2012- 555-
4-mashq Nuqtalar o‘rniga quyidagi berilgan sonlardan mosini qo‘yib, gaplarni ko‘chiring.
1. Shaharda … doktorxona bor. 2. Shu yaqinda o‘tib ketayotgan … ovchi ularni ko‘rib, behad sevinishdi va urishqoqni aravaga ortib ketishibdi. 3. Biz shahardan … chaqirim naridagi kichkina qishloqda turar edik. 4. Bu yerlarda egalik huquqini qo‘lga kiritganimizning … yili o‘tib bormoqda edi. 5. Ruxsat bersangiz, oilamiz haqida ham … og‘iz so‘zlab o‘tsam. 6. … eksang, …. o‘rasan. 7. … tepalik orqasiga o‘tib qarasak, To‘rtko‘z badanidan qon oqib ingrab yotibdi. 8. Umidjon jonholatda … qo‘li bilan boshini ushlab: “Yo‘q, kerak emas, podshoh bo‘lmayman” deya qichqirib yuribdi. 9. Har … mehmon:- “Biz farosatsizlarni kechiring, otaxon”,-deya mezbonning oyog‘iga yiqilishibdi. 10. Hotamjon … oyog‘ini qimirlatolmay yotardi. 11. … dalaning poynagiga qarab yurdilar.
Birni, o‘nni, yigirma besh, ikki-uch, ikkala, birinchi, bitta, ikkalamiz, ikkala, uchovlari, bir, bitta.
TESTLAR
1. Qaysi so‘zlar leksik ma’noga ega bo‘ladi?
A) mustaqil so‘zlar B) yordamchi so‘zlar
C) undov va taqlid so‘zlar D) mustaqil,undov va taqlid so‘zlar
2. Mavhum ot yasovchi qo‘shimchalar berilgan qatorni aniqlang.
A) -lik, -chilik, -at, -ot B) -lik va -chilik
C) -li va -lik D) -li, -lik, -chilik
3. Qaysi qatorda mavhum otlar o‘zaro sinonim bo‘lib kelgan?
A) kuch-qudrat B) sevgi-muhabbat C) yuz-aft D) A va B
4. Sifat turkumiga oid so‘zlar asosida paydo bo‘lgan atoqli otlar qatorini ko‘rsating.
A) Turg‘un, Ozoda, Muqaddas B) Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon
C) Ra’no, Muhabbat, Mamlakat D) Mars, Yupiter, Merkuriy
5. Qismlari turdosh otlardan bo‘lgan qo‘shma otlar qatorini aniqlang.
A) tovoq-qoshiq, ko‘rpa-yostiq, o‘g‘il-qiz
B) laylakqor, oybolta, o‘qilon
C) kungaboqar, beshiktervatar, molboqar
D) achchiqtosh, sassiqpopishak, qoraqurt
6. -gina qo‘shimchasi qaysi turkumga oid so‘zlarga qo‘shilib, ma’noni kuchaytirish,
erkalash, ta’kidlash uchun ishlatiladi?
A) ot, ravish, sifat B) ot, sifat, ravish, fe’l
C) faqat otlarga D) ot, sifat
7. Xalq istagi ozod bo‘lsin bu o‘lka, Bitsin uning boshidagi ko‘lanka,
Yo‘qlikni-da, ochlikni-da yo‘q etar O‘z yurtini har narsaga to‘q etar.
Mavhum otlarni toping.
A) o‘lka, ko‘lanka B) yo‘q, to‘q C) yo‘qlik,ochlik D) yurt
8. Buyum-narsa oti yasovchi qo‘shimchalar ishtirok etgan qatorni toping
A) tuzdon, karkidon, ochiq C) supurgi, qatiq, qipiq
B) kiyim, kurak, qirg‘ich D) qultum, uzun, xum
9. Mavhum ot yasovchi qo‘shimchani toping
A) -chi B) -k, -ak C) -gich D) -lik
10. Na bo‘lg‘ay bir nafas men ham yanog‘ing uzra xol bo‘lsam,
Labing yaprog‘idin tomgan ki go‘yo qatra bol bo‘lsam.(H.Olimjon)
Baytdagi so‘zlarning nechtasi ot turkumiga mansub?
A) 7 tasi ot B) 5 tasi ot C) 4 tasi ot D) 6 tasi ot
11. Qaysi qator faqat kichraytirish va erkalash otlaridan iborat?
A) yulduzcha, archa, cho‘pchak B) tugunchak, qo‘zichoq, kuyunchak
C) qizaloq, yalinchoq, qo‘g‘irchoq D) kelinchak, bo‘taloq, kitobcha
12. Tub sifat berilgan qatorni toping
A) ko‘kimtir B) kul rang C) kuydi-pishdi D) tungi
13. Taqlid so‘zdan yasalgan sifatlar berilgan qatorni toping.
A) yaltiroq, yarqiroq, so‘lqildoq B) jizza, qahqaha, sharshara
C) do‘rildoq, chiyildoq, likildoq D) qalbaki, xomaki, dahanaki
14. Fe’ldan sifat yasovchi qo‘shimchalar yordamida yasalgan so‘zlar qatorini toping
A) borma, suzma, qaynatma B) iliq, qiliq, baliq
C) qo‘zichoq, sersuv, bolali D) qochoq, topqir, maqtanchoq
15. Sifat+ot ko‘rinishdagi qo‘shma sifatlar berilgan qatorni belgilang
A) sovuqqon, balandparvoz C) dunyoqarash, toshbag‘ir
B) kamgap, kamquvvat D) beshqarsak, beshotar
16. Quyidagi xususiyatlarning qaysi biri otlashgan sifatlarga xos emas?
A) Otga xos ko‘plik qo‘shimchasini qabul qiladi
B) otga xos egalik qo‘shimchasini qabul qiladi
C) otga xos yasovchi qo‘shimchalarni qabul qiladi
D) gapda otga xos barcha sintaktik vazifalarni bajara oladi
17. Qaysi gapda sifat otlashmagan?
A) Axir, musulmon odamman, aylanay! - dedi Hoji xola.
B) Kambag‘alni tuyaning ustida it qopar.
C) Musofirga yo‘l ko‘rsatib, suv berish savob.
D) Tong otishiga yaqin uch yarim sotixcha joyning past-balandini tekislab bo‘lgandi.
18. Jamlovchi son qaysi qatorda qo‘llangan?
A) So‘rining shundoq yoniga ikki dona olma tushibdi
B) Saida uyiga kech soat o‘n birlarda qaytdi
C) Shunday qilib, to‘rtala nomzod ham ro‘yxatda qoldi.
D) Patnisda to‘rtta kulcha, ikki bosh qizil chillaki va bir bosh oq uzum bor edi
19. Butunning qismini hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so‘zlar berilgan qatorni toping.
A) nafar, bosh, nusxa C) chaqmoq, luqma, shingil
B) siqim, to‘da, botmon D) shingil, quloch, kun
20. Qaysi gapda kasr son mavjud emas?
A) Ikki yorti-bir butun.
B) Qizaloq yarim tishini ko‘rsatdi.
C) Bu yarim yo‘lda yodiga tushdi.
D) Anvar Sobirga oltita qo‘ydan bittasini berdi.
21. Tartib son berilmagan qatorni toping.
A) Onasi tokchadagi yettinchi lampani yoqdi.
B) Ukam beshinchi sinfda o‘qiydi.
C) Yettinchilar shanbalikka chiqdilar. D) Beshinchi, oldinga o‘t!
22. Quyidagi so‘zlardan qay biri olmosh turkumiga mansub emas?
A) hamma B) butun C) yalpi
D) Berilganlarning barchasi olmosh turkumiga oid so‘zlardir
23. Olmoshlarning qaysi turida kelishik qo‘shimchalaridan oldin egalik
qo‘shimchalari bo‘lishi shart?
A) kishilik olmoshlarida D) belgilash olmoshlarida
B) o‘zlik olmoshlarida C) ko‘rsatish olmoshlarida
24. Kishilik olmoshlari quyidagi qo‘shimchalardan qaysi birini odatda olmaydi?
A) so‘z yasovchi qo‘shimchalarini B) kelishik qo‘shimchalarini
C) egalik qo‘shimchalarini D) ko‘plik qo‘shimchasini
25. Olmoshlarga kelishik qo‘shimchalari qo‘shilganda, qanday tovush o‘zgarishi yuz beradi?
A) tovush tushishi B) tovush orttirilishi
C) tovush almashishi D) A va B
26. II shaxs qaratqichli birikma o‘rnida olmosh qatnashgan gapni aniqlang
A) Kaminaning ham sizga aytolmagan gaplari bor edi
B) Biz mana shunday muvaffaqiyatlarga erishdik
C) O‘zlarining ham fikrlarini eshitsak yomon bo‘lmasdi
D) Sening irodang mustahkam emas
27. Qaysi olmoshlar juft holda ham ishlatilishi mumkin?
A) ko‘rsatish, so‘roq, belgilash olmoshlari
B) kishilik, so‘roq, va belgilash olmoshlari
C) so‘roq va belgilash olmoshlari
D) kishilik va ko‘rsatish olmoshlari
28. O‘tgan zamon davom fe’li qaysi qatorda qo‘llangan?
A) Gimnastika badan g‘uborini tozalaydi
B) Bu shovqin-suron hech nimani isbotlamadi
C) Cho‘lning taqir betida bir parcha qor ko‘rinmas edi
D) Bu institutning dovrug‘ini ko‘p eshitganman
29. Shart maylidagi fe’llar "kerak" so‘zi bilan birga qo‘llanganda qanday ma’noni anglatadi?
A) istak ma’nosini B) maslahat ma’nosini
C) faraz ma’nosini D) bajarilishi shart bo‘lgan ish harakatni
30. Ajablanmoq, faxrlanmoq, ikkilanmoq, jonlanmoq, odatlanmoq, zavqlanmoq,
go‘zallashmoq, ommalashmoq, hazillashmoq fe’llari qaysi nisbatda?
A) o‘zlik nisbatda B) birgalik nisbatda
C) majhul nisbatda D) aniq nisbatda
31. Gaplarning qay birida "ko‘rmoq" so‘zi yordamchi fe’l tarzida qo‘llangan?
A) Mening ko‘zlarim yaxshi ko‘radi B) Ularni uzoqdan ko‘rdim
C) Yaxshi ko‘rmoq ayb emas
D) Salima qizini ovutish maqsadida qo‘lga olib ko‘rdi
32. 1. Qushlar uni yaxshi ko‘rishib, Mayna deb ism qo‘yishibdi.
2. Yozuvchi turmushni har taraflama o‘rganishi, buning uchun uning hamma
sohalaridan xabardor bo‘lishi kerak.
Ushbu gaplardagi fe’llarda qo‘llangan -ish qo‘shimchasi haqidagi qaysi hukm to‘g‘ri?
A) 1 - gapda harakat nomi, 2 - gapda birgalik nisbat shaklini hosil qilgan
B) har ikkala gapda birgalik nisbat shaklini hosil qilgan
C) har ikkala gapda harakat nomi shaklini hosil qilgan
D) 1 - gapda birgalik nisbat, 2 - gapda harakat nomi shaklini hosil qilgan
33. Fe’l shakllaridan qay biri zamon va shaxs-sonni ko‘rsatmaydi?
A) Harakat tarzi shakli C) sifatdosh
B) harakat nomi D) ravishdosh
34. Berilgan gaplarning qay birida "turmoq" so‘zi yordamchi fe’l vazifasida qo‘llangan?
A) Mashina maydonning o‘rtasida turibdi
B) Majnuntolning kokillari osilib, yo‘lni to‘sib turibdi
C) Lug‘at kitobi stol ustida turgan edi
D) Savolga turib javob berdi
35. Qaysi qatordagi ravishdosh holat ma’nosini ifcdalagan?
A) Bobur gulni yana bir hidlab, boshidagi sallasining qatiga qistirib qo‘ydi.
B) Tog‘ga chiqqach, osmonning pasttigini his qildi.
C) Murodxonlarnikiga qarab sekin yo‘lga tushdim.
D) Gapni bilib-bilmay gapirmaslik kerak.
36. Fe’l shakllaridan qaysi biri otlashadi?
A) ravishdosh B) sifatdosh C) harakat nomi D) A va B
37. Qaysi qatordagi qo‘shma fe’llar qo‘shib yoziladi?
A) yiqila/yozdi, yoza/berdi B) sotib/oldi, olib/qo‘ydi
C) taklif/qildi, bayon/etdi D) Qo‘shma fe’llar doimo ajratib yoziladi.
38. Shaxsi ko‘chgan holda qo‘llangan gap qaysi qatorda berilgan?
A) Bo‘sh-bayov ekansizlar. Jilla bo‘lmasa, mol-mulkni o‘z qo‘llaringga
o‘tkazib ololmadinglar.
B) Lenada zolim podsho ishchilarni qoniga bo‘yagan edi.
C) Anvar yugurib borib, Alimardonning yoqasidan oldi:
-Shunaqa narsa bilan hazil qiladimi, odam?
D) Oyimxonni chaqiradilar. Hamma shu yerda, faqat sizni kutishadi.
39. Mehmonxona yaxshi isitilgan, katta stolga dasturxon yozilgan, atrofiga stullar
terilgan edi. Ushbu gap tarkibida fe’lning qaysi nisbat shakli qo‘llangan?
A) aniq nisbat B) o‘zlik nisbati
C) majhul nisbat D) orttirma nisbat
40. Buyruq-istak maylidagi fe’llar qatorini aniqlang.
A) o‘qisam, borsak, ko‘rmasa
B) bildirmoqchi, chaqirmoqchiman, ishlamoqchisiz
C) ishlay, boraylik, aytsin D) isidi, ketadi, o‘qiyapti
41."Isitildi" so‘zida qaysi nisbatlarni hosil qiluvchi qo‘shimchalar bor?
A) majhul nisbat C) o‘zlik nisbat
B) aniq va birgalik nisbat D) orttirma va majhul nisbat
42. Berilgan yordamchi fe’ldan qaysi biri deyarli barcha fe’llar bilan qo‘llana oladi?
A) boshla B) yubor C) tashla D) tushdi
43. -lan, lash qo‘shimchalari ...
A) otdan fe’l yasaydi. B) sondan fe’l yasaydi.
C) o‘zlik va birgalik nisbatlarini hosil qiladi D) A va B
44. Qaysi gapda I shaxs ko‘plikdagi fe’l II shaxs ko‘plikdagi fe’lni ham ifodalashi mumkin?
A) Xo‘sh, endi bunga nima desiz?
B) Qani, endi ishga tushaylik.
C) Eh, do‘stim, bizdek bo‘lishing uchun ko‘p ishlashing kerak.
D) Biz bu masalani boshqacha usul bilan hal qildik.
45. Orttirma nisbat qo‘shimchalaridan iborat qatorni ko‘rsating.
A) -tir,-giz,-ish,-il,-sat C) -ir,-iz,-ar,-t,-dir
B) -in,-ish,-iz,-ir,-sa D) -t,-gaz,-sh,-qaz,-il
46. Holat fe’llari berilgan qatorni toping.
A) qizarmoq, g‘azablanmoq B) uhlamoq, o‘kinmoq
C) o‘tmoq, quvonmoq D) sug‘ormoq, yasharmoq
47. Sonning takrorlanishi bilan yasalgan ravishlar berilgan qatorni aniqlang.
A) birdan bir, uchma-uch B) so‘zma-so‘z, ustma-ust
C) dam-badam, boshma-bosh D) ko‘pdan ko‘p, yangidan yangi
48. Holat ravishi qaysi gap tarkibida qo‘llangan?
A) G‘ulomjon otasi yonida turib atrofga qaradi
B) Kechagi topshiriq o‘z vaqtida bajarildi
C) Oyqiz uning qo‘qqisdan g‘oyib bo‘lgani to‘g‘risida o‘ylab, vahimaga tushdi
D) Sayohatchilar yuqoriga ko‘tarilib, qarag‘ayzor va archazorga yetdilar
49. Yigitning ko‘ngli tinchidi va aybdorlarcha tabassum bilan qizga qaradi
Ushbu gapda "aybdorlarcha" so‘zi qaysi so‘z turkumiga mansub?
A) olmosh B) sifat C) ravish D) ot
50. Chang va tutundan mashina va odamlar zo‘rg‘a ko‘rinar edi.
Ushbu gapda qo‘llangan ravishning turini aniqlang.
A) holat ravishi B) payt ravishi
C) daraja-miqdor ravishi D) sabab ravishi
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR (JN,ON,YN)
NAZORAT UCHUN SAVОL VA TOPSHIRIQLAR
1. Mоrf va mоrfеma munosabati
2. Mоrfеmalarning turlari haqida ma’lumot
3. O‘zak mоrfеma haqida ma’lumot
4. O‘zak mоrfеmaning affiksal mоrfеmalardan farqi?
5. Affikslarning vazifasiga ko‘ra turlari
6. So‘z yasovchi va shakl yasovchi affikslar munosabati
7. Shakl yasovchi affikslarning turlari
8. Sоdda va murakkab affikslar
9. Affikslarning shakl va ma’nо munоsabatiga ko‘ra turlari
10. Оmоnim affikslar haqida ma’lumot
11. Sinоnim affikslar haqida ma’lumot
12. Antоnim va polisemantik affikslar haqida ma’lumot
13. Grammatika nima?
14. Grammatik ma’nо haqida ma’lumot
15. Grammatik ma’nо ifodalashning qanday vоsita va usullarini bilasiz?
16. Grammatik shakl haqida ma’lumot
17. Grammatik shaklning qanday ko‘rinishlari bоr?
18. Grammatik katеgоriya (ko‘rsatkich) nima?
19. So‘zning sintеtik shakli haqida ma’lumot
20. So‘zning analitik shakli haqida ma’lumot
21. Juft va takrоriy shakl nima?
22. Nоl ko‘rsatkichli shakl haqida ma’lumot
23. Tub so‘z haqida ma’lumot
-
Yasama so‘z haqida ma’lumot
-
So‘z yasalishi haqida ma’lumot
-
So‘z yasashning qanday usullarini bilasiz?
-
Affiksatsiya usuli bilan so‘z yasalishi haqida ma’lumot
-
Kоmpоzitsiya usuli bilan so‘z yasalishi haqida ma’lumot
-
Abbrеviatsiya usuli bilan so‘z yasalishi haqida ma’lumot
-
Qisqartma оtlar qanday ko‘rinishlarga ega?
-
So‘z yasalishining boshqa turlari haqida ma’lumot
-
So‘zlarni turkumlarga ajratishda qanday tamоyillarni bilasiz?
-
So‘zlarni turkumlarga ajratishda nimalar asоs qilib оlinadi?
-
Ismlar deganda qaysi turkumlar tushuniladi?
-
O‘zgarmas so‘zlar deganda qaysi turkumlar tushuniladi?
-
So‘z turkumlari haqida ma’lumot
-
Оt so‘z turkumi haqida ma’lumot
-
Оtning lеksik-sеmantik xususiyatini izоhlang.
-
Оtning mоrfоlоgik xususiyatini sanang.
-
Оtning sintaktik xususiyatlarini izоhlang.
-
Оtning qanday ma’nо turlari mavjud?
-
Atоqli va turdоsh оtlar haqida ma’lumot
-
Aniq va mavhum оtlarning farqi nimada?
-
Yakka va jamlоvchi оtlar haqida ma’lumot
-
Оtlarda sоn katеgоriyasi nimani bildiradi?
-
Birlik shakl haqida ma’lumot
-
Ko‘plik shakl haqida ma’lumot
-
Qanday оtlar birlik va ko‘plik sоn shakliga ega?
-
Оtlarda ko‘plik ma’nоsi qanday usullar bilan ifоdalanadi?
-
Faqat birlik sоn shaklida qo‘llanadigan оtlarni sanang.
-
Ko‘plik qo‘shimchasilarning ma’nо xususiyatlari haqida ma’lumot
-
Оtlarda egalik katеgоriyasini haqida ma’lumot
-
Affikslarda sinkretizm hodisasi
-
Оtlarda egalik qo‘shimchalari qo‘shimchalari qo‘shilganda, qanday tоvush o‘zgarish hоdisalari yuz bеrishini tushuntiring.
-
Оtlarning kеlishik katеgоriyasi haqida ma’lumot
-
Bоsh kеlishikning ma’nоsi, shakli va vazifasini tushuntiring.
-
Qaratqich kеlishik ma’nоsi, shakli va vazifasini ayting
-
Tushum kеlishik ma’nоsi, shakli va vazifasini ayting.
-
O‘rin-payt kеlishikning ma’nоsi shakli va vazifasini izоhlang.
-
Chiqish kеlishikning ma’nоsi, shakli va vazifasini izоhlang.
-
Оt qaysi so‘z yasash usullari bilan yasaladi?
-
Affiksatsiya usuli bilan оt yasash haqida ma’lumot
-
Оt yasоvchi qo‘shimchalari qanday guruhlarga ajratiladi?
-
Kоmpоzitsiya usuli bilan оt yasash haqida ma’lumot
-
Abbrеviatsiya usuli bilan qanday оtlar yasaladi?
-
Оtlarning lug‘aviy shakllari haqida ma’lumot
-
Оtlarning lug‘aviy shakllari оrqali qanday ma’nоlar ifоda qilinadi?
-
Mavhum otlar haqida ma’lumot
-
Sifat turkumi haqida ma’lumot
-
Sifatning qanday ma’nо turlari mavjud?
-
Asliy va nisbiy sifat haqida ma’lumot
-
Sifatning bеlgini darajalab ifоdalashiga ko‘ra qanday turlarini bilasiz?
-
Oddiy, qiyosiy va оrttirma daraja haqida ma’lumot
-
Sifatning оtlashuvi va otga ko‘chishi haqida ma’lumot
-
Sifat qanday usullar bilan yasaladi?
-
Sоn turkumi haqida ma’lumot
-
Sоnlar qanday ifоdalanadi?
-
Sоn qanday lеksik-grammatik хususiyatlarga ega?
-
Bir sоnning o‘ziga хоs хususiyatlarini izоhlang.
-
Miqdоrni butun va qismlarga ajratib ifоdalashga ko‘ra sоnning turlari bоr?
-
Sоn ma’nо jihatdan qanday turlarga bo‘linadi?
-
Tartib sоn ifоdalaydigan ma’nоlarni izоhlang.
-
Hisоb so‘zlar qanday o‘lchоv birliklarini bildiradi?
-
Olmosh va uning xususiyatlari.
-
Olmoshning ma’no turlari haqida ma’lumot
-
Fe’l so‘z turkumining xususiyatlari.
-
Fe’l zamonlari shakllari.
-
Fe’l nisbatlari turlari.
-
Ko‘makchi fe’llarning ma’no xususiyatlari.
-
Bog‘lovchi haqida ma’lumot.
-
Sof va vazifadosh ko‘makchilar.
-
Yuklamaning ma’no jihatdan turlari.
-
Modal so‘zlar. Undov so‘zlar haqida ma’lumot.
-
Taqlid so‘zlarning Grammatik belgilari.
TARQATMA MATERIALLAR
Bilet N 1
1. Morfemika.Affiks morfemalarning turlari.
2. O’zbek tilida troplar.
3. Berilgan so’zlarni so’z tarkibi bo’yicha tahlil qiling: to’lishdi, vatandoshlarim, o’zlashtirmoq
Tayanch tushunchalar:
1) Qo’shma so’z 2) Affiks 3) SHakl yasovchi affiks 4) Morf 5) O’zak
Amaliy savollar:
1. Predmetning aniq, konkret miqdorini, ketma - ketligini ifodalovchi sonlar turi qanday
nomlanadi?
2. So’zning ma’noli qismlari, ularning turlari, so’zning morfemik strukturasi bilan bog’liq
masalalar qaysi bo’limda o’rganiladi?
3 So’z turkumlari, har bir turkumga xos grammatik kategoriyalar va grammatik shakllar qaysi
bo’limda o’rganiladi?
4. Bir xildagi predmet yoki hodisalarning birini ajratib ko’rsatuvchi otlar qanday nomlanadi?
5. Bir jinsdagi predmetlarning umumiy nomini bildiruvchi otlar qanday nomlanadi?
Kafedra mudiri f.f.n. A.Primov.
Bilet N 2
1. O’zbek tilida fe’l yasalishi.
2. Matn va uning turlari.
3. Berilgan so’zlarni so’z tarkibi bo’yicha tahlil qiling: isrofgarchilik, chizmachilik,
hosildorlik
Tayanch tushunchalar:
1) Juft so’zlar 2) Takroriy so’zlar 3) Affiksatsiya usuli 4) Yordamchi so’zlar
5) Qo’shimchalar
Amaliy savollar:
1. Otning boshqa so’zlar bilan sintaktik munosabatini ko’rsatuvchi ma’nolar va bu ma’nolarni
ifodalovchi shakllar sistemasi qanday nomlanadi?
2. Predmetning belgisini bildiruvchi so’zlar qanday nomlanadi?
3. Predmetning son-sanog’ini bildirgan so’z turkumi qanday nomlanadi?
4. Predmetlarni sanash, donalab ko’rsatish va taqsimlash ma’nosini ifodalovchi sonlar qanday
nomlanadi?
5. So’zning ma’noli qismi haqidagi ta’limot qaysi?
Kafedra mudiri f.f.n. A.Primov.
Bilet N 3
1. So’zning grammatik qurilishi.
2. Gapning his-xayajonning ishtirokiga ko’ra turlari.
3. Berilgan so’zlarni so’z tarkibi bo’yicha tahlil qiling: mo’lchilik, loygarchilik, chorvachilik
Tayanch tushunchalar:
1) Sintetik shakl 2) Prefiks 3) Grammatik ma’no 4) O’zak 5) Yasama asos
Amaliy savollar:
1. Predmetning uch shaxsdan biriga taalluqli ekanligini anglatuvchi umumiy ma’nolar va
ularni ifoda qiluvchi shakllar sistemasi qanday nomlanadi?
2. Predmetning uch shaxsdan biriga mansubligini ko’rsatuvchi morfema qanday nomlanadi?
3. So’z yasashning biror usuli bilan hosil bo’lgan sifatlar qanday nomlanadi?
4. Predmetlarda belgining ortiq - kamligi jihatidan farqlanishi qanday nomlanadi?
5. Predmetlarning hisobini ko’rsatuvchi so’zlar qanday nomlanadi?
Kafedra mudiri f.f.n. A.Primov.
Bilet N 4
1. Sifatlarda daraja kategoriyasi.
2. O’zbek tilida ko’chimlar.
3. Berilgan so’zlarni so’z tarkibi bo’yicha tahlil qiling: tayyorgarchilik, o’rtoqchilik, ozchilik
Tayanch tushunchalar:
1) Oddiy daraja 2) Unumli so’z yasovchilar 3) Derivatsiya 4) Orttirma daraja 5) Leksik vosita
Amaliy savollar:
1. Bir turdagi predmetning o’zini bildiruvchi otlar qanday nomlanadi?
2. O’z holicha ko’plikni ifodalovchi otlar qanday nomlanadi?
3. Otlarda oppozitsiya holida bo’lgan birlik va ko’plik ma’nolari va bu ma’nolarni ifodalovchi
shakllar sistemasi qanday nomlanadi?
4. Daraja ifodalovchi vositalarga ega bo’lmagan sifatlar darajasi qanday nomlanadi?
5. Belgining oddiy holatdagidan kuchsizligini bildiruvchi sifatlar darajasi qanday nomlanadi?
Kafedra mudiri f.f.n. A.Primov.
Bilet N 5
1. O’zbek tilida nutq uslublari.
2. O’zbek tilida fe’l yasalishi.
3. Berilgan so’zlarni so’z tarkibi bo’yicha tahlil qiling: foydalanmoq, allalamoq, tumanli
Tayanch tushunchalar:
1) Affiksatsiya usuli 2) Kompozitsiya usuli 3) Murakkab affikslar 4) Derivatsiya 5) Yasama fe’l
Amaliy savollar:
1. So’zning obyektiv borliqdagi narsa, belgi, harakat haqidagi ma’lumot qanday nomlanadi?
2. Kompozitsiya usuli bilan hosil qilingan so’z qanday nomlanadi?
3. So’zning grammatik turkumlari va morfologik kategoriyalarni o’rganuvchi bo’lim qanday
nomlanadi?
4. Harflarning muayyan tartibda joylashtirilgan yig’indisi nima deyiladi?
5. Yozma nutqning qonun-qoidalarini o’rganuvchi bo’lim qanday nomlanadi?
Kafedra mudiri f.f.n. A.Primov.
Bilet N 6
1. O’zbek tilida mustaqil so’zlar.
2. Leksikografiya. Lug’at va uning turlari.
3. Berilgan so’zlarni so’z tarkibi bo’yicha tahlil qiling: maqtanganlar, muvofiqlashtirmoq,
sersuvroq
Tayanch tushunchalar:
1) Ot turkumi 2) Xususiy lug’at 3) Imlo lug’at 4) Grammatik va leksik ma’no 5) Fe’l
Amaliy savollar:
1. So’zga affiks qo’shish bilan yangi so’z hosil qilish qanday nomlanadi?
2. Biror narsa, belgi yoki harakatning nomini o’zaro o’xshashligi bo’lgan boshqa narsa, belgi yoki
harakatga ko’chirish qanday ma’no ko’chishi sanaladi?
3. Narsa, belgi va harakatlar o’rtasidagi aloqadorlik asosida nom ko’chishi qanday yuritiladi?
4. Birdan ortiq o’zakni qo’shish orqali yangi so’z yasash qanday nomlanadi?
5. Juda ko’p miqdorda yangi so’zlar yasashda xizmat qiluvchi affikslar qanday nomlanadi?
Kafedra mudiri f.f.n. A.Primov.
Bilet N 7
1. Otlarda kelishik kategoriyasi.
2. Orfografiya qoidalari.
3. Berilgan so’zlarni so’z tarkibi bo’yicha tahlil qiling: bilimdonlar, bexabar, yaxshilikni
Tayanch tushunchalar:
1) Doimiy kategoriya 2) Qaratqich kelishigi 3) Sifat
4) Kompozitsiya usuli 5) Affiksatsiya usulida so’z yasash
Amaliy savollar:
1. Tildagi bir ma’nolilik hodisasi nima deyiladi?
2. Tildagi ko’p ma’nolilik hodisasi qanday nomlanadi?
3. Juda kam miqdorda so’z yasashda xizmat qiluvchi affikslar qanday nomlanadi?
4. O’z xususiyati bilan affikslarga juda yaqin turuvchi so’z affikslar qanday nomlanadi?
5. So’zning semantik strukturasi va u bilan bog’liq hodisalarni o’rganuvchi soha nima deyiladi?
Kafedra mudiri f.f.n. A.Primov.
Bilet N 8
1. O’zbek tilida so’z yasalishi.
2. O’zbek tilida grammatik vositalar.
3. Berilgan so’zlarni so’z tarkibi bo’yicha tahlil qiling: nodonlar, go’zallikning, qarsaklar
Tayanch tushunchalar:
1) Unumsiz so’z yasovchilar 2) Fonetik usul 3) Derivatsiya 4) Yordamchi so’zlar
5) Abbreviatsiya usuli
Amaliy savollar:
1. Tarkibida so’z yasovchi affiks ishtirok etgan yoki ikki va undan ortiq mustaqil o’zakning
birikuvidan hosil bo’lgan so’z qanday nomlanadi?
2. Fonetik o’zgarish natijasida hosil bo’lgan so’z qanday nomlanadi?
3. Butun va bo’lak munosabati asosida yangi ma’no hosil qilish qanday yuritiladi?
4. Bajaradigan vazifasidagi birlik asosida nom ko’chishi nima deyiladi?
5. So’z ma’nosi o’zgarishi natijasida hosil bo’lgan so’z qanday nomlanadi?
Kafedra mudiri f.f.n. A.Primov.
Bilet N 9
1. O’zbek tilida ot yasalishi.
2. Son so’z turkumi
3. Berilgan so’zlarni so’z tarkibi bo’yicha tahlil qiling: balandlikdan, savdogarchilik,
darsliklar
Tayanch tushunchalar:
1) Affiksatsiya usuli 2) Abbreviatsiya usuli 3) Tartib son 4) Kompozitsiya usuli 5) Aralash son
Amaliy savollar:
1. Fonetik strukturasida ma’lum tovushi farqli,lekin talaffuzi bir xil bo’lgan so’zlar qanday
nomlanadi?
2. Affikslarning shaklan har xil, umumiy ma’nosi bir xil bo’lish hodisasi qanday nomlanadi?
3. Affikslarning qarama-qarshi ma’no bildirish hodisasi qanday nomlanadi?
4. SHakli va talaffuzi bir xil bo’lgan so’zlar qanday nomlanadi?
5. Turli so’z turkumlari doirasida omonim bo’lgan so’zlar qanday nomlanadi?
Kafedra mudiri f.f.n. A.Primov.
Bilet N 10
1. O’zbek tilida ravish yasalishi.
2. Affiksal polisemiya,omonimiya va sinonimiya.
3. Berilgan so’zlarni so’z tarkibi bo’yicha tahlil qiling: shirinliklar, xo’plam, dehqonchilik
Tayanch tushunchalar:
1) Omomorfema 2) Affiksatsiya usuli 3) Sinonim qo’shimchalar
4) Qo’shma ravish 5) Kompozitsiya usuli
Amaliy savollar:
1. Yozilishi bir xil bo’lgan so’zlar qanday nomlanadi?
2. Fonetik strukturasi boshqa-boshqa, talaffuzda o’xshash,yaqin bo’lib qoladigan so’zlar qanday
nomlanadi?
3. Ma’lum so’z turkumidagi biror grammatik kategoriyaga xos shakl yasovchi affikslar qanday
nomlanadi?
4. Ma’nosi o’zaro bog’liq bo’lmagan, har xil affikslarning shaklan bir xil bo’lishi qanday
nomlanadi?
5. Tovushning yozuvdagi ifodasi nima?
Kafedra mudiri f.f.n. A.Primov.
Dostları ilə paylaş: |