Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
103
U hozir kesib o‘tgan vestibyulning oxiri yo‘qqa o‘xshardi. Har bir qadam tashlashda Palmerning 
oyoqlari uzun patli gilamga shunaqangi chuqur botardiki, tuflisining uchlari yupqa chang qatlami bilan 
qoplandi. Devorlarga osilgan, girdi nafis naqshlar bilan qurshalgan toshoynalar vestibyulni duchandon 
mahobatli ko‘rsatar, unda odam o‘zini mitti jonzodday his qila boshlardi. Bu mahobat ham kamlik 
qilganday, Palmerning yo‘lida eni kamida ellik futlik hovuz paydo bo‘ldi. Palmer uni aylanib o‘tishiga 
to‘g‘ri keldi. Eng o‘rtada badani haddan tashqari silliq ayol qiyofasini aks ettiruvchi ulkan hajmdagi 
haykal savlat to‘kib turardi. Uning siymosi mutlaqo yassi va sochi yergacha tushgan. Haykal shiddat 
bilan deyarli qoq yarmigacha orqaga egilgan, qo‘li bir quchoq sochlari orasiga kirib ketgandi. U qo‘lini 
bo‘shatib olmoqchimi yoki qaddini rostlamoqchimi, bilib bo‘lmasdi. Faqat bir narsa aniq edi — 
sho‘rqismat xilqat behad og‘ir ahvolga tushib qolgan. Uch joydan tizillab otilgan suv uning sochlari 
orasidan o‘tib yuqoriga intilardi va bir lahza soyabon shaklida muallaq turib, tropik jalasiga xos 
shiddat bilan haykalning yon tomoniga kelib urilardi. Suv tomchilari uning brinch siynasi va boshini 
nog‘ora qilib chalar, keyin esa bir joyga to‘planib badan bo‘ylab pastga oqib tushardi. Turgan-bitgani 
mo‘‘jiza-ku, ko‘nglidan o‘tkazdi Palmer. Haykalning bel va sonlari yo ehtirosdan, yo qattiq 
sovqotganidan pir-pir uchar edi. 
Shveytsar tavoze bilan Palmerni avtomat liftga olib keldi va shirinsuxanlik bilan oq yo‘l tilab: 
— O’n sakkizinchi qavat, shimoliy qanot, ser, — dedi-da, boshini egib qo‘ydi. 
Palmer javoban bosh irg‘adi, “18” raqamli tugmachani bosdi va tezyurar liftdan orqada qolib, 
yuragi pastga tushib ketayotganday his qildi. 
Ichidan Berns qo‘li bilan imlab chaqirib turgan ochiq eshikkacha yetib olishdan avval u ma’yus 
kulrang tusdagi yo‘lakda bir necha daqiqa adashib yurdi. Tirnoqlariga obdon oro berilgan va tilla 
tugma yaltirab turgan bu barmoqlarni hatto bir necha metr uzoqdan ham bexato tanib olsa bo‘lardi. 
— Shveytsarning aytishicha, meni Vudi ko‘rmoqchi ekan, — dedi Berns kinoyali jilmayib. — Demak, 
siz laqab ostida yashirinmoqchi bo‘libsiz-da? 
— Kechikkanim uchun uzr, — dedi Palmer tashabbusni qo‘lga olib. 
Berns eshikka naridan-beri suyanib tik turardi. Xuddi uzoq masofani hozirgina chopib o‘tgan 
odamday, uning qoracha yuzi yal-yal yonardi. 
— Siz kutganimdan ham oldin keldingiz, bo‘tam, — Palmerni ishontirib dedi u. — Qani, bo‘lmasa 
daryo bo‘yidagi kulbai vayronamizga marhamat qilsinlar. 
— Nahotki birinchi bo‘lib men kelgan bo‘lsam? — so‘radi Palmer, uning yonidan asta xona ichiga 
o‘tar ekan. 
— Ha, endi juda birinchi bo‘lmasangiz ham, — betakalluf ravishda hiringladi Berns, — ammo eng 
azizisiz. 
Palmerning yuzi tirishdi: 
— Men bo‘lsam shoshmay shuncha yo‘lni yayov yurib kelibman. 
— Bo‘tam, sen yayov yurmasliging kerak edi, — dimog‘idan ming‘irlab gapirdi Berns. U, aftidan, 
g‘irt mast edi va odatdagi burro-burro talaffuzlari o‘rniga bu safar so‘zlarini chala-chulpa qilib, bir-
biriga qo‘shib gapirmoqda edi. 
— Ulfatlar bilan jinday sayr qilib qoldim, — Palmer o‘z aksini o‘yma naqsh solingan qizil daraxt 
ramkasidagi toshoynada ko‘rib qoldi. Dahlizdagi hamma buyumlar eski edi. Xona ichidan nimanidir 
qizg‘in muhokama qilayotgan odamlarning bosiq ovozlari kelib turardi. 
— Eh ofatijon miss Kleri! — Berns astagina dimog‘ida kulib qo‘ydi. — Virjiniya, gazeta ma’budasi 
bo‘lgan ulfatchilikda, — dona-dona qilib dedi u. — Chaqilmas tosh yong‘oq. 
Palmer yelkasini sovuq uchirib qo‘ydi. 
— U g‘oyat aqlli yosh xonimday taassurot paydo qiladi. 
— Aqlli? — Berns jim bo‘lib qoldi. — E-ha, aqlli! — U qattiq bosh irg‘adi: — Ha, shubhasiz. Lekin 
bilasanmi, u nimaga o‘xshaydi, xo‘sh? Telefon stantsiyasiga o‘xshaydi. — U barmog‘i bilan Palmer 
pidjagining hoshiyasiga chertib qo‘ydi. — Bilasanmi nima uchun? Xuddi telefon stantsiyasidek, unda 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin