36
Modal so‗zlarning umumiy va xos
xususiyatlari quyidagilar
bo‗lishi mumkin:
1) modal so‗zlar gap tarkibiga muayyan denotativ ma‘nolari bilan
kirmaydi. Masalan,
Men sizga aytsam, bir kunda uch mahal shaharga
qatnashning o„zi bo„lmaydi. ( S. Nur. ) gapida
men sizga aytsam
kirish gapidagi so‗zlarda harakat,
harakatni bajaruvchi shaxs, obyekt
kabi ma‘no ifodalanmagan. Unda bir butun holda ―ishontirish‖ modal
ma‘nosi mavjud;
2) modal so‗zlar grammatik shakllanganlik nuqtayi nazaridan rang
– barang. Unda tuslangan fe‘l ham ( aytsam ), tuslanmagan fe‘l ham
( shunday qilib ), ot ham ( chamasi ), olmosh ham ( menimcha ) modal
so‗z vazifasida keladi.
Ammo ular aytilganidek, ba‘zan qisman, ba‘zan
butunlay o‗z lug‗aviy ma‘nosini yo‗qotib, paradigmasidan vaqtincha
uzilgan bo‗ladi;
3) modal so‗zlarning barchasi o‗ziga xos yagona ―so‗zlovchining
o‗z fikriga munosabatini bildirish‖ umumiy ma‘nosi ostida
birlashadi;
4) modal so‗zlarning gapdagi o‗rni qat‘iy emas.
Bu belgilarning barchasi modal so‗zlar o‗ziga xos lug‗aviy –
sintaktik guruhni tashkil etishini ko‗rsatadi.
Modal so‗zlar gapda quyidagi ma‘nolarni ifodalaydi:
1) ta‘kidlash, tinglovchining diqqatini bayon qilinayotgan fikrga
tortish:
takrorlayman, muhimi, ishonsangiz, masalan, misol uchun,
ta‟kidlayman, aytish kerakki;
Modal so‗zlarning uslubiy ma‘no qirralari ham aynan shu nuqtada
bo‗y ko‗rsatadi. Ya‘ni fikrning ahamiyatliligini ta‘kidlash va unga
37
tinglovchi diqqatini tortish maqsadida qo‗llanilgan modal so‗zlar
gapdagi ayni mana shu xizmatlari bilan ham uslubiy qirralarini
namoyon etadi.
2)
subyektiv munosabat, his – tuyg‗ularni ifodalash:
baxtimizga,
baxtga qarshi, o„ylayman, umid qilaman, o„ylaymanki, shubhasiz,
Dostları ilə paylaş: