Uo‘K: 821. 21-3 kbk: 82. 3(5Hin) k-19 Kalila va Dimna


Dimnaning navbatdagi hikoyati



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/70
tarix15.10.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#118324
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   70
KAMILA VA DIMNA

Dimnaning navbatdagi hikoyati
Aytadilarki, bir mashhur va ma’ruf marzbon
1
bor 
edi. Uning Bahoriya degan oy yuzli, gul yonoqli, 
nomusli va iffatli bir xotini bor edi... Shu kishining 
bir qarchig‘aychisi bor edi. U juda hayosiz va nopok 
odam edi. Bir kuni bu behayoning ko‘zi marzbon-
ning xotiniga tushib qoldi. Unga yetishish orzusida 
ko‘p harakatlar qildi, hech bir ish chiqara olmadi. 
Umidi uzilgandan keyin u xotinni beobro‘ qilish va 
shu yo‘l bilan undan qasos olish fikriga tushdi. Bir 
ovchidan ikkita to‘tiqush oldi va ularning biriga 
balx tilida: «Men darvozabonning xonim bilan bir 
uyda yotganini ko‘rdim» degan jumlani, ikkinchisi-
ga esa, «Men endi hech narsa aytmayman» degan 
jumlani o‘rgata boshladi. Yetti oy ichida to‘tilar bu 
gaplarni takrorlab aytadigan bo‘ldilar. Bir kuni 
1
Marzbon — hokim, chegara qo‘riqchisi.


157
marzbon o‘z do‘stlari bilan ulfatlashib, sharob ichib 
o‘tirganlarida, qarchig‘aychisi ikki to‘tini olib kelib 
ularning oldiga qo‘ydi. To‘tilar o‘rganib olgan ikki 
jumlani takror aytar edilar. Marzbon balx tilini 
bilmagani uchun to‘tilarning gapini tushunmadi, 
lekin qushlarning ovozi yoqib qoldi. Parvarish qilib 
tur, deb ularni xotiniga topshirdi. Oradan bir necha 
kun o‘tgach, marzbon uyiga Balxdan mehmonlar 
keldi. Ovqatdan keyin sharob ichib o‘tirgan edi, 
marzbon to‘tilar solingan qafasni o‘rtaga olib kelib 
qo‘ydi. To‘tilar odatlariga ko‘ra, o‘sha ikki jumlani 
takror-takror aytar edilar. Mehmonlar to‘tilar gapini 
eshitgach, bir-birlariga qarab hayron bo‘lgan laricha, 
boshlarini quyi solib, uzoq sukut qilib o‘tirdilar. 
Niho yat, marzbondan so‘radilar: 
– Sen bu qushlarning nima deyayotganlarini 
tushuna sanmi?
Marzbon dedi: 
– Yo‘q, so‘zlarini tushunmayman, lekin ovozlari 
juda yoqadi.
Mehmonlardan biri uy egasiga bu so‘zlarning 
ma’nosini aytib berdi va qo‘lini dasturxondan 
tortib, dedi: 
– Bizning shaharda xotini yomon uydan taom 
yemaydilar.
Qarchig‘aychi darhol so‘zga aralashib dedi: 
– Qushlarning so‘zi to‘g‘ri, men ham bir necha 
daf’a ko‘rganman, guvohlik berishim mumkin.
Marzbon darg‘azab bo‘lib, xotinini o‘ldirmoqchi 
bo‘ldi. Xotini bir odam orqali eriga ayttirdi: 
– Meni o‘ldirish uchun shoshilmasin. Men uning 
qo‘lidaman, istagan vaqtida o‘ldirishi mumkin. Aql 
va tajriba egalari hukm chiqarish, ayniqsa, qon 


158
to‘kishga shoshilmasliklari, sabrli bo‘lishlari zarur. 
Mening haqim dagi ishni tekshirish kerak, agar 
to‘g‘ri chiqsa, o‘ldirishi mumkin. Balxlik mehmon-
lardan so‘rasin, o‘sha ikki qush shu ikki jumladan 
boshqa narsa biladilarmi? Agar bilmasalar, demak, 
bu so‘zlarni to‘tilarga hayosiz, nonko‘r xizmatchi 
o‘rgatgani ma’lum bo‘ladi. Chunki u menga so‘z 
otgan, meni o‘ynash qilib olmoqchi bo‘lgan, lekin 
o‘qi toshga tekkan edi. Shundan keyin u mendan 
qasos olish niyatida bu hiylani o‘ylab chiqargan...
Marzbon xotinining aytganiga quloq solib, 
to‘tilarning ikkita o‘rgatilgan jumladan boshqa 
narsa bilmasligiga qanoat hosil qildi, xotinining 
gunohsizligi ma’lum bo‘ldi. Marzbon qarchig‘aychi-
ni chaqirib kelishni buyurdi. Qarchig‘aychi maq-
sadga yetdim, deb suyungancha qo‘lida to‘tiqush 
bilan kirib keldi. Marzbonning xotini so‘radi: 
– Sen mening yomon ishlar qilganimni ko‘rgan 
edingmi?
Qarchig‘aychi: «Ha, ko‘rganman», – demoqchi 
bo‘lib og‘zini ochgan ham ediki, qo‘lidagi qush 
uning ikki ko‘zini o‘yib oldi.
Xotin dedi: 
– Ko‘rmagan narsani ko‘rdim degan ko‘zning 
jazosi shu bo‘ladi.
Dimna dedi: 
– Men bu masalni shuning uchun keltirdimki, 
bilmagan narsani bilaman deb birovga choh qa-
zish, qoralash bu dunyoda ham, u dunyoda ham 
og‘ir gunohdir.
Dimnaning so‘zi tugagach, bo‘lgan gaplarning 
hammasini yozib shohga yetkazdilar. U tazkirani 
onasiga ko‘rsatdi.


159
Onasi dedi: 
– Shoh sog‘ va salomat bo‘lsin. Bu hiylakor 
endi boshqa usullar qo‘llamoqchi. U makr va hiy-
la ishlatib, shohni mahv etmoq fikriga tushibdi. 
Bo‘hton, tahdid va qo‘rqitish yo‘liga o‘tibdi. U endi 
fitna qo‘zg‘atib, butun ishlarni ost-ust qilmoqchi, 
shohning sodiq, jur’atli va e’tiborli vazirining boshiga 
solgan falokatlarni shohning boshiga solmoqchi.
Bu so‘zlar sherni o‘ylatib qo‘ydi, bir lahza mu-
lohazadan so‘ng onasiga qarab dedi: 
– Ey, ona, Kalila va Dimnaning so‘zlashib tur-
ganini eshitgan kim edi, hech bo‘lmasa, shuni 
aytsang, Dimnani o‘ldirishga mening qo‘limda bir 
asos bo‘lar edi.
Sherning onasi dedi: 
– Ishonib sir aytgan odamning nomini bildi-
rishim menga juda og‘ir. Omonatga xiyonat qilib 
gunohga botishni xohlamayman. Lekin bu sirni 
menga aytgan kimsadan ijozat so‘rab ko‘ray, agar 
ko‘nsa, aytib beraman.
Sherning onasi o‘z xonasiga borib, qoplonni 
yoniga chaqirtirib dedi: 
– Shohning senga qilgan yaxshiliklari, lutf- 
karami o‘zingga ham, o‘zgalarga ham ayon. Bu-
ning natijasida shuhrat qozonding, martabang 
oshdi. Endi sen shohning tuzini oqlash uchun 
Dimna haqida menga aytgan so‘zlaringni sherning 
oldiga borib takrorlaysan. Shunday qilsang, zo-
limning jazolanishiga, nohaq o‘ldirilgan ho‘kizning 
oqlanishiga yordam bergan bo‘lasan.
Qoplon itoatgo‘ylik bilan dedi: 
– Agar mening bir emas, mingta jonim bo‘lib, 
hammasini shohga fido qilsam ham, menga qilgan 


160
yaxshiliklarini uza olmayman. Men kim edimki
uzr so‘rab sher oldida guvohlik berishdan bo‘yin 
tovlasam va shohning yomon gumonlariga sabab 
bo‘lsam. Modomiki, ish shu darajaga yetibdi, men 
shohning xohishiga amal qilib, nima qilish kerak 
bo‘lsa, shuni bajaraman.
U sher va butun hayvonlar oldida Kalila va 
Dimna orasida bo‘lib o‘tgan gaplarni batafsil aytib 
berdi. Bu so‘z og‘izdan og‘izga o‘tib, har yerga 
yoyildi. Kalila hamda Dimnaning suhbatini eshit-
gan hayvonga ham yetib bordi. Shundan keyin 
bu hayvon, men ham guvohlik bermoqchiman, 
deb shohga xabar yubordi. Sher uni olib kelishni 
amr etdi. U kelib zindonda eshitganlarining barini 
shohga bayon qildi. O‘tirganlar undan so‘radilar: 
– Axir, nega o‘sha kuni kelib, eshitganlaringni 
aytib bermading?
U javob berdi: 
– Men yolg‘iz bo‘lganim uchun bir kishining 
shohidligi hukm chiqarishga yetarli bo‘lmaydi, deb 
o‘ylagan edim. Endi esa shohid ikkita bo‘ldi, bino-
barin, Dimna haqida hukm chiqarmoq mumkin.
O‘tirganlar ham, qozilar ham, shohid ikkita 
bo‘lganligi uchun endi Dimna haqida hukm chiqa-
rish mumkin, degan qarorga kelishdi. Shoh Dim-
naning qo‘l va oyog‘ini zanjirband qilib zindonga 
solishlarini buyurdi. Dimna zindonda ochlik va 
tashnalikdan azob va uqubat chekib o‘ldi. Hiyla-
kor va xoin, hasadchi va fitnachilarning oqibati 
shunday bo‘ladi...


161

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin