CHINKABUTAR, QARG‘A, SICHQON, TOSHBAQA
VA OHU BOBI
Roja brahmanga dedi:
– Bir fitnachining oraga kirib ikki do‘st o‘rtasi-
da qanday adovat va dushmanlik paydo bo‘lgani,
nihoyat, bir begunoh bechoraning qoni to‘kilgani
haqidagi hikoyani eshitdim. Mayling bo‘lsa, endi
samimiy do‘stlar haqida ularning sadoqat va bi-
rodarliklari to‘g‘risida, bu sadoqat va qardoshlik-
ning fazilati borasida so‘zlab bersang.
Brahman dedi:
– Aqlli odamlar uchun do‘stlikdan qimmatli
hech narsa yo‘qdir. Chunki yaxshi kunlarda do‘st-
laring bilan ulfatchilik qilib, xursand bo‘lasan,
yomon kunlar boshingga tushganda do‘stlaring
senga hamdard va yordamchi bo‘ladilar. Qarg‘a,
sichqon, kabutar, toshbaqa va ohu masali bunga
yaxshi misol bo‘la oladi.
Roja dedi:
– U qanday masal?
Masal
Debdurlarki, Kashmir viloyatida bir xush-
manzara ajoyib chamanzor bor edi. Ovga serob
bo‘lganligi uchun u yerga ovchilar tez-tez kelib
turishar edi. Shu chamanzorda sershox, barglari
quyuq baland daraxt ustida qarg‘a uya qurib, kun
kechirar edi. Bir kun qarg‘a o‘z inida u yoq-bu
yoqqa qarab o‘tirganida, bo‘ynida to‘r, orqasida
to‘rva, qo‘lida tayoq ushlab, shoshilganicha shu
daraxt tomon kelayotgan badbashara bir odamga
162
ko‘zi tushdi. Qarg‘a o‘z-o‘ziga dedi: «Bu odam bir
baloni boshlab kelayotganga o‘xshaydi, u kimni
to‘rga solish qasdida kelyapti, meni tutmoqchimi
yo boshqasini? Yaxshisi, qimir etmay o‘z joyimda
turay, qani nima bo‘lar ekan».
Ovchi daraxt ostiga kelib to‘rni yoydi-da, don
sepib, o‘zi berkindi. Bir soat o‘tar-o‘tmas bir to‘da
kabutarlar uchib keldilar. Ularning boshlig‘ini
Chinkabutar der edilar. Ko‘pni ko‘rgan, ziyrak va
chaqqon edi. Kabutarlar u bilan faxrlanar, har
doim unga bo‘ysunar, u qayerga boshlasa, o‘sha
yerga uchar va uning sharofati bilan yaxshi kun
kechirar edilar.
Kabutarlar to‘dasi donni ko‘rganlaridan keyin
hech narsadan shubha qilmay pastga tushdilar
va to‘rga ilindilar. Ovchi buni ko‘rib sevinib ketdi,
ularni tutish uchun joyidan shoshib turdi. Ka-
butarlar patillab, har biri o‘z jonini xalos qilish
uchun harakat qilar va bir-biriga urilar edilar.
Buni ko‘rgan Chinkabutar dedi:
– Vahimaga tushmanglar. Har biringiz o‘zin-
giznigina emas, hammaning xalos bo‘lishini
o‘ylanglar. Endi birgina chora qoldi: hammamiz
kuchimizni to‘plab, baravariga parvoz qilishimiz
kerak.
Kabutarlar boshliqlari aytgandek qildilar, ham-
malari baravariga uchib, to‘r bilan birga ko‘kka
ko‘tarildilar.
Ovchi ular ketidan yugurdi, u, oxiri bular
charchab, biror joyga qo‘narlar, deb umid qilardi.
Bo‘layotgan voqealarni kuzatib turgan qarg‘a
o‘z-o‘ziga dedi:
163
– Men bularning ketidan borib, ish nima bilan
tugashini ko‘ray, chunki shunday hodisa mening
ham boshimga tushishi mumkin. O‘shanda bular
tajribasidan foydalanaman. Boshqalarning boshiga
tushgan hodisadan o‘zi uchun ibrat olgan odamni
hushyor va farosatli, deydilar.
Ovchining chopib kelayotganini ko‘rgan Chin-
ka butar yoronlariga dedi:
– Bu surbet ovchi hamon ketimizdan kelyap-
ti, bizdan voz kechadiganga o‘xshamaydi. Agar
ko‘zidan g‘oyib bo‘lmasak, bizdan ko‘ngil uzmaydi.
Ochiq joyga emas, daraxtzorlarga borib qo‘naylik,
shunda u bizni topolmay, orqasiga qaytib ketar.
Mening bu yaqinda bir sichqon do‘stim bor, unga
aytsak, to‘rimizni qirqadi va bizni ozod qiladi.
Kabutarlar uning so‘ziga kirib, u boshlagan
tomonga qarab uchdilar. Ovchi ovora-yi sarson
bo‘lib orqasiga qaytdi.
Voqeaning nima bilan tamom bo‘lishini bilish
uchun qarg‘a ham ular orqasidan to‘xtovsiz uchib
borardi.
Kabutarlar sichqon maskani yoniga tushdilar.
Sichqonning oti Ziyrak, o‘zi juda aqlli va chaq-
qon edi, hayotning issiq-sovug‘ini ko‘rgan, ach-
chiq-chuchugini totgan edi. Biror falokat ro‘y
bersa, qochib chiqib ketish uchun inidan ancha
teshik ochgan, iniga somon solib, ozuqa bilan
to‘ldirgan edi.
Chinkabutar uning uyasiga kelib chaqirdi. U
ham kabutarning ovozini eshitishi bilanoq ini-
dan yugurib chiqdi va vafodor do‘stini tuzoqda
ko‘rgach, ko‘zlaridan yosh oqizib dedi:
164
– Ey, aziz va mehribon do‘stim! Kim seni bu
ahvolga soldi?
Chinkabutar javob berdi:
– Yaxshilik ham, yomonlik ham taqdirdan.
Kimning peshanasiga nima yozilgan bo‘lsa, er-
tami, kechmi, shu narsa uning boshiga keladi,
undan qochib qutulib bo‘lmaydi... Qismat bizni
bu balo girdobiga soldi. U bizga don ko‘rsatib,
ko‘zimizni bog‘ladi va aqlimizni qora pardaga
chulg‘adi. Hammamiz balo zanjiriga, baxtsizlik
changaliga tushdik. Mendan ko‘ra quvvatliroq va
sha’n-shavkatliroq bo‘lganlar ham qismatdan qo-
chib qutula olmaganlar. Vaqt-soati kelganda kun
va oy tutiladi, baliq daryo tagidan yuzaga qalqib
chiqadi, qush osmon bag‘ridan yerga tushadi,
nodonlar maqsadga yetadi, aqllilar ojiz qoladilar...
Sichqon bu so‘zlarni eshitgach, Chinkabutar
o‘ralgan iplarni qirqa boshladi. Chinkabutar dedi:
– Avval o‘rtoqlarim o‘ralgan iplarini qirq qin. Si-
chqon uning so‘ziga parvo qilmadi. Chinkabutar
yana dedi:
– Ey, aziz do‘stim, avval o‘rtoqlarimni banddan
ozod qil!
Sichqon dedi:
– Sen o‘z joningni xalos etishni istamaysanmi,
yashashga sening haqqing yo‘qmi?
Chinkabutar dedi:
– Men ularga rahbar bo‘lish vazifasini o‘z
zimmamga olganman. Shuning uchun ularning
menda haqlari bor, ularni asrash mening bur-
chimdir... Buning ustiga, men ularning harakati
va yordami tufayli ovchining qo‘lidan xalos bo‘lgan
165
edim. Endi men ham o‘z burchimni ado etib,
o‘zimdan avval ularni qutqazishim kerak. Yana
shunisi borki, agar sen mening iplarimni qirqa
boshlasang, charchab qolishing va do‘stlarim
to‘rda qolib ketishlari mumkin. Lekin men to‘rda
qolsam, sen qanchalik charchamagin, baribir
meni to‘rda qoldirmaysan. Hammadan oldin
o‘zimni qutqazsam, ta’na va malomatga qolaman.
Sichqon dedi:
– Bu muruvvatli va insofli odamlarning xosiyat-
idir. Bu xosiyat do‘stlaringning senga bo‘lgan is-
honchi va muhabbatini yanada mustahkamlaydi.
Shuni deb sichqon astoydil ishga kirishib,
kabutarlarning iplarini qirqa boshladi. Birozdan
so‘ng kabutarlar va Chinkabutar to‘rdan ozod
bo‘ldilar.
Qarg‘a sichqonning jonbozligini va iplarni qir-
qishdagi mahoratini ko‘rib, u bilan do‘stlashmoq
fikriga tushdi va o‘z-o‘ziga dedi:
– Kabutarlar boshiga tushgan ish mening ham
boshimga tushishi mumkin. Bunday do‘st kerak
bo‘lib qoladi.
U sichqon ini yoniga kelib, chaqirdi.
Sichqon so‘radi:
– Kim?
Qarg‘a dedi:
– Men, qarg‘aman.
Qarg‘a uning kabutarlarga qilgan yaxshiligi,
vafodorligini aytib berdi va dedi:
– Sening naqadar muruvvatli va oliyjanob ekan-
liging menga ma’lum bo‘ldi. Shuning uchun sen
bilan do‘stlashish orzusiga tushdim. Bu do‘stli-
166
kning nimaiki shartlari bo‘lsa, bajo keltirishga
hozirman.
Sichqon dedi:
– Sen bilan mening o‘rtamda hech umumiylik
yo‘q, binobarin, do‘st bo‘lishimiz ham mumkin
emas. Aqlli odamlar nodon odamlar ahvoliga tush-
maslik va hikmat ahllariga kaltafahm bo‘lib ko‘rin-
maslik uchun mumkin bo‘lmagan narsalarni orzu
qilmaslik kerak. Quruqlikda kemadan, dengizda
otdan foydalanishni istaganlar o‘zlarini kulgili
holga solgan bo‘ladilar. Chunki boshida aqli bor
odam bunday ishni qilmaydi. Sen bilan mening
oramizda qanaqa muhabbat bo‘lishi mumkin!
Axir men sening taomingman, demak, sening
yoningda bir lahza bo‘lsa-da, tinch, bexavotir ya-
shay olmayman. Kimki o‘z tengi bilan bo‘lmasa,
uning boshiga ham kaklik boshiga tushgan savdo
tushadi.
Qarg‘a dedi:
– Uning boshiga nima savdo tushibdi?
Dostları ilə paylaş: |