Birinchi vazirning hikoyati
Sarandip shahrida bir duradgor bor edi. Uning
xotini bag‘oyat xushro‘y, hiylakor va ishvali ayol
edi. Duradgor o‘z xotinini haddan tashqari sevar,
u esa qo‘shnilaridan biri bilan aloqada edi. Qa-
rindoshlar bundan xabardor bo‘lib qolib, durad-
gorga yetkazdilar. Duradgor avval ishni tekshirib,
so‘ngra chora ko‘rmoqchi bo‘ldi.
216
U xotiniga dedi:
– Men uncha ham uzoq bo‘lmagan bir qishloqqa
boradigan bo‘lib qoldim. Lekin safarim uch-to‘rt
kunga cho‘zilsa kerak. Safar anjomini hozirlab
qo‘y.
Xotin darhol safarga kerakli narsalarni tayyor-
lay boshladi. Duradgor xotini bilan xayrlashib
chiqib ketdi.
Eri ketishi bilan xotin o‘ynashiga xabar qildi.
Duradgor esa kechasi yashirin yo‘l bilan uyiga
kirib keldi. Xotinini o‘ynashi bilan birga suhbat
qurib o‘tirganini ko‘rdi, lekin duradgor shoshilma-
di, ular yotog‘ga kirsinlar, keyin ushlayman, deb
kutib turdi. Ular yotog‘ga kirib yotdilar. Durad-
gor ish nima bilan tugashini mushohada qilmoq
uchun taxtaning ostiga kirib oldi. Lekin biroz vaqt
o‘tgach, uni uyqu elitib, oyog‘i taxtaning ostidan
chiqib qolganini bilmay qoldi. Xotinining ko‘zi
oyoqqa tushishi bilan darhol masalani tushundi.
U o‘ynashining qulog‘iga sekingina bir narsa deb
pichirladi.
O‘ynash kulimsirab so‘radi:
– Eringni ko‘proq sevasanmi yoki meni?
Xotin javob berdi:
– Erimni ko‘proq sevaman. Ba’zan soddalik,
ba’zan nodonlik va ba’zan ehtiros xotinlarni asl
va nasabiga, qobiliyat va layoqatiga qaramay, ular
bilan yaqinlik qilishga majbur etadi. Endi erga
kelsak, u boshqa masala. U ota, jigar va avlod
kabidir. O‘z aziz jonidan erini ming marta ortiq
ko‘rmagan, erning rohati va farog‘ati uchun o‘z
hayotini qurbon qilmagan xotinga ming la’nat!..
217
Duradgor bu so‘zlarni eshitgach, yuragi yum-
shadi va o‘z-o‘ziga dedi: «Xotinimdan badgumon
bo‘lib, yaxshi ish qilmadim. Hech bo‘lmasa, endi
ularning kayf-safolarini buzmay». Shundan keyin
ovozini chiqarmay, sahargacha taxtaning ostida
yotdi...
Tong bilan, o‘ynash ketgandan so‘ng duradgor
taxtaning ostidan chiqib, xotinining oldiga kelib
o‘tirdi. Xotin o‘zini uxlaganga solib yotdi. U xotini-
ni asta-sekin uyg‘otib, ohista silab der edi:
– Agar sening qalbing sadosini eshitmasam
edi, haligi kishining uyini yondirib yuborardim,
boshqa hayosizlarga bu ibrat darsi bo‘lar edi. Le-
kin sening menga bo‘lgan muhabbatingni va bu
ishni yanglishib soddaligingdan qilib qo‘yganingni
bilgach, sening nomusingni qo‘riqlashni lozim
bildim. Qo‘rqma, o‘zingni qo‘lga olib dadil bo‘l.
Sening haqingda ba’zi yomon narsalar o‘ylab,
badgumon bo‘lganim uchun meni kechir.
Xotini ham uzr so‘ray boshladi. Shunday qilib,
har ikki taraf orasida totuvlik vujudga keldi.
Bu masalni shuning uchun keltirdimki, siz ham
duradgor kabi aldanib, qarg‘aning makr-hiylasi-
ga uchmay va hushyorligingizni yo‘qotmagaysiz.
Dushmanlar uzoq masofadan turib zarba bera
olmasalar, yaqinlashish yo‘lini qidira boshlaydilar
va o‘zlarini xayrixoh qilib ko‘rsatishga urinadilar,
shu vosita bilan sirdosh bo‘lib oladilar. Sirlarni
bilib, kerakli ma’lumotlarni olgach, payt poylab
turib shunday zarba berishlari mumkinki, ular
yetkazgan jarohatlarni asrlar mobaynida ham
tuzatish mumkin bo‘lmaydi. Men qarg‘alarni sinab
ko‘rgan, ularning aql-farosatlarini imtihon qilgan-
218
man. Bu mal’un qarg‘ani ko‘rib, uning so‘zlarini
eshitgach, ularning uzoqni ko‘radigan ekanliklari
yana bir karra ma’lum bo‘ldi.
Boyqushlarning podshohi vazirning so‘zlariga
ahamiyat bermadi. Qarg‘ani hurmat qilib, yedi-
rib-ichirib, uni yaxshi mehmon qilishni buyurdi.
Qarg‘ani o‘ldirish tarafdori bo‘lgan vazir dedi:
– Modomiki, qarg‘ani o‘ldirmadingiz, hech
bo‘lmasa, u bilan dushman kabi muomalada
bo‘ling. Uning makr va hiylalariga uchib xotirjam
bo‘lmang. Shuni aytib qo‘yayki, uning bu yerda
bo‘lishi bizga baxtsizlikkina keltiradi.
Podsho uning bu so‘zlariga ham e’tibor berma-
di, dono va aqlli vazirining nasihatlariga quloq
solmadi. Qarg‘a esa shohning xizmatida qolib,
izzat-hurmat ichida yashay boshladi. U shohga
yaqin odamlar bilan qalin do‘st bo‘lib oldi. Shoh
va uning mulozimlari unga mehr qo‘yib, nasihat-
lariga quloq soladigan bo‘ldilar.
Bir kuni qarg‘a katta bir majlisda, jamoat oldida
shunday dedi:
– Qarg‘alarning shohi menga sababsiz jafo yet-
kazdi, men undan qasos olmagunimcha tinchiy
olmayman. Bu haqda kecha-yu kunduz o‘ylay-
man. Oxiri shu fikrga keldimki, qarg‘aligimcha
qolsam, bu orzumga yeta olmayman. Olimlardan
eshitgan edimki, birov zolimdan jafo ko‘rib, o‘zini
olovga tashlasa va shu chog‘da duo o‘qisa iltijosi
mustajob bo‘ladi. Podsho rozi bo‘lsa, meni o‘tga
tashlanglar, bag‘rimga olov o‘ta boshlaganda,
boyqushga aylanishimni so‘rab duo qilaman, zora
shu yo‘l bilan u zolimdan intiqom olsam.
219
Qarg‘ani o‘ldirishni maslahat ko‘rgan boyqush
ham shu majlisda edi. U qarg‘aning bu so‘zlarini
eshitib dedi:
– Sen o‘zingni zohiran guldek pokiza qilib
ko‘rsatishga urinayotgan bo‘lsang ham, ko‘ngling
qora, o‘zing makkor va riyokor maxluqsan. Sen
rangi go‘zal, hidi xush, lekin zahar solingan sha-
robga o‘xshaysan. Sening qora qalbing, nopok
vujuding na suv bilan tozalanur, na o‘t bilan; sen
qaysi shaklda ko‘rinmagin, semurg‘mi, tovusmi
qiyofasiga kirmagin, baribir, hamisha sen qar-
g‘alarga yordam qilish orzusidasan. Sen quyosh,
bulut, shamol va tog‘ga tegish haqidagi taklifni
rad etib, ulardan sichqonni afzal ko‘rgan suluv
qiz qiyofasidagi sichqonga o‘xshaysan.
Shoh so‘radi:
– U sichqon qanday kuyovga chiqibdi?
Dostları ilə paylaş: |