Uo‘K: 821. 21-3 kbk: 82. 3(5Hin) k-19 Kalila va Dimna



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/70
tarix15.10.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#118324
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   70
KAMILA VA DIMNA

Korshinos hikoyati
Bir gala qushlar boyqushni o‘zlariga shoh 
ko‘tarmoqchi bo‘ldilar. Ular bir yerga yig‘ilishib, 
bu borada kengasha boshladilar. Shu vaqt uzoq-
dan bir qarg‘a ko‘rindi. Qushlarning biri dedi: 
– Biroz sabr qilaylik, qarg‘a yetib kelsin, u bilan 
ham maslahatlashib ko‘raylik-chi, nima der ekan, 
axir u ham parrandalar jinsidan-ku. Agar butun 
tabaqa namoyandalari yakdil bo‘lmasalar, qaror 
bir ovozdan qabul etilgan hisoblanmaydi.
Qarg‘a kelishi bilan unga ahvolni bayon etdilar.
Qarg‘a dedi: 
– Agar butun qushlar halok bo‘lib, tovus, turna, 
g‘oz kabi nomdor parrandalar yo‘q bo‘lib ketsa-
lar ham, boyqushga tobe bo‘lib, uning so‘zlari 
va buyrug‘i bilan yashashdan ko‘ra shohsiz 
qolib, o‘z aql-idrokimiz bilan yashash yaxshiroq-
dir. Chunki boyqush zohiran qushlarning eng 
xunugi, botinan eng yomoni va iflosidir. Uning 
aqli kam, o‘zi nihoyat darajada ahmoq, serjahl 
va rahmsizdir. Buning ustiga, u kunduz kuni 
hech narsa ko‘rmaydi. Hammasidan dahshatlisi 


202
shuki, u xosiyatsiz, sharm-hayosizdir. Binobarin, 
fikri ngizdan qayting, uni o‘zingizga shoh qila 
ko‘rmang, usiz ham kuningiz o‘tadi. O‘zini oyning 
elchisi e’lon qilib, o‘z aqli bilan buyuk ishlar qilgan 
quyon kabi bo‘ling.
Qushlar so‘radilar:
– U qanday ishlar qilgan?
Hikoyat
Fillar yashaydigan o‘lkalarning birida qur-
g‘oqchilik ro‘y berdi. Buloqlar quridi. Suvlar tuga-
di. Fillar suvsizlik va tashnalikka chiday olmay, o‘z 
shohlari huzuriga kelib, shikoyat qildilar, zor-zor 
yig‘ladilar.
Shoh suv axtarishga odamlar yubordi. Ko‘p 
axtarib, nihoyat «Oy» nomli suvi bor bir buloq 
topdilar. Fillarning shohi butun fuqarosini to‘plab, 
o‘sha buloqqa olib bordi. Buloq quyonlar o‘lkasi-
da bo‘lganidan fillar inlarida yotgan quyonlarni 
toptab, hamma yoqni vayron qildilar. Ertasi kun 
quyonlar yig‘ilib, o‘z shohlarining yonlariga keldi-
lar va dedilar:
– Fillarning boshimizga keltirgan falokatlari 
senga ma’lumdir. Agar tezlikda bu tadbir ko‘ril-
masa, ular bizni tamomila yo‘q qilib yuboradilar. 
Quyonlarning shohi dedi:
– Kimning nima taklifi bo‘lsa, yonimga kelib 
aytsin, kengash qilib shu baloni daf etamiz. 
Quyonlarning ichida o‘zining donoligi bilan 
shuhrat topgan Behruz otli bir quyon bor edi. U 
oldinga chiqib shunday dedi:
– Shoh bu ishni menga havola qilib, fillarning 
yoniga yuborsinlar. Menga ishonchli bir masla-


203
hatchi bersalar, u mening nimalar deb, nimalar 
qilganimni shohidi bo‘ladi va kelib shohga aytib 
beradi.
Shoh dedi:
– Biz sening aytgan so‘zlaringga ishonamiz. Qil-
adigan ishlaring muvaffaqiyatli bo‘lishiga shubha 
qilmaymiz. Mayli, bor. Vaziyat va sharoitga qarab 
harakat qil. Lekin unutmaki, elchi shohning tili, 
zehni va qalbidir. Elchining aql-zakovatiga qarab, 
uni yuborgan shohning aqli va ishlari qay ah-
voldaligi to‘g‘risida hukm chiqaradilar. Agar elchi 
nazokatsizlik qilsa, uni yuborgan shohni ta’na 
qiladilar. Elchi o‘z shohining nomus va izzatiga, 
sha’n va shavkatiga xalal yetkazmasligi, shu bilan 
birga dushmanning nima fikrda ekanligini bilib 
kelishi lozim. 
Bu so‘zlarni diqqat bilan eshitgan Behruz oydin 
kechada fillar tomonga ravona bo‘ldi. U o‘zicha 
o‘ylar edi: «Agar fillar o‘zlari yomonlik qilishni is-
tamasalar-da, ularga yaqinlashmoq men uchun 
xatarlidir, oyoqlari ostida qolib ketishim mumkin. 
Ilon uni o‘z qo‘lida o‘ynatayotgan odamni chaqish-
ni istamasa ham, og‘zining suvi unga tegsa bas, 
odam o‘sha soatda halok bo‘ladi. Yaxshisi shuki, 
bir tepaning ustiga chiqib, fillar bilan o‘sha yer-
dan turib gaplashay». U shunday qildi. Uzoqdan 
fillarning shohini chaqirib dedi:
– Men oy tarafidan yuborilgan elchiman. El-
chining aytganlari ko‘ngilsiz bo‘lsa-da, unga 
diqqat bilan quloq solmoq va buning uchun elchi-
ni qoralamaslik kerakdir.
Fillarning shohi so‘radi: 


204
– Oy nima xabar yubordi?
Behruz dedi: 
– Oy dediki, har kim o‘z quvvatiga ishonib, 
zaiflarni ranjitsa va o‘z kuch-qudratidan mag‘rur-
lanib, o‘zidan kuchsizlarni tahqir etsa, uning bu 
kuch-quvvati o‘zining halokatiga sabab bo‘ladi. 
Sen o‘zingni boshqa hayvonlardan ustun hi-
soblab, hadingdan oshibsan. Ish shu darajaga 
yetibdiki, mening nomim bilan atalgan buloqqa 
qo‘shinlaringni olib borib, suvini bulg‘atibsan. 
Seni ogohlantirib qo‘yay, agar bundan keyin yana 
shu ishingni takrorlasang, ko‘zlaring ni o‘yib ola-
man va o‘zingni halok etaman. Agar bu so‘zlardan 
shubha qilsang, hozir buloq boshiga kel, o‘sha 
yerda sen bilan uchrashamiz.
Fillarning podshohi bu so‘zlarni eshitib ta-
ajjublandi va buloq tarafga yo‘l oldi. Suvga qarab 
oyning aksini ko‘rdi.
Behruz dedi: 
– Nega qarab turibsan, tez bo‘l, xartuming bilan 
suv olib, yuzingni yuv, bosh egib ta’zim qil.
Fil xartumini suvga solishi bilan suv chayqalib, 
oy qalqiy boshladi. Fil qo‘rqib, Behruzdan so‘radi: 
– Xartumimni suvga tiqsam, oyning achchig‘i 
kelyapti, shekilli.
Behruz dedi: 
– Albatta, achchig‘i keladi-da, tez bo‘l, vaqt 
o‘tmasin, sajda qilib, uzr so‘ra!
Fil darhol bosh egib uzr so‘radi va bu yerga 
bundan keyin o‘zim ham, boshqa fillar ham oyoq 
bosmaydilar, deb ont ichdi.
Qarg‘a dedi:


205
– Bu masalni aytishdan maqsad sizni ogoh 
qilib qo‘ymoqdir: boyqush makkor va aldam-
chidir. Shuning uchun boyqushni o‘zingizga 
shoh ko‘tarib o‘tirmangiz va o‘z ishlaringizni unga 
topshirmang. Zolim podshohlarga, hiylakor va 
yolg‘onchi hukmdorlarga ishonganlarning boshiga 
taqvodor mushukka murojaat etgan kaklik bilan 
tihu
1
boshiga tushgan savdo tushadi.
Qushlar so‘radilar:
– Ularga nima bo‘libdi?
Hikoyat
Bir kaklik mening qo‘shnim edi, bir-birimizning 
mehr-u muhabbatimiz zo‘r edi. Bir kuni u to‘sat-
dan yo‘qolib qoldi. Halok bo‘lgan bo‘lsa kerak, deb 
o‘yladim. Bir necha vaqt o‘tgandan keyin bir tihu 
kelib, uning uyasida yashay boshladi. Men unga 
hech narsa demadim.
Oradan bir necha kun o‘tgach, kaklik qaytib 
keldi. Uyida tihuni ko‘rib dedi:
– Uyimni bo‘shat!
Tihu dedi:
– Hozir bu uy meniki. Agar seniki bo‘lsa, isbot qil.
Kaklik dedi: 
– Sen nima deyapsan, mening qozidan hujjatim 
bor.
Tihu javob berdi: 
– Bir odil hokimni topib unga murojaat qili-
shimiz kerak. U har birimizning so‘zlarimizni 
tinglab, odilona qaror chiqarib bersin.
1
Tihu — yovvoyi tovuq.


206
Kaklik dedi: 
– Yaqinimizda bir mo‘min mushuk bor, u 
kecha-yu kunduz ro‘za tutib, toat va ibodat bilan 
mashg‘ul bo‘ladi... Undan ko‘ra odilroq bo‘lgan 
qozi topa olmaymiz. So‘zimizni eshitib, insof bilan 
hukm chiqarib beradi. 
Ikkovlari mushuk huzuriga keldilar. Men 
ishning nima bilan tamom bo‘lishini, mushukni 
ko‘rish va uning qanday hukm chiqarishini bilish 
maqsadida ularning orqasidan ergashib bordim. 
Mushukning ko‘zi ularga tushishi bilan mehrobga 
yuz o‘girib, namoz o‘qiy boshladi.
Namozni tugatgach, kaklik nazokat bilan un-
dan iltimos qildi: 
– O‘rtamizda nizo chiqdi, hal qilib bersangiz.
Ular o‘z da’volarini aytib bo‘lgach, mushuk dedi: 
– Menga qarilik ta’sir qilib, tanimda quvvat 
qolmagan, ko‘zlarim nursizlanib, quloqlarim og‘ir-
lashgan... Yaqinroq keling va baland roq so‘zlang, 
men gapingizni yaxshi eshitib olib, odilona hukm 
chiqaray. Lekin bundan oldin sizlarga bir masla-
hat beray, agar diqqat bilan quloq solib, so‘zim-
ga amal qilsangiz, har ikkingiz dunyoda baxtli 
bo‘lasiz. Maslahatim shuki, har ikkingiz ham 
chin gapni ayting, chunki hukm haqiqatni ayt-
ganning zarariga chiqarilsa ham, u odam g‘olib 
hisoblanadi, agar yolg‘on aytganning foydasiga 
chiqarilsa ham, u odam yengilgan hisoblanadi. 
Bu dunyoda inson uchun to‘g‘ri so‘zdan, durust 
ishdan ham katta davlat bo‘lmaydi. Aqlli odam 
bu dunyoning moliga hirs qo‘ymaydi, boylikni yoz 
bulutidek o‘tkinchi va qish kuni kabi qisqa deb 
biladi, katta-kichik: kosib, savdogar, kambag‘al, 


207
boyga bir ko‘z bilan qaraydi. O‘ziga ravo ko‘rmagan 
narsalarni o‘zgalarga ham ravo ko‘rmaydi.
Mushuk shu qadar tilyog‘lamalik bilan so‘zlar 
ediki, kaklik bilan tihu uning gapiga mahliyo 
bo‘lib, yaqinrog‘iga borib o‘tirdilar.
Mushuk bir sapchib, ularning ikkalasini tutib 
yedi. Uning parhez saqlab, ro‘za tutmog‘ining, 
toat-ibodat qilmog‘ining makr-hiyla ekanligi ayon 
bo‘ldi. Boyqush ham shunday va’daga vafosiz 
makkordir. Binobarin, xomlik qilib uni podsho 
ko‘tarmang. Shohlik tojini uning iflos boshiga 
kiygizmang.
Qushlar bu so‘zlarni eshitgandan so‘ng boy-
qushni podsho ko‘tarish niyatidan voz kechdilar.
Boyqush pushaymon bo‘lib, ma’yus holda qar-
g‘aga dedi:
– Sen meni rasvo qilding, sen oramizga shunday 
bir xusumat soldingki, u dunyo turguncha turav-
eradi. Men senga biron yomonlik qildimmiki, uning 
alamini olasan. Har holda shuni bili shing kerak-
ki, daraxtni kessalar, uning ildizidan bir shoxcha 
ko‘karib, uning o‘rnini bosadi, qilich va o‘q yarasi 
bitib ketadi, lekin til yarasi hech vaqt tuzalmaydi. 
Qalbga sanchilgan so‘z o‘qini chiqarib bo‘lmaydi. U 
umrbod o‘sha yerda qoladi. Har dardning bir dar-
moni bor. Suvning darmoni o‘t, zaharning darmoni 
taryak, g‘amning darmoni sabr, ishqning darmoni 
visoldir; adovatni bosadigan dori yo‘q. Agar butun 
daryolarning suvini sepsalar ham, kin va g‘azab 
otashini so‘ndira olmaydi. Sen qarg‘alar bilan boy-
qushlar orasida shunday bir xusumat daraxtini 
o‘tqazdingki, uning ildizlari juda chuqur, shoxlari 
juda kattadir, u hech qachon qurimaydi.


208
Bu so‘zlarni boyqush g‘azab bilan aytib, ma’yus 
holda chiqib ketdi.
Qarg‘a qilgan ishidan pushaymon bo‘lib, o‘z-o‘zi-
ga dedi: «Nodonlik qildim, o‘zim va o‘z hamjins-
larimga dushman orttirdim. Bu so‘zlarni aytishga 
boshqa qushlarga qaraganda haqqim ko‘p emas 
edi, ular ham boyqushlarning ayblarini bilar va 
ularning nimalarga qodir ekanliklarini mendan 
yaxshi tushunar edilar. Lekin buning oqibatini 
bilib, yuraklaridagi so‘zlarini aytishdan o‘zlari-
ni tiyganlar. Eng dahshatlisi shuki, men so‘zni 
yuziga aytdim, yuzga aytilgan so‘zning tig‘i o‘tkir 
bo‘ladi. Kuch va quvvatiga ishongan aqlli odamlar 
ham boshqalarda adovat uyg‘otishni maslahat 
ko‘rmaydilar, o‘z sha’n-shavkatlariga mahliyo 
bo‘lmaydilar. Taryak va boshqa dori-darmonlari 
bo‘lgan odam ularga ishonib zahar ichmaydi. Eng 
yaxshi fazilat – xayrli ish qila bilmoqdir. Yaxshi 
so‘z xayrli ishning o‘rnini bosa olmaydi, chunki 
chiroyli so‘z bo‘lmagan taqdirda ham yaxshi ish 
o‘z samarasini ko‘rsatadi va barcha tomonidan 
taqdirlanadi. Ammo chiroyli so‘z qilinadigan ishni 
xalq ko‘zida qanchalik latofatli qilib ko‘rsatmasin, 
baribir bu ish amalga oshmay qolganda u so‘z 
pushaymonlik keltiradi. Men so‘zga e’tibor berib, 
ishning oxiri nima bilan tamom bo‘lishini bilma-
gan, bunga ahamiyat bermagan ana shunday 
ahmoqlardanman. Agar aqlim bo‘lsa edi, bunday 
ahmoqlik qilmagan bo‘lardim, avval biror kishi 
bilan maslahatlashardim. Muayyan bir qarorga 
kelgandan so‘ng pardali so‘zlar bilan o‘z fikrimni 
aytganimda o‘z aqlimning noqisligini oshkor qilib 
qo‘ymagan bo‘lardim. Yaxshi o‘ylamasdan turib 


209
bunday katta va mas’uliyatli ish to‘g‘risida gap 
boshlash aqlsizlikdir. Dunyo ko‘rgan tajribali 
odamlar bilan maslahatlashmasdan ish boshla-
ganlarni nodon deb hisoblaydilar. Axir, ko‘ra-bila 
turib, o‘zimizga dushman orttirdim?!».
Qarg‘a bir soatcha o‘z-o‘zi bilan shu zaylda 
so‘zlashgandan so‘ng uchib ketdi.
– Biz bilan boyqushlar o‘rtasidagi dushman-
chilikning boshlanishi mana shunday bo‘lgan edi.
Shoh dedi: 
– Bu gaplarni aytib berganlaring yaxshi bo‘ldi. 
Endi ayt-chi, sen bizning boshimizga tushgan ish 
to‘g‘risida nima fikrdasan? Bir tadbir ko‘rsatki, 
najot topaylik.
Beshinchi qarg‘a dedi:
– Urushishga, boj-xiroj berishga, vatanni tark 
etib ketishga qarshi ekanligimni aytgan edim. 
Meningcha, bu ishning chorasi hiyladir. Ko‘p 
odamlar aql bilan shunday zafar qozonganlarki
ularni kuch va urush vositasi bilan qo‘lga kiritib 
bo‘lmaydi. Masalan, bir zohidning qo‘lidan hiyla 
bilan qo‘yini tortib olganlari kabi...
Shoh so‘radi: 
– Ayt-chi, qanday hiyla bilan qo‘yini tortib olib-
durlar?

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin