213
butun umri bo‘yi bir soat ham eri bilan birga bo‘-
lish ni istamas edi. Bir kuni ularning uyiga o‘g‘ri
tushdi. Savdogar uxlab yotar, xotini uyg‘oq edi.
Xotin o‘g‘rini ko‘rib, qo‘rqib ketdi. Qochib borib
erining qo‘yniga kirdi va uni mahkam quchoqlab
oldi. Eri uyqudan uyg‘onib ketib so‘radi:
–
Bu qanday lutf, bu qanday marhamat? Qay-
si xizmatim evaziga bu ne’mat menga muyassar
bo‘ldi?
Ammo o‘g‘rini ko‘rib, masalani tushundi va
o‘g‘riga dedi:
– Ey, sher yurakli yigit, ko‘ngling istaganicha
mol-davlatimdan ol. Senga halol bo‘lsin. Men
yolg‘iz sening muborak
qadaming tufayli bu baxt-
ga erishdim.
Ikkinchi vazir hikoyasini tugatishi bilan shoh
uchinchi vazirning fikrini so‘radi.
Uchinchi vazir dedi:
– Albatta, buni o‘ldirish kerak emas, aksincha,
unga iltifot ko‘rsatib baxshish bermoq lozimdir,
shoh saroyi unga panoh bo‘lsin. Aqlli odam dush-
man orasiga nifoq solishni ham g‘alaba deb hi-
soblaydi. O‘g‘ri bilan dev orasidagi janjal zohidga
qo‘l kelgani kabi dushmanlar
orasidagi ixtilof ham
ishlarni yo‘lga solib yuborishga imkon beradi.
Shoh so‘radi:
– O‘g‘ri bilan dev nega janjallashib qolishgan
ekan?
Uchinchi vazirning hikoyati
Zohid bir ho‘kizni uyiga olib ketayotgan edi.
Uni o‘g‘ri ko‘rib qolib, ketidan tushdi. Bir dev ham
inson qiyofasiga kirib, o‘g‘riga hamroh bo‘ldi.
214
O‘g‘ri so‘radi:
– Sen kimsan va qayerga ketyapsan?
U javob berdi:
–
Men devman, zohidni ta’qib etib kelmoqda-
man. Fursat topib, uni bo‘g‘ib o‘ldirmoqchiman.
Xo‘sh, sen o‘zing kimsan?
O‘g‘ri dedi:
– Men yulduzni benarvon uradigan o‘g‘riman.
Hozir zohidning semiz ho‘kizini o‘g‘irlamoqchiman.
Ular birga ravona bo‘ldilar va tunda zohidning
uyiga yetib keldilar. Zohid ho‘kizni bog‘lab, unga
suv, pichan berib, o‘zi o‘rniga kirib yotdi.
O‘g‘ri agar dev zohidni o‘ldirmoqchi bo‘lsa, u
uyg‘onib qolib, shovqin solishi mumkin. Unda
ho‘kizni o‘g‘irlash qiyin bo‘ladi, deb o‘yladi.
Dev ham, agar o‘g‘ri ho‘kizni o‘g‘irlasa, chiqib
ketayot ganida uning ovozidan zohid uyg‘onib
ketadi-yu, uni o‘ldirish mumkin bo‘lmay qoladi,
deb o‘yladi.
Dev o‘g‘riga dedi:
–
Sen biroz sabr qil, men zohidni o‘ldiray,
so‘ngra sen ho‘kizni olib ket.
O‘g‘ri dedi:
– Yo‘q, avval men ho‘kizni olib ketay, so‘ngra
sen zohidni o‘ldir.
Shunday qilib, ular bir-birlari bilan kelishol-
may, janjallashib qoldilar. O‘g‘ri zohidni chaqirib
dedi:
– Ey, badbaxt, nima qilib yotibsan, tur, bu yer-
da dev bor, u seni o‘ldirmoqchi.
Dev ham baqirib dedi:
– Zohid, tur, uyingga o‘g‘ri tushdi, ho‘kizingni
o‘g‘irlab ketmoqchi.
215
Zohid uyg‘onib ketib, dodlay boshladi. Dev va
o‘g‘ri qo‘rqib qochdilar.
Shunday qilib, dushmanlar orasidagi ixtilof
zohidning moli va jonining
salomat qolishiga sa-
babchi bo‘ldi.
Bu so‘z shu yerga yetganda, qarg‘aning o‘ldiri-
lishini maslahat ko‘rgan birinchi vazir dedi:
– Men ko‘rib turibman, bu qarg‘a o‘z makri bilan
sizni aldashga muvaffaq bo‘ldi. Men hamon ta’kid-
layman, siz g‘aflat uyqusidan uyg‘onib, ko‘zingizni
katta oching, bu ishning oqibatini o‘ylang. Aqlli
odamlar yolg‘on so‘zlarga uchmaydilar. Faqat ta-
jribasiz odamgina kichik bir xushomadgo‘ylikni
ko‘rganda yumshab,
avvalgi xusumatni, dush-
manning xiyonati va riyokorligini unutadi, dush-
manning yolg‘on gapini rost deb qabul qiladi va u
bilan kelishadi. Hammasidan taajjublisi shuki, bu
yolg‘onchining ko‘zbo‘yamachiligi natijasida Basra
sizning ko‘zingizga Bag‘dod bo‘lib ko‘rinyapti va siz
xotinining so‘ziga ishongan duradgorga o‘xshab
qolyapsiz.
Shoh so‘radi:
– Duradgorga nima bo‘libdi?
Dostları ilə paylaş: