Uo‘K: 821. 21-3 kbk: 82. 3(5Hin) k-19 Kalila va Dimna



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/70
tarix15.10.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#118324
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   70
KAMILA VA DIMNA

Boyqushning hikoyati
Bir duosi mustajob zohid bor edi. Bir kuni 
u ariq labida o‘tirganida tepasidan bir kalxat 
uchib o‘tdi. Uning tumshug‘idagi sichqon bolasi 
zohidning yoniga tushib ketdi. Zohid u sichqon 
bolasiga shafqat qilib, uni yaproqqa o‘radi-da, 
uyiga jo‘nadi. Uydagilar uni ranjitmasin deb, bir 
duo bilan uni suluv qizga aylantirdi. U shunday 
bir qiz bo‘ldiki, kun desa ko‘zi bor, oy desa yuzi 
bor edi. Xotiniga dedi:
– Bu mening qizim, o‘z bolalaringni qanday 
tarbiyat qilsang, buni ham shunday tarbiyat qil.
Xotini uni o‘z qizidek ko‘rib, parvarish qila 
boshladi. Qiz balog‘atga yetgach, zohid unga dedi: 


220
– Sen katta bo‘lib qolibsan, endi erga tegadi-
gan vaqting keldi, ko‘ngling istagan odamlardan 
birortasini ayt, men seni unga uzatay.
Qiz dedi: 
– Men eng kuchli bir kimsaga kuyovga chiqishni 
istayman.
Zohid dedi: 
– Demak, quyoshga turmushga chiqmoqchi 
ekansan-da? – So‘ngra quyoshga qarab dedi: – Bu 
go‘zal va iffatli qiz kuchli va qudratli erga talabgor, 
uni senga bersam deyman.
Quyosh dedi: 
– Men unga o‘zimdan ham kuchli, qudratli bir 
er ko‘rsata olaman. U bulutdir. U mening yuzimni 
berkitib, insonlarni mening jamolim yorug‘ligidan 
mahrum etadi.
Zohid bulutning yoniga kelib, o‘sha gapni aytdi.
Bulut dedi: 
– Shamol mendan kuchli, chunki u meni 
xohlagan yeriga quvib olib ketadi. 
Zohid shamol yoniga kelib, o‘z taklifini takrorladi.
Shamol dedi: 
– Tog‘ mendan kuchli, men uni joyidan qo‘z-
g‘atolmay man, u mening yo‘limni to‘sadi. 
Zohid tog‘ning yoniga kelib, o‘sha gapni ayt di.
Tog‘ dedi: 
– Sichqon mendan kuchli, u mening bag‘rimni 
teshib, yuragimda o‘ziga in yasagan. Uni quvib 
chiqarishga kuchim yetmaydi. Sen uning yoniga 
bor.
Qiz bu so‘zni eshitgach, dedi: 
– To‘g‘ri gap. Mening asl erim o‘sha sichqon 
bo‘lishi kerak. 


221
Zohid sichqonning yoniga kelib, dedi: 
– Sen shu qizga uylanasanmi?
Sichqon dedi: 
– Mening xotinim o‘z jinsimdan bo‘lishi kerak.
Qiz zohidga dedi: 
– Duo qil, men sichqon bo‘lay.
Zohid duo qildi. Qiz sichqonga aylanib qoldi va 
zohid uni sichqonga uzatdi, shunday qilib, sich-
qon asliga qaytdi.
Shuni deb boyqush qarg‘aga dedi: 
– Ey, hiylakor, sening ham tabiating shu sich-
qonning tabiatiga o‘xshaydi.
Boyqushlar podshohi bu safar ham uning 
so‘zlariga bovar qilmadi. Qarg‘a esa o‘z ishini bilib 
qilar, har kuni yangi-yangi maroqli hikoyalar, 
ajoyib va g‘aroyib afsonalar aytib, boyqushlarning 
boshini aylantirar, sekin-sekin ularning qalblari-
ga kirib, sirlarini o‘rganar, yotadigan-turadigan 
yerlarini ko‘z ostiga olib qo‘yar edi. Nihoyat, bir 
kuni fursat topib, yashirincha qarg‘alarning yo-
niga kelib, dedi:
– Mo‘ljallagan ishlarimni bitirdim, endi bu 
yog‘i sizlarga qoldi, ishni boshlash kerak. Bir 
g‘ayrat ko‘rsatsangiz, boyqushlar podshohini 
qo‘shin-po‘shini bilan asfalasofilinga jo‘natasiz.
Shoh dedi:
– Sensiz ishimiz bitmaydi. Nima qilmoq lozim 
bo‘lsa ayt, amr qilay.
Qarg‘a dedi: 
– Butun boyqushlar hozir falon tog‘dadirlar, 
kunduz lari falon g‘orga to‘planadilar. G‘orning 
yaqinida qurib yotgan tikanzor va chakalakzor 
bor. Podsho buyursin, qarg‘alar o‘tinlarni yig‘ib 


222
g‘or og‘ziga qalasinlar. Men esa biror cho‘pon 
gulxanidan bir cho‘g‘ olib kelib o‘tinga tashlay, 
shunda qarg‘alarning hammasi qanot qoqa bosh-
lasinlar, buning shamolidan olov gurullab yonib 
ketadi, g‘ordan chiqqan har bir boyqush kuyib 
o‘laveradi, chiqolmaganlari esa tutundan bo‘g‘ilib 
halok bo‘ladi. 
Podshohga bu tadbir ma’qul tushdi. Shoh amr 
qildi, qarg‘aning butun aytganlarini bajo keltirdi-
lar. Boyqushlarning hammasi kuyib o‘ldi. Qar-
g‘alar g‘alaba qozonib, hech talafot bermay, shod 
va xurram bo‘lib o‘z yerlariga qaytdilar. Shoh va 
uning lashkarlari qarg‘aning bu ajoyib tadbirini, 
ko‘rsatgan bu ulug‘ xizmatini maqtab, unga min-
natdorchilik bildirdilar.
Bir kuni shoh suhbat asnosida qarg‘adan 
so‘radi:
– Deydilarki, yaxshilik bilan yomonlik o‘t bilan 
suvdek bir-biriga dushman, yaxshilar yovuz odam 
bilan ulfatchilik qilolmaydilar. Sen esa qanday 
qilib shuncha muddat boyqushlar bilan birga 
yashay olding?
Qarg‘a javob berdi: 
– Rost aytdingiz. Lekin aqlli odamlar o‘z qa-
biladoshlarining orzularini ro‘yobga chiqarish 
uchun jonbozlik ko‘rsatib, yo‘lida duch kelgan 
har qanday qiyinchiliklardan qo‘rqmaydilar, 
mashaq qat va aziyatni pisand qilmaydilar. Axir, 
ganj ranjsiz qo‘lga kirmaydi, gul tikansiz bo‘lmay-
di. Katta va mas’uliyatli ishlarda, ayniqsa, vatan 
va shoh tahlika ostida qolganda dushmanni daf 
etish ishiga sovuqqonlik bilan qaragan shaxslarni 
hikmat egalari qoralaydilar...


223
Podsho dedi: 
– Boyqushlarning aql-farosatidan so‘zlab ber-
sang.
Qarg‘a dedi: 
– Ularning ichida meni o‘ldirishni maslahat 
ko‘rgan boyqushdan bo‘lak birorta ziyrak va aql-
lisini ko‘rmadim. Uning gapiga hech kim quloq 
osmadi. Men o‘z urug‘ doshlarim oldida yuksak 
hurmat va baland mavqe egasi ekanligim, aqlli va 
tajribali hisoblanganligimni, hiyla ishlatib ularga 
tuzoq qo‘yishim mumkinligini anglashga faro-
satlari yetmadi. Ular na o‘z aqllari bilan ish ko‘ra 
oldilar, na maslahatchilarning aytganlarini qabul 
etdilar. Ular mendan o‘z sirlarini ham yashira ol-
madilar. Holbuki, podshohlar o‘z sirlarini norozi 
do‘stdan saqlashlari lozim.
Podsho dedi: 
– Demak, boyqushlar halokatining sababi 
podshoh larining takabburligi va vazirlarining 
ahmoqligi ekan-da?
Qarg‘a dedi: 
– Xuddi shunday. G‘alaba qozonib mag‘rur-
likka berilmaydigan, xotinlar bilan yomon yurib
sharmanda bo‘lmagan, ko‘p taom yeb, qorni 
og‘rimagan odam, aqlsiz vazirlar so‘ziga kirib, 
halok bo‘lmagan podsho kamdan kam topiladi.
Podsho dedi: 
– Dushmanni daf etish uchun ko‘p mashaq-
qatlar chekding. Hatto o‘z izzat-nafsingni ayamay 
dushman oldida tiz cho‘kishga va uni hurmat-
lashga majbur bo‘lding.
Qarg‘a dedi: 
– Maqsadga erishish uchun barcha azob- 
uqubatni bo‘yniga olgan kimsaga bundan bosh-


224
qa chora yo‘qdir. Shohim, ilonning nima uchun 
qurbaqaga xizmat qilishga rozi bo‘lganligini eshit-
gandirlar.
Podsho dedi: 
– Qani eshitaylik.

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin