Qarg‘aning navbatdagi hikoyati
Bir tom bo‘g‘otida ikki chumchuq in qo‘ygan
edilar. Ular bir kuni bola ochdilar. Ikkovlari
navbatma-navbat bolalarini boqish uchun ovqat
izlab ketar edilar. Kunlardan bir kun eri kelganda
ona chumchuq o‘z ini oldida parvona bo‘lib uchib
yurardi. Eri, nima gap, deb so‘radi.
Ayoli javob berdi:
– Bir lahza g‘oyib bo‘lgan edim, kelsam, bir
haybatli ilon kelib, bolalarimizga qasd qilayot-
gan ekan. Shuncha yalinib-yolvordim, bo‘lmadi,
keyin tahdid qilishga o‘tdim: «Bu ishingdan qayt,
yo‘q esa bolalarimning otasi bilan intiqom kama-
rini belimizga bog‘lagaymiz», – dedim, bo‘lmadi.
228
Faryod-u zorimga qaramay inimizga kirib, bo-
lalarimizni yedi, hozir ham o‘sha yerda yotibdi.
Ota chumchuqning g‘azabi qaynab, nima qilishni
bilmay turgan edi, shu vaqt uy egasi qora chi-
roq yoqmoqchi bo‘lib pilikni yondirdi va endi uni
chirog‘donga qo‘ymoqchi bo‘lganda, chumchuq
parillab kelib, yonib turgan pilikni olib qochdi, uni
bo‘g‘otdagi inga otdi. Uy egasi uyga o‘t ketishidan
qo‘rqib darhol tomga chiqdi va bo‘g‘otni ochib o‘tni
o‘chirishga urindi. Ilon olovdan qutulish uchun
bo‘g‘ot ochilgan tomondan boshini chiqargan edi,
uy egasining ketmoni kelib boshini cho‘rt uzdi.
Bu qissadan hissa shuki, ilon o‘z dushmanini
mensimagani va zaif deb hisoblaganligi uchun
halok bo‘ldi.
Hozir mamlakatni muhofaza qilish va dush-
manni bartaraf qilishda bizning shoh bilan teng-
lashadigani yo‘qdir; o‘z xizmatida bo‘lganlarga
g‘amxo‘rlik qilishda, ularni o‘z iste’dod va layo-
qatlariga qarab davlat ishlariga tayinlashda, lutf-
karam ko‘rsatishda, raiyat uchun g‘amxo‘rlikda
shohimizning misli yo‘qdir.
Shoh dedi:
– Yo‘q, bu buyuk ishlarni ro‘yobga chiqarish,
dushmanlarni mahv etish sening to‘g‘ri masla-
hatlaring, mislsiz sadoqating va zo‘r mahorating
natijasidagina mumkin bo‘ldi. Men senga iltifot
qilib, uning samarasini ko‘rdim. Kimki davlat ish-
larining jilovini aqlli vazirlarga topshirsa, u hech
vaqt pushaymon bo‘lmaydi, hech narsa uning
baxtini qo‘lidan tortib ololmaydi. Eng taajjubli
narsa shuki, uzoq muddat dushman orasida
yashab, ularning ming xil ta’na va tahqirlarini
229
eshitib, azob-uqubatlar chekib, biror marta ham
og‘zingdan dushmanda shubha tug‘dirishi mum-
kin bo‘lgan so‘z chiqarmading.
Qarg‘a dedi:
– Men har ishda, har qanday vaziyatda
shohning bergan pand-nasihatlarini qulog‘imda
tutdim, bilimi, aqli, zehni g‘oyat yuksak bo‘lganligi
uchun har ishda undan o‘rnak olishga tirishdim,
uning shohlarga xos bo‘lgan dasturilamal va far-
monlarini o‘zimga rahnamo deb bildim...
Shoh dedi:
– Sen xushmuomalaliging, to‘g‘riliging, ish-
bilarmon liging jihatidan saroy mulozimlarining
mumtozi eding. Zo‘r aql va metin iroda bilan shun-
day ulug‘ ishning uddasidan chiqa olding. Unga-
cha na yeganimizda, na yotar-turarda halovatimiz
bor edi, chunki o‘zidan kuchli dushmanga duch
kelgan odam to jonini undan xalos etmaguncha
kechani kunduzdan, oqni qoradan ajrata olmay
qoladi. Hikmat egalari aytibdurlarki, kasal odam
to sog‘aymagunicha yegan ovqatining lazzatini
bilmaydi, hammol to og‘ir yuk ostidan chiqma-
gunicha chuqur nafas ololmaydi, mazlum xalq to
dushman yo‘qotilmagunicha tinchimaydi. Endi
aytib ber-chi, ularning podshosi qanday ekan?
Qarg‘a dedi:
– Uning rayosatining asosini fuqaroga mehribo-
nlik emas, takabburlik, xudpisandlik tashkil etar
edi. Buning ustiga, u aql va zakovatdan mahrum,
kaltafahm, hech qanday fazilatsiz bir maxluq edi.
Uning yonidagilar – vazir va vakillari ham aynan
o‘ziga o‘xshardi. Yolg‘iz meni o‘ldirishni maslahat
230
ko‘rgan boyqush vazirgina ulardan ajralib turar
edi.
Shoh dedi:
– U vazirning aqlidan darak beradigan xususi-
yatlari nimadan iborat ekan?
Qarg‘a dedi:
– Uning ikkita xususiyati bor edi: biri – meni
o‘l dirishni maslahat bergani; ikkinchisi – o‘z sho-
hining rozi emasligini bilsa ham, o‘z fikrini undan
yashir ma ganligi. U nazokat va muloyimlik bilan
shohga qattiq, lekin dilga botmaydigan so‘zlar
aytar, shohning qanday ulug‘ odam bo‘lishi ker-
akligini esiga solib turar edi; shohning xatolarini
ko‘rganda, go‘zal va ibratli so‘zlar, masallar bilan
xatosini tushuntirishga urinar edi, ma’noli riv-
oyatlar, qiziq voqealar, chiroyli hikoyalar aytib
berib, shu orqali boshqalarning nuqsonlarini
shohga ibrat ko‘zgusida ko‘rgazardi, toki shoh
unga qarab o‘zining ayblarini ko‘rsin va unga
g‘azab qilmasin. Bir kuni shohga quyidagi gap-
ni aytib turganini eshitib qoldim: «Hukmdorlik
juda sharafli ish va ulug‘ mavqedir. Bu baxtga
muyassar bo‘lgach, uning qadrini bilmoq va uni
qo‘riqlash uchun mislsiz fidokorlik ko‘rsatmoq
kerak. Endi mumkin qadar oz xato qilib, ko‘p ish
qilish payti keldi. Mamlakatning osoyishtaligi va
davlatning mustahkamligi yetuk aql, mustah-
kam iroda, to‘g‘ri maslahat va o‘tkir qilich bilan
barqarordir». Lekin uning so‘ziga quloq soluvchi
va maslahatini qabul qiluvchi topilmadi. Na ular
bu boyqushning aql va zakosidan foydalana oldi-
lar, na buning o‘zi dono maslahatlari va aqli bilan
jonini balodan qutqara bildi.
231
Dushman zaif va kuchsiz bo‘lsa ham, uning
makr va hiylasidan ehtiyot bo‘lmoq haqidagi hi-
koya shundan iboratdir. Qarg‘a zaif va kuchsiz
bo‘lsa-da, o‘z aqli va zakovati bilan o‘zi kuchli,
lashkari behisob, lekin kaltafahm dushmanni
mana shunday yo‘l bilan tor-mor keltira oldi.
Boshqa yo‘l bilan u o‘z maqsadiga erisha olmas
edi. Ma’rifat sohiblari bu hikoyadan ibrat darsini
olishlari, kerakli xulosalar chiqarishlari lozim va
bilishlari kerakki, dushman zaif bo‘lsa-da, unga
e’tiborsizlik, mensimaslik bilan qarash va hech
narsa qila olmaydi deb o‘ylash xatodir...
Sadoqatli do‘st va layoqatli ko‘makchilar eng
qimmatli davlat hisoblanadi. Kimki bularning
ikkalasiga yetishsa, ham do‘stlar orasida saraf-
roz, ham dushmanlarning makr-hiylasidan emin
bo‘ladi.
|