Uo‘K: 821. 21-3 kbk: 82. 3(5Hin) k-19 Kalila va Dimna



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/70
tarix15.10.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#118324
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   70
KAMILA VA DIMNA

Qarg‘aning hikoyati
Bir ilon qarib, kuch-quvvatdan qolib, ovga 
yaramay, tirikchilik o‘tkazish yo‘lini topolmadi. 
O‘z-o‘ziga der edi: «Yigitlik ketdi, uni endi qaytarib 
bo‘lmaydi. Hech bo‘lmasa, qariligimni tinchgina 
o‘tkazsaydim. Bu vafosiz dunyoga ko‘ngil qo‘yib 
bo‘lmaydi, oxiri voydir. Modomiki, men shu ah-
volga tushibman, aziyat va mashaqqatga taslim 
bo‘lmay, makr va hiylaga murojaat etay».
Shuni deb ilon qurbaqalari ko‘p bo‘lgan bir 
ko‘lning qirg‘og‘iga sudralganicha keldi-da, cho‘zilib 
yotdi. Bir qurbaqa uning yoniga kelib so‘radi:
– Senga nima bo‘ldi? Xafa ko‘rinasan?
Ilon javob berdi: 
– Dunyoda mendan baxtsiz bir maxluq bor-
mikin? Mening tirikchiligim qurbaqa tutib ye-
yish bilan o‘tar edi. Endi shunday bir kasallikka 
yo‘liqdimki, qurbaqalar o‘zlari kelib og‘zimga kir-
salar ham, yuta olmayman.
Qurbaqa bu xabarni o‘z shohiga yetkazdi, qur-
baqalar shohi taajjub qilib ilonni o‘z huzuriga 
chaqirtirdi va dedi: 
– Qanday qilib sen bu kasallikka yo‘liqding?
Ilon dedi:
– Bir kuni bir qurbaqani tutmoqchi bo‘lib quv-
lagan edim, u qochib bir zohidning uyiga kirib 


225
ketdi, men ham uning orqasidan ergashdim. Uy 
qorong‘i edi. Zohidning o‘g‘li uxlab yotgan ekan, 
bilmabman. Og‘zimni ochib bir hamla qilgan 
edim, qurbaqa deb o‘sha bolaning boshmaldog‘ini 
tishlab olibman. Zohidning o‘g‘li o‘sha zamonoq 
jon berdi.
Zohid buni ko‘rib mening orqamdan quvlay 
boshladi va meni la’natlab der edi: «Iloyo, sen 
shunday bir kasallikka duchor bo‘lginki, qur-
baqalar shohi sening ustingga minib gasht qilib 
yuradigan bo‘lsin. Qurbaqalar shohi o‘zi in’om qil-
maguncha, aslo qurbaqa yuta olmagin». Endi bu 
yerga, zora shoh mening ustimga minib sayr qilib 
yursa degan umid bilan keldim, chunki qazoning 
hukmidan qochib qutulib bo‘lmaydi.
Shohga bu so‘z ma’qul tushdi, o‘zining shunday 
bir sha’n-shavkatga, sharaf va hurmatga loyiq 
bo‘lganligidan shod bo‘ldi va ilonning ustiga minib 
olib, kerilganicha sayrga jo‘nadi.
Biroz vaqt o‘tgach ilon dedi: 
– Shohim omon bo‘lsinlar, menga uni sayr 
qildirib yurish uchun kuch kerak, ovqat kerak, 
endi esa hol-jonim qolmadi.
Shoh dedi: 
– To‘g‘ri aytasan. Har kuni senga ikki qurbaqa 
in’om qilaman.
Ilon har kuni ikki qurbaqa yeb o‘z kunini o‘t-
kazar edi. U o‘zining qurbaqaga qilayotgan bu 
xizmatidan foyda olayotgani uchun uni o‘ziga or 
va nomus deb bilmas edi.
Men ham aziyat cheksam-da, sabr qildim, 
chunki bu dushmanni halok etmoq, qavmimizni 
tahlikadan qutqarmoq va shohning hayoti, davla-


226
tini saqlab qolmoq uchun zarur edi. Dushmanni 
bartaraf qilishda hiyla va sabrning o‘rni kattadir. 
Shunga ko‘ra: «Aql kuchdan ustundir», – deganlar. 
Masalan, bir odam qanchalik kuchli bo‘lmasin, 
urush maydonida 10-20 dan ortiq odamni halok 
qila olmaydi, holbuki, bir aqlli odam o‘ylab, tad-
bir bilan ish ko‘rsa, butun bir o‘lkani xarob etib, 
quvvatli bir qo‘shinni mag‘lubiyatga uchratishi 
mumkin. Masalan, o‘t agar bir daraxtning ustiga 
tushsa, yerdagidan ko‘ra ko‘proq zarar yetkaz-
maydi, holbuki, suv suyuq bo‘lishiga qaramay kat-
ta daraxtlarni ildizlari bilan qo‘porib keta biladi.
Debdurlarki, agar ikki kishi bir buyuk orzuga 
yetishishni istasalar, bunga ularning muruvvatda 
ustun bo‘lgani muvaffaq bo‘ladi; agar muruvvatda 
teng bo‘lsalar, irodasi kuchli bo‘lgani yetishadi; 
irodada ham barobar bo‘lsalar, yordamchi va 
do‘stlari ko‘p bo‘lgan yengib chiqadi; agar bu 
jihatdan ham oralarida farq bo‘lmasa, u vaqtda 
toleyi baland bo‘lgani yetishadi...
Hikmat egalari aytibdurlar: «Kimki g‘alabadan 
boshi aylanmaydigan va mag‘lubiyatdan ruhi 
tushmaydigan aqlli va tajribali shohlar bilan olish-
sa, unday odam o‘z baxtini qora qilgan va o‘zini o‘zi 
o‘limga hukm qilgan bo‘ladi. Shoh paydo bo‘lishi 
mumkin bo‘lgan barcha moneliklarni nazarga oli-
shi, qilinadigan ishni har tomonlama o‘rganishi, 
qayerda shoshilib, qayerda sabrli bo‘lishni, qa-
yerda g‘azabli, qayerda muloyim bo‘lishni yaxshi 
bilishi zarur. Juda yumshoqlik qilib har narsaga 
yo‘l qo‘ya bermasin, juda ham shafqatsizlik qilib 
har narsa uchun jazo beravermasin...»
Podsho dedi: 


227
– Boyqushlar bizni nazarga ilmadilar, chunki 
bizni oz va zaif deb o‘yladilar.
Qarg‘a dedi: 
– Dunyoda to‘rt narsa borki, ularning kamini 
ham ko‘p hisoblaydilar. Birinchisi olov bo‘lib, 
uning ko‘pi ham, ozi ham kuydiradi, kichigi juda 
tez katta bo‘lib ketadi; ikkinchisi qarz bo‘lib, qar-
zini so‘rab keluvchilardan yetishadigan xijolat 
bir tanga uchun ham, ming tilla uchun ham 
barobardir; uchinchisi bemorlikdirki, har qan-
dayi ham kishini behuzur qilib, zaiflashtiradi; 
to‘rtinchisi dushman bo‘lib, u qanchalik xor va 
zaif bo‘lmasin, axir bir kun o‘z ishini qiladi. Men 
bir chumchuqning bahaybat bir ilondan intiqom 
olganini eshitganman.
Shoh so‘radi: 
– Chumchuq qanday intiqom olibdi?

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin