Uo‘K: 821. 21-3 kbk: 82. 3(5Hin) k-19 Kalila va Dimna



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/70
tarix15.10.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#118324
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   70
KAMILA VA DIMNA

Qarg‘aning hikoyati
Bir zohid qurbonlik uchun bir qo‘yni uyiga 
olib borar edi. Yo‘lda bir necha ayyor odamlar 
unga duch keldilar. Ular zohidni aldab, qo‘yini 
olib ketishga qaror qildilar. Ulardan biri zohidga 
yaqinlashib dedi:


210
– Ey, shayx, bu itni qayoqqa olib ketyapsan?
Ikkinchi tarafdan yana biri kelib dedi: 
– Shayx bu itni ovga olib borayotgan bo‘lsa 
kerak.
Yana biri boshqa tomondan kelib dedi:
– Bu kishi tashqi ko‘rinishidan zohidga o‘xsha-
sa ham, lekin aslida zohid emas, chunki zohid it 
bilan do‘st bo‘la olmaydi, qo‘linigina emas, hatto 
kiyimini ham itga tegizishdan jirkanadi, itni ha-
rom deb biladi.
Zohid ularning bir xil gapirayotganligini eshit-
gach, yuragiga shubha tushdi va o‘z-o‘ziga dedi: 
«Balki qo‘y sotgan odam jodugardir, itni ko‘zimga 
qo‘y qilib ko‘rsatib, menga sotgandir». Shuni deb 
qo‘yini tashlab ketdi. Lo‘ttibozlar esa qo‘yni so‘yib, 
go‘shtini bo‘lib oldilar.
– Bu masalni aytmoqdan maqsadim, biz ham 
ishimizni hiyla va tadbir bilan saranjom qilmog‘imiz 
mumkinligini ko‘rsatmoq edi. Men najot yo‘lida 
o‘zimni qurbon qilishga tayyorman. Shoh mendan 
g‘azablangan bo‘lsinlar va meni o‘z qonimga bo‘yab, 
patlarimni yulib, bir daraxt tagiga olib borib tash-
lashga amr qilsinlar. So‘ngra shoh o‘z qo‘shinlarini 
olib falon yerga chekinsinlar va mening qaytishimni 
kutsinlar. Men hiyla ishlatib, ishni bitirgandan 
keyin shohning huzuriga boraman.
Shoh uning aytganlarini bajo keltirdi. Xuddi 
o‘sha kechasi boy qushlar yana bosqin qildilar. 
Lekin qarg‘alardan asar topa olmadilar, daraxt 
tagida yotgan qarg‘ani ham ko‘rmadilar. Majaqlan-
gan qarg‘a, boyqushlar uni ko‘rmasdan ketib qo-
lishlaridan va chekkan jafolari bekor ketishidan 
qo‘rqib, yotgan yerida qimirlab, sekin-asta oh-voh 


211
qila boshladi. Boyqushlar uning oh-zorini eshitib, 
o‘z shohlariga xabar yetkazdilar. Shoh bir necha 
boyqush bilan yoniga kelib, uning kim ekanligini
qarg‘alar qayerga ketganliklarini so‘rashni buyurdi.
Qarg‘a otini, otasining otini aytib dediki: 
– Qarg‘alarning qayer ga ketganliklarini bilmay-
man, bu mening hozirgi holimdan ham ma’lumdir.
Podsho dedi: 
– Bu qarg‘alar shohining vaziridir, bilish kerak, 
nima uchun uni bu ko‘yga solgan ekanlar.
Qarg‘a dedi:
– Siz u kuni bizga hujum qilgan kechadan so‘ng 
shoh bizni chaqirib, bu haqda fikrimizni so‘radi. 
Men dedim: «Boyqushlarga qarshilik ko‘rsatishning 
foydasi yo‘q, chunki ular bizga nisbatan kuchli
sha’n-shavkatlidirlar. Shuning uchun bir elchi 
yuborib, ular bilan sulh tuzaylik, boj-xiroj to‘lay-
lik, rozi bo‘lmasalar, shaharlarga tarqalib ketaylik, 
chunki ular uchun urush, biz uchun esa sulh foy-
dalidir. Kuchli dushmanga tobe bo‘lishdan bosh-
qa chora yo‘qdir. Ko‘rmaysizmi, ko‘k o‘tlar bosh 
egib, kuchli shamoldan o‘zlarini saqlab qoladilar
ildizi mustahkam, shoxlari yo‘g‘on daraxtlar esa 
ag‘darilib tushadilar». Shularni aytganimdan keyin 
qar g‘alar g‘azablanib, meni xoin va boyqushlarning 
tarafdori deb, shu ahvolga soldilar. Endi bilishim-
cha, ular urushga tayyorgarlik ko‘rayotirlar.
Boyqushlarning shohi bu so‘zlarni eshitgandan 
so‘ng vazirlarining biridan so‘radi: 
– Sen bu qarg‘a haqida qanday fikrdasan?
Vazir dedi: 
– Uning to‘g‘risida fikrlashib o‘tirishga hojat 
yo‘q. Yer yuzini uning iflos va yaramas vujudidan 


212
qanchalik tez tozalasak, shuncha yaxshi bo‘ladi 
va uning makr-hiylasidan shuncha tez qutulgan 
bo‘lamiz. Uning o‘limi qarg‘alar uchun katta ta-
lafot bo‘ladi. Otalar aytibdurlar: «Kimiki bugun 
qiladigan muhim bir ishni ertaga qoldirsa, bar-
mog‘ini tishlaydi».
O‘lim girdobidan qutulib qolgan ojiz dushmanni 
o‘ldirib, undan qutulmagan pushaymon yeydi. 
Shoh uning so‘zlariga ishonmasinlar, safsatala-
riga e’tibor berma sinlar...
Shoh ikkinchi vaziridan so‘radi: 
– Sen nima deysan?
Ikkinchi vazir dedi:
– Men uning o‘ldirilishini zarur deb bilmayman. 
Chunki kuchsiz va qurolsiz dushman muruvvatga 
sazo vordir, aqlli odamlar bundaylarni afv etish 
bilan o‘zlarining oliyjanob ekanliklarini butun 
dunyoga namoyon qiladilar. Sig‘inib, himoya izlab 
kelganlarga boshpana bermoq kerak. Ba’zi ishlar 
borki, ular o‘g‘ri kishi savdogarning xotinini o‘z 
eriga mehribon qilib qo‘ygan kabi dushmanga 
shafqat uyg‘otadi.
Shoh so‘radi: 
– O‘g‘ri qanday qilib xotinini eriga mehribon 
qilib qo‘yibdi?

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin